Subpudratchi tashkilot - bu bosh pudratchining buyurtmachiga bajarib berishi lozim bo‘lgan qurilish, qurilish-montaj va boshqa ishlarning bir qismini bosh pudratchi bilan tuzilgan shartnomaga asosan bajarib beruvchi tashkilot.
Buyurtmachi - bu bosh pudratchi va subpudratchi tashkilotlar tomonidan shartnomalar asosida bajariladigan qurilish, qurilish-montaj, kengaytirish, rekonstruktsiya, Modernizatsiya, obodonlashtirish, ta‘mirlash va boshqa ishlarning xaridori.
Pudrat shartnomasi - bu bosh pudratchi va buyurtmachi o‘rtasida qurilish, qurilish-montaj, kengaytirish, rekonstruktsiya, Modernizatsiya, obodonlashtirish, ta‘mirlash va boshqa ishlarni bajarish shartlari, talablari, o‘zaro hisob-kitoblar vajihatlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi yuridik hujjat.
Injiniring kompaniyasi - davlatning hududiy boshqaruv organlari huzurida davlat Budjetidan markazlashtirilgan tarzda moliyalashtiriladigan qurilish obyektlari (maktablar, litseylar, kollejlar, harbiy qismlar, shifoxonalar va boshqalar) bo‘yicha pudrat shartnomalarini tuzishda «yagona buyurtmachi xizmati» funksiyasini bajaruvchi maxsus davlat tashkiloti.
Tender (tanlov) - bu «yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari orqali davlat Budjetidan markazlashtirilgan tarzda moliyalashtiriladigan qurilish obyektlari (maktablar, litseylar, kollej lar, harbiy qismlar, shifoxonalar va boshqalar)ni qurish, rekonstruktsiya va Modernizatsiya qilish, kengaytirish, ta‘mirlash kabi ishlarni bajarish borasida pudrat tashkilotlarni aniqlash uchun o‘tkaziladigan tanlov savdolari.
Oferta qurilish loyihasi - inj iniring kompaniyalariga tanlov savdosida qatnashish bo‘yicha takliflarni o‘zida mujassamlashtiruvchi tanlov hujjati.
Qurilish smetasi - bu qurilish ishlarini bajarishga ketadigan sarf- xarajatlarni o‘zida ifoda etuvchi hujjat
Do'stlaringiz bilan baham: |