Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Tovarlarni mayda ulgurji tarzda sotishni hujjatlashtirish


Download 1.4 Mb.
bet268/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

Tovarlarni mayda ulgurji tarzda sotishni hujjatlashtirish. Respublikamizda chakana savdo tashkilotlari orqali tovarlarni naqd pulsiz sotish shartlari va tartibi Vazirlar Mahkamasining2002-yil 26-noyabrdagi 407- son qarori bilan tasdiqlangan «Ulgurj i va chakana savdo faoliyatini ro'yxatdan o'tkazish va amalga oshirish tartibi to'g'risida Nizom» va unga kiritilgan o'zgartirishlarda o'z aksini topgan. Ushbu Nizomga ko'ra savdo korxonalari tomonidan tovarlarni naqd pulsiz hisob-kitob bo'yicha sotish o'tgan oy mobaynidagi oylik tovar aylanmasi umumiy hajmining 10 foizi doirasidaamalga oshirilishi mumkin. Bunda sotilishini hisoblabchiqishharbiroy bo'yicha alohida amalga oshiriladi. Tovarlarni oldingi oylar hisobiga sotilishigayoi qo'yilmaydi.
Chakana savdo korxonalari shoxobchalaridan tovarlar mayda ulguiji tarzda tovar aylanmasi umumiy hajmining 10 foizida faqat ijtimoiy soha tashkilotlari va muassasalari davlat budjeti muassasalariga tuzilgan shartnomalar asosida naqd pul va naqd pulsiz hisob-kitoblar bilan ham sotilishiga ruxsat etiladi. Mayda ulguiji tovar aylanmasi chakana tovar aylanmasi tarkibiga kiradi va tovar hisobotida alohida ko'rsatiladi.
Chakana savdo shoxobchasidan tovarlarni mayda ulgurji tarzda sotish oldindan to‘lov bo‘lganda ishonchnomalar asosida beriladi. Tovami naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida berish schot-fakturalar bilan rasmiylashtiriladi. Har kuni ma’lum sondagi tovarlarni oluvchi davlat budjetidagi muassasalarga tovarlar zabor varag‘i orqali berilishi ham mumkin. Bunday holda oyning oxirida zabor varag‘ iga kiritilgan tovarlarning umumiy miqdoriga bitta schot- faktura taqdim etiladi va u o‘zaro hisob-kitoblarni yuritishga asos bo‘ladi.
Tovarlarning plastik kartochkalar orqali sotilishini hujjatlashtirish. Plastik kartochkalar onqali tovarlarni sotishda ularning umumiy summasi savdo do‘konlarida o'matilgan maxsus terminalga kiritib boriladi va ikki nusxada chek uriladi. Ushbu cheklarning bir nusxasi xaridorga beriladi, ikkinchi nusxasi esa kassirda qoladi. Kun oxirida kassir plastik kartochkalarga sotilgan tovarlar bo‘yichaterminalga kiritilgan cheklarreestrini tuzadi. Ushbu reestming umumiy summasi plastik kartochkalarorqali sotish hajmini, ya’ni savdopulini ifodalaydi. Plastik kartochkalarga sotilgan tovarlar bo‘yicha cheklar reestri tovar-pul hisobotiga ilova qilinadi. Reestming umumiy summasi tovar-pul hisobotining chiqim qismida alohida qatorda ko‘rsatiladi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling