Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


-Bepul berilgan tovarlar bo ‘yicha qarzni hisobdan chiqarilishiga


Download 1.4 Mb.
bet275/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

-Bepul berilgan tovarlar bo ‘yicha qarzni hisobdan chiqarilishiga: Debet 9430 «Boshqa operasion xarajatlar»;
Kredit 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schotlar». Tovarlarning chakana savdo shoxobchalari o‘rtasidagi ichki almashuviga unga guvohlik beruvchi ichki yuk xatlari (nakladnoylar) asosida Debet 2920 «Chakana savdodagi tovarlar» (oluvchi) Kredit 2920 «Chakana savdodagi tovarlar» (beruvchi) yozuvi qilinadi.

  1. Chakana savdo korxonalarida idishlar hisobining xususiyatlari

Chakana savdo korxonalarida idishlarning hisobi maxsus 2950 «Tovarlar ostidagi va bo‘sh idishlar» schotida olib boriladi. Ushbu aktiv schotning debetida idishlarning ta’minotchilar va boshqa manbalardan kelib tushishi, kreditida esa ularning ta’minotchilarga qaytarilishi, sotilishi va boshqa chiqimlari aks ettiriladi. Idishlarning hisobi ushbu schotda sotib olish baholarida yoki o‘rtacha baholarda olib boriladi.
Idishlarga doir operatsiyalar hisobda quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi (25.1-jadval):
25.1-jadval
Idishlarga doir operatsiyalarni schotlarda aks ettirish tartibi

.Vu

Operatsiyaning mazmuni

Sum nia

Schotlar
korrespondensivasi

Asos

Delict

Kredit

i

Ta'minotchilardan tovarlar bilan birgalikda olingan idishlarnim; sotib olish qivmati

200000

2950

6010

Schot-faktura

2.

Shu'ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan kelib tushgan idishlarning sotib olish qiymati

1000000

2950

6110,
6120

Schot-faktura

3.

Ta'sischilardan kelib tushgan idishlarning kelishuv baholaridagi qiymati

50000

2950

4610

Ta'sis hujjatlari.
schot-faktura.
kirim
dalolatnomasi

4.

Xorijiy ta'sischilardan ta'sis badali sifatida kelib tushgan idishlar bo'yicha:

  1. korxona ro'yxatdan o'tgan sanadagi kurs bo'yicha hisoblangan kirim bahosidagi qiymat:

  2. kelib tushish va ta'sis sanalari o'rtasida vujudga kelgan kurs farqlari summasi

5000000
300000

2950
2950

4610
8420

Ta'sis hujjatlari. BYUD, kirim dalolatnomasi
BYUD. kirim dalolatnomasi. maxsus hisob- kitob

5

Bepul olingan idishlarning kelib tushish bahosidagi qivmati

500000

2950

8530

Shartnoma.
schot-faktura

6.

Qarzga olingan idishlarni kelishuv baholardagi qivmati

6000000

2950

6820

Shartnoma,
schot-faktura

7.

Kirim qilingan idishlar qiymati ustiga qo'yilgan savdo ustamasi

1440000

2950

2980

Savdo
ustamalari
reestri

9.

Aholidan sotib olingan idishlarning sotib olish baholaridagi qivmati

30000

2950

9020

Dalolatnoma

10.

Idishlarni ta'minotchilarga qavtarilishi

500000

6010

2950

Schot-faktura

1 1.

Idishlarning sinishi. nobudgarchiliklariga

20000

5910

2950

Dalolatnoma

12

Idishlarning sotilishi

600000

4010.
5010

9020

Schot-faktura,
KKO



Idishlarning tahliliy hisobi moddiyjavobgar shaxslar bo‘yicha ularning turlari, guruhlari, baholari bo‘yichanatural-pul birligida yuritiladi.

  1. Chakana savdo korxonalarida tovar-moddiy boyliklar inventarizatsiyasi xususiyatlari va uning natijalari hisobi

Chakana savdo korxonalaridagi tovar va idishlarning inventarizatsiyasini tashkil qilish va o‘tkazish 19-son BHMS «Inventarizatsiyani tashkil qilish va oikazish» ga asosan amalga oshiriladi. 0‘zining xarakteri, rasmiylashtirilishi, natijalarni aniqlash tartibiga koia chakana savdo korxonalaridagi tovar-moddiy boyliklarning inventarizatsiyasi ulgurji savdo korxonalaridagi tartibga asosan o‘xshaydi, lekin quyidagi jihatlari bilan ularni farqlash mumkin:
Birinchidan, chakana savdo korxonalarida tovar-moddiy boyliklar inventarizatsiyasi savdo do‘kon kassasidagi pul mablagiarini sanashdan boshlanadi. Naqd pul mablagiarining sanog‘i alohida dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ikkinchidan, pul mablagiaridan keyin savdo do‘kondagi tovarlar sanoqdan oikaziladi, shundan so‘ng yordamchi bino va maydonchalardagi tovarlar qayta ro‘yxatga olinadi.
Uchinchidan, inventarizatsiya minimal muddatlarda o‘tkaziladi, chunki uni cho‘zilib ketishi tovar aylanmasiga salbiy ta’sir o‘tkazadi.
To‘rtinchidan, inventarizatsiya o‘tkazish vaqtida tovarlarni bevosita savdo do‘konidan sotilishiga yoi qo‘yilmaydi.
Beshinchidan, tovarlarning qayta sanog‘ i ularni ng alohida xususiyatlari, saqlanayotgan idishlarning turlari va boshqajihatlari e’tiborga olinib amalga oshiriladi, masalan bochkadagi paxtayog‘i bochkaninghajmi va sig‘imiga qarab aniqlanadi, bir xildagi tovarlar sotish baholariga qarab guruhlanadi.
Oltinchidan, tovarlar kamomadi aniqlanganda tabiiy kamayish hisob- kitobi, idish vazni oshishi dalolatnomalari tuziladi.
Yettinchidan, inventarizatsiya natijasidamoddiyjavobgar shaxs tomonidan savdo pullarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida kassaga topshirilganligi aniqlanadi.
Sakkizinchidan, tovarlarni qayta baholashga doir inventarizatsiyalar soni chegaralanmaydi.
Chakana savdo korxonalarida tovarlarning qayta sanog‘i inventarizatsiya ro‘yxati, inventarizatsiya natijalari esa taqqoslama qaydnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Chakana savdo korxonalarida tovarlarning inventarizatsiyada aniqlangan kamomadlari, saqlash va sotish jarayonida yuz bergan buzilishlari, sinishlari, chiqindilari, yog‘och idishlarga singishi natijasidagi
yo'qotishlari tuzilgan dalolatnomalar asosida hisobdan chiqariladi. Dalolatnomalar asosida aniqlangan kamomad va yo‘qotishlar summasiga quyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi:
-Jami aniqlangan yo ‘qo!ishlar summasiga:
Debet 5910 «Kamomadlar va boyliklarni buzilishidan ko‘rilgan yo‘qotishlar»;
Kredit 2920 «Chakana savdodagi tovarlar».
-Me'yordagi va me’yordan ortiq yo ‘qotishlar summasining korxona xarajatlariga olib borilishiga:
Debet 9430 «Boshqa operasion xarajatlar»;
Kredit 5910 «Kamomadlar va boyliklarni buzilishidan ko‘rilgan yo‘qotishlar».
-Me’yordan ortiq yo‘qotishlar summasining moddiy javobgar shaxslar bo ‘yniga qo ‘yilishiga:
Debet 4730 «Xodimlar bilan moddiy zararlar bo‘yicha hisob-kitoblar»;
Kredit 5910 «Kamomadlar va boyliklarni buzilishidan ko‘rilgan yo‘qotishlar».
Tovar va idishlarning inventarizatsiyada aniqlangan ortiqcha summalari chakana savdo korxonalarining asosiy faoliyatdan olingan daromadlariga olib boriladi va unga Debet 2920 «Chakana savdodagi tovarlar» Kredit» 9390 «Boshqa operasion daromadlar» yozuvi qilinadi.
Tayanch iboralar
Qat’i belgilangan sotish baholari - davlat organi tomonidan ma’lum ijtimoiy ahamiyatga molik tovarlar, masalan, un, non, o‘ simlik yog‘ i, shakar, dori-darmonlarning ayrim turlari, benzin, avtomobillar va shu kabilar uchun belgilanadigan sotish baholari.
Erkin sotish baholari - davlat organi tomonidan miqdori qat’i belgilanmaydigan baholar.
Chakana savdo aylanmasi - tovarlarni naqd pulga, plastik kartochkalar orqali, kreditga va mayda ulguiji tarzda sotishning pul birligidagi miqdori.
Nazorat kassa apparati - tovarlarni naqd pulga sotilishida qo‘llaniladigan texnik vosita.
Plastik kartochka - tovarlarni sotishda qo‘llaniladigan to‘ lov vositasi.
Tovarlarni kreditga sotish - tovarlarni kredit shartnomasiga muvofiq ular qiymatini ma’lum muddatgacha belgilangan miqdorda qo‘shimcha foizlar bilan birga to‘lab borish sharti bilan sotish.
Savdo ustamasi - tovarlarni chakana sotishda ular qiymati ustuga qo‘yiladigan qo‘shimcha to‘lov.
Tovar - pul hisoboti - chakana savdo korxonalarida tovarlar va idishlar harakati hamda ularni naqd pulga, kreditga, plastik kartochkalarga va mayda ulguiji tarzda sotilganligi to‘g‘risida moddiy javobgar shaxslar tomonidan belgilangan muddatda tuziladigan hujjat.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling