Qurilish hisobi - bu makon va zamonda yuz bergan va berayotgan qurilish ishlarini miqdorjihatdan o‘ lchash va sifat jihatdan tavsiflash vositasi.
Qurilish tashkilotining hisob siyosati - bu qurilish tashkiloti rahbariyati tomonidan tanlab olingan buxgalteriya hisobining tashkiliy shakli, xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlari, aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital elementlarini tan olish mezonlari, ular hisobini yuritishga asos bo‘luvchi hujjatlar tizimi, ishchi schotlar rejasi, boshlang‘ich hujjatlar aylanishi, arxiv ishi, tovar-moddiy boyliklarni inventarizatsiyasini o‘tkazish jadvali, hisobni yuritishga doir boshqa tartib-qoidalarni o‘zida mujassamlashtirgan ichki me‘yoriy hujjat.
Nazorat qilish uchun test savol-javoblari
1. Qurilish-bu:
xalq xo‘jaligining tarmog‘i;
jarayon;
v) faoliyat turi;
g) oldingi barcha javoblarning barchasi to‘g‘ri.
Qurilish tashkilotlari:
aksiyador jamiyatlari boiishi mumkin emas;
kichik korxona bo‘la olmaydi;
v) mas’uliyati cheklangan jamiyat bo‘lishi mumkin emas;
g) oldingi barcha javoblar noto‘g‘ri.
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobi obyektlariga kiradi:
aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital;
xo‘jalik faoliyati turlari;
v) xo‘jalik faoliyati natijalari;
g) yuqoridagi javoblarda keltirilganlarning barchasi.
Qurilish tashkiloti hisob siyosatini:
Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi;
Moliya Vazirligi tasldiqlaydi;
v) <<0‘zdavarxitektqurilish>> AK tasdiqlaydi;
g) Qurilish tashkilotining rahbar organi tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |