Debet 9430 «Boshqa operasion xarajatlar»;
Kredit 4710«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzi», 4890 «Boshqa debitorlarning qarzi».
Tovarlarning mayda ulgurji sotilishining hisobi. Tovarlarning mayda ulgurji sotilishi buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi:
-Kelib tushgan bo ‘nak summasiga:
Debet 5110 «Hisob-kitob schoti»;
Kredit 6310 «Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar». -Sotilgan tovarlarning sotish qiymatiga:
Debet 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schotlar» Kredit 9020 «Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar»
-Olingan bo ‘nakniyopilishiga:
Debet 6310 «Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar»; Kredit 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schotlar». -Oxirgi to ‘lov kelih tushishiga:
Debet 5110 «Hisob-kitob schoti»;
Kredit 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schotlar». Chakana savdo korxonalarida tovarlar xodimlarning arizasiga muvofiq ish haqi hisobidan ham berilishi mumkin. Tovarlarning ish haqi hisobidan sotilishi va undan olingan daromad quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi: Debet 6710 «Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar»; Kredit 9020 «Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar».
Chakana savdo korxonalaridagi tovarlar rahbaming buyrug‘i yoki farmoyishi bilan xo‘jalik inventarlariga ham aylantirilishi mumkin. Tovarlarni ushbu maqsadlarda berilishi ham sotishdan olingan daromadga kiritiladi va buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi:
Debet 1080 «Xo‘jalik inventarlari vajihozlari»;
Kredit 9020 «Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar».
Ta’sis badali sifatida kiritilgan tovarlar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 0600 «Uzoq muddatli investisiyalar»;
Kredit 9020 «Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar».
Bepul berilgan tovarlar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: -Bepul berilgan tovarlarning sotish qiymatiga:
Debet 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schotlar»; Kredit 9020 «Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar».
Do'stlaringiz bilan baham: |