Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari
Download 1.4 Mb.
|
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir mine bir \-uz o‘n
- «idish massasini oshishi»
- Chakana savdo korxonalarida moddiy javobgar shaxslarning hisobotlarini tuzish, taqdim etish va ularga buxgalteriya ishlovini berish
- Hisobotning titul qismida
- Hisobotning predmet qismi
Shisha tovarlar va shisha idishlarda keladigan tovarlar (o'simlik yog'i, yaxna ichimliklar va boshqalar)ning sinishiga doir me’yordagi va me’yordan ortiq nobudgarchiliklar maxsus «Tovarlarning buzilishi, sinishi vachiqindilari to'g'risida dalolatnoma»ni tuzish asosida topiladi. Me’yordagi tabiiy kamayish, sinish, buzilish va chiqindilar savdo korxonalarida sotish xarajatlariga, me’yordan ortiq nobudgarchiliklar esa moddiyjavobgar shaxslar bo'ynida olib boriladi. Me’yordan ortiq nobudgarchiliklar bo'yichajavobgar shaxsni aniq belgilashning imkoni bo'lmagan hollarda bunday nobudgarchiliklar savdo korxonalarining zararlarigaolib boriladi. Me’yordan ortiq nobudgarchiliklar, odatda, tovarlarni saqlanishini to‘g‘ri tashkil etmaslik, ularni tushirish, tashish va sotishda ehtiyotkorsizlikka yo‘l qo‘yilganligi sababli vujudga keladi. Tovarlarning bunday nobudgarchiliklari tabiiy kamayishdan o‘laroq yuz bergan vaqtida savdo korxonasi rahbarining buyrug‘i bilan tayinlangan komissiya tomonidan tegishli ravishda rasmiylashtirilishi lozim. Tovar nobudgarchiliklari yog‘och idishlar (bochkalar)da keltirilgan suyuq tovarlar vazni (hajmi)ni ushbu idishlarga ma’lum darajada singishi evaziga ham yuz berishi mumkin. Suyuqlikni o‘ziga singdiradigan yog‘och idishlar massasi ulardagi tovarlar sotib bo‘lingach, tortib ko‘rilganda kelib tushgan vaqtidagi massasidan ortiq kelsa, o‘rtada vujudga kelgan ortiqcha massa «idish massasini oshishi» deb ataladi. Ushbu massa shu miqdordagi tovar kamayganligini, ya’ni uning nobud bo‘lganligini bildiradi. Misol uchun, kirim hujjati bo‘yicha yog‘och bochkada keltirilgan margarinning sof vazni (netto) 100 kg, bochkaning vazni 8 kg. Margarin sotib bo‘lingach bo‘shagan yog‘och bochka tortib ko‘rilganda uning vazni 10 kg ekanligi aniqlandi. Demak, 2 kg margarin bochkaga singib ketganligi uchun kam chiqqan. Agar 1 kg margarinning sotish narxini 5200 so‘m desak, u holda 10400 so‘mlik (2kg x5200so‘m) tovar nobudgarchiligiga yo‘l qo‘yilgan hisoblanadi. Ushbu nobudgarchilikni moddiyjavobgar shaxs bo‘ynidan soqit qilish uchun korxona rahbari tuzgan komissiya tomonidan bir nusxada «Idish massasini oshishi to‘g‘risida dalolatnoma» tuziladi. Ushbu dalolatnoma moddiyjavobgar shaxs hisobotining chiqim qismiga kiritiladi va u bilan buxgalteriyaga topshiriladi. Chakana savdo korxonalarida moddiy javobgar shaxslarning hisobotlarini tuzish, taqdim etish va ularga buxgalteriya ishlovini berish Chakana savdo korxonalarida moddiyjavobgar shaxslar kirim va chiqim hujjatlari asosida o‘zlarining javobgarligida bo‘lgan tovar va taralar bo‘yicha hisobot tuzadilar. Ushbu hisobot turlicha nomlanib, «Tovar hisoboti», «Tovar-pul hisoboti» deb ataladi. Hisobotlarning taqdim etish muddatlari savdo korxonalari rahbarlari tomonidan turli sharoitlarni e’tiborga olgan holda (korxonaning katta- kichikligi va ixtisoslashganligi, tovar operatsiyalarining soni, savdo pulining miqdori va boshqa shu kabi) belgilanadi. Amaliyotda yuqoridagi shart- sharoitlarga qarab hisobotlarni savdo korxonalari har kuni, har uch kunda. har haftada, har o‘n kunda yoki oyda bir marta tuzadilar. Chakana savdo korxonalari moddiy javobgar shaxslarning hisobotlari titul, predmet va rasmiylashtirish qismlaridan iborat bo‘ladi. Hisobotning titul qismida savdo korxonasining nomi, savdo shoxobchasining nomi va tartib raqami, moddiy javobgar shaxsning familiyasi, ismi vasharifi, hisobotning tartib raqami, tuzilgan davrining bosh va oxirgi sanasi, tovar zaxiralarining limiti ko‘rsatiladi. Hisobotning predmet qismi kirim va chiqim bo‘limlarga bo‘linib, ushbu bo‘limlar hisobotning yuza va orqa tomonlarida joylashtiriladi. Hisobotning yuza tomonidagi kirim boMimida birinchi qatorda tovar va taralarning hisobot davri boshidagi qoldig‘i, shuningdek tovar va taralarning kirimi ko‘rsatiladi. Tovar va taralarning davr boshidagi qoldiq summalari oldingi hisobotning oxirgi qoldiq summalaridan iborat bo‘ladi. Agar hisobot inventarizatsiya o' tkazi lgandan keyingi birinchi hisobot hisoblansa, u holda tovar va taralarning bosh qoldiq summalari inventarizatsiya varag'idan olinadi. Hisobotning kirim bo‘limida tovar va taralarning kimlardan olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar xronologik tarzda alohida qatorlarda yoziladi. Barcha kirim hujjatlari yozilgach, alohida qatorda tovar va taralar kirimining jami summalari ko‘rsatiladi. Hisobotning chiqim bo‘limida tovarlarning chiqimi (sotilishi, ta’minotchilarga qaytarilishi, tovar nobudgarchiliklari, kamomadlar va boshqalar) har bir guvohlik beruvchi hujjat asosida xronologik tarzda ko‘rsatiladi. Barcha chiqim hujjatlari yozilgach, alohida qatorda tovar va taralar chiqimining jami summalari ko‘rsatiladi. Kirim va chiqim summalari jamlangach, alohida qatorda tovar va taralarning hisobot davri oxiridagi sanasiga bo‘lgan qoldiq summalari ko‘rsatiladi. Ushbu qoldiq summalar bosh qoldiq summaga jami kirim summasini qo‘shish va undan jami chiqim summasini ayirish orqali topiladi. Hisobotning orqa tomonida idishlarning hisobot davridagi harakati ularning alohida turlari bo‘yicha natural-qiymat ifodasida aks ettiriladi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling