Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Tovarlar kirimini hujjatlashtirish


Download 1.4 Mb.
bet266/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

Tovarlar kirimini hujjatlashtirish. Chakana savdo korxonalariga tovarlar bevosita ishlab chiqarish korxonalaridan, ulgurji savdo korxonalaridan, tayyorlov-ulgurji savdo korxonalaridan, xususiy tadbirkorlardan va boshqa manbalardan kelib tushadi. Tovarlarni kirim

qilinishini hujjatlashtirilishi ularni qabul qilib olishjoyiga, kim tomonidan keltirilganganligiga, qanday ko‘rinishda keltirilganligiga, transport turiga va boshqa omillarga bogliq. Tovarlar savdo do‘konlariga ekspcditorlar orqali yoki savdo do‘kon mudirining o‘zi orqali ta’minotchilarningomborlaridan, temir yo‘l stansiyalaridan qabul qilinishi mumkin. Bundan tashqari tovarlar ulguij i savdo korxonalari tomonidan markazlashtirilgan tarzda ham yetkazib berilishi mumkin. Tovarlar taralarda, masalan, xaltalarda, bochkalarda, shishalarda va boshqa idishlarda yoki taralarsiz kelib tushishi mumkin.
Chakana savdo korxonalariga markazlashtirilgan holda ulgurji savdo kooconalari tomonidan yetkazib berilgan tovarlar ombor mudiri yoki savdo do'koni mudiri tomonidan son va sifat jihatdan qabul qilinadi. Qabul qilish vaqtida son va sifat jihatdan chetlanishlar aniqlansa “Qabul qilishda son va sifat jihatdan aniqlangan chetlanishlar to‘g‘risida dalolatnoma” ikki nusxada tuziladi, bunday chetlanishlar aniqlanmaganda ombor mudiri tovarlarni kuzatish hujjatiga (schot-faktura, TTN) qabul qilib olganligi to‘g‘risida imzo chekadi.
Savdo korxonasiga ekspeditorlar orqali keltirilgan tovarlar oldin markaziy omborga topshiriladi yoki korxona rahbarining farmoyishi asosida bevosita savdo do‘konlariga tarqatiladi. Markaziy omborlarga kelib tushgan tovarlarni ombor mudiri ekspeditordan son va sifat jihatdan qabul qilib oladi.
Chakana savdo korxonasining markaziy omboriga keltirilgan tovarlarga savdo bo‘limi savdo ustamalarini belgilaydi vaular sotish baholarida kirim qilinadi. Korxona rahbarining farmoyishiga ko‘ra tovarlar savdo do‘konlariga sotish baholarida yuk xatlari orqali tarqatiladi. Bunday yuk xatlari ikki nusxada yoziladi, unga savdo korxonasi rahbari va bosh hisobchisi qo‘ 1 qo‘yadi, shuningdek ombor mudiri tovarni topshirganligi, savdo do‘kon mudiri esa tovarni olganligi to‘g‘risida imzo chekadi. Bevosita savdo do‘kon mudirining o‘zi tomonidan ta’minotchilardan olib keltirilgan tovarlar savdo do‘konga chakana savdo korxonasi savdo bo‘ limi belgilab bergan savdo ustamalari bilan kirim qilinadi.
Chakana savdo korxonalariga kelib tushgan tovarlar bo‘yicha schot- fakturalarga ularni kuzatuvchi transport hujjatlari (TTN, temir yo‘l nakladnoylari, yuk kvitansiyasi, invoys, tortish-tahlil dalolatnomalari, tovar yorliqlari va boshqalar), sifat sertifikatlari va boshqa hujjatlar ilova qilinadi. Barcha kirim hujjatlari savdo do‘kon mudirlarining hisobotlari bilan birgalikda chakana savdo korxonasining buxgalteriyasiga topshiriladi.

Chakana savdo korxonalariga kirim qilingan tovarlar naqd pulga, kreditga, mayda ulgurji tarzda sotilishi mumkin, shuningdek turli sabablarga ko‘ra hisobdan chiqarilishi mumkin.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling