Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Hisobotning rasmiylashtirish qismida


Download 1.4 Mb.
bet271/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

Hisobotning rasmiylashtirish qismida unga ilova qilingan kirim va chiqim hujjatlarining soni, moddiy javobgar shaxsning imzosi, hisobotni qabul qilib olgan va tekshirgan buxgalteming familiyasi, ismi-sharifi, imzosi, shuningdek moddiy javobgar shaxsning hisobotga kiritilgan tuzatishlarga rozi ekanligi va ularni to‘g‘riligini tasdiqlash haqida imzosi ko‘rsatiladi.
Moddiyjavobgar shaxslarning hisobotlari ikki nusxada tuziladi, birinchi nusxasi barcha tasdiqlovchi boshlang'ich hujjatlar bilan buxgalteriyaga topshiriladi. Buxgalter hisobotni qabul qilib olganligi va tekshirganligi to'g'risida moddiy javobgar shaxsga qaytariladigan ikkinchi nusxasiga imzo chekadi.
Chakana savdo korxonasi buxgalteriyasi tovar hisobotlarini topshirilgan kuni tekshirishdan o'tkazishi shart. Tekshirishda hisobotning bosh qoldiq summalarini oldingi hisobotdan to'g'ri ko'chirilganligi, har bir kirim va chiqim yozuvlariga doir hujjatlar mavjudligi, ularni to'g'ri rasmiylashtirilganligi, hisobotdagi kirim va chiqim summalarini, shuningdek qoldiq summalarni to'g'ri hisoblab yozilganligi aniqlanadi. Aniqlangan xato va kamchiliklar liisobotlarning har ikkala nusxasida tuzatiladi va imzolanadi. Buxgalteriyada tekshirilgan hisobotlar korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi va shundan so'ng ular tovar va taralarning sintetik hamda tahliliy hisobini yuritishga asos bo'ladi.

  1. Chakana savdo korxonalarida tovar operatsiyalarining buxgalteriya hisobi

Tovarlar kirimining hisobi. 21 -son BHMS ga muvofiq chakana savdo korxonalarida tovarlar harakatining sintetik hisobi 2920 «Chakana savdodagi tovarlar» schotida olib boriladi. Ushbu schotning debetida tovarlarning ta’minotchilardan sotib olinishi va boshqa manbalar hisobidan ko'payishi, kreditida esa tovarlarning sotilishi va boshqa chiqimlari aks ettiriladi.
2920 «Cha*kana savdodagi tovarlar» schotining yuritilishi 2910 «Omborlardagi tovarlar» schotiga to'liq o'xshaydi, faqatgina farq shundaki, uning debet va kreditida tovarlar sotish baholarida, ya’ni savdo ustamalari bilan birgalikda aks ettiriladi.
Chakana savdo korxonalarida, xuddi ulguiji savdo korxonalaridagidek, tovarlarni ta’minotchilardan sotib olinishi va ular bilan hisob-kitoblarni quyidagi usullardan biridaolib borish mumkin.

  1. usul. Chakana savdo shoxobchalariga kirim qilingan tovarlarni bevosita 2920 «Chakana savdodagi tovarlar» schotida hisobga olish usuli. Ushbu schotda tovarlar uzluksiz hisob tizim asosida sotish baholarida, ya’ni savdo ustamalari bilan birgalikda aks ettiriladi. Qiymat tamoyiliga muvofiq tovarlarning sotish baholariga ularni ta’minotchilardan sotib olish baholaridagi qiymati, sotib olishga doir barcha qo‘shimcha xarajatlar (tashib keltirish, brokerlik, bojxona, sertifikatlash xarajatlari) va savdo ustamasi kiritiladi.

  2. usul. Tovarlarni sotib olinishini maxsus schotda, masalan 1510 «Tovar moddiy boyliklarni sotib olinishi» schotida, hisobga olish usuli. Ushbu schotda tovarlar uzluksiz hisob tizimiga muvofiq sotib olish baholarida, ya’ni tannarxi bo‘yicha, aks ettiriladi. Qiymat tamoyiliga muvofiq tovarlarning tannarxiga ularni ta’minotchilardan sotib olish baholaridagi qiymati va sotib olishga doir barcha qo‘shimcha xarajatlar (tashib keltirish, brokerlik, bojxona va boshqa xarajatlar) kiritiladi. Sotib olishga doir barcha xarajatlar oldin 1510 «Tovar- moddiy boyliklarni sotib olinishi» schotida to‘planadi va tovarlar savdo shoxobchalariga kirim qilingach, ushbu schot 2920 «Chakana savdodagi tovarlar» schotiga yopiladi. Tovarlarning sotib olish qiymati ustiga qo‘yiladigan savdo ustamalari alohida 2980 «Savdo ustamalari» schotining kreditida va 2920 «Chakana savdodagi tovarlar» schotining debetida aks ettiriladi.

Tovarlar kirimining tahliliy hisobi moddiyjavobgar shaxslar (savdo shoxobchalari mudirlari) bo‘yicha olib boriladi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling