Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish
Download 187.49 Kb. Pdf ko'rish
|
zamonaviy qurilish materiallarini ishlatish texnologiyasi knauf - butlovchi tizimlari jamlanmasi (2)
Sifat va
samaradorlik nazorati, bajarilgan ishni qabul qilish: a) KNAUF BTJ texnologiyasida dastlabki nazorat; b) Devorlar sathini pardozlashda operatsion nazorat; v) Amaliy qabul nazorati. [5, 201...202 bet, 3 bo„lim] II.1. QO„LLANILISH SOHALARI: 1. Ushbu texnologik xarita gips asosli KNAUF-Rotband quruq qurilish qorishmasi asosida qo„lda suvoq ishlarini bajarish amallariga muljallangan. 2. Texnologik xarita qurilshda texnologik xaritalar tuzish yo„riqnomalariga asosan, KNAUF kompaniyasi individual me‟yoriy talablari asosida[4,5], suvoq ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish tartibini belgilaydi. 3. Gips asosli KNAUF-Rotband quruq qorishmasi turarjoy, jamoat va sanoat bino va inshootlari devor, eshik va deraza ravoqlari otkosi sathini qo„lda yuqori siftli suvoq qilishga, СП 50.13330.2011(СП-свод правил), “СНиП 23-02-2003 (СНиП-Строительные нормы и правила), Binolar haroratini saqlash” me‟yoriy talablarga mos keluvchi quruq, mo„tadil va nam shart-sharoitli, noagressiv muhitli bino va inshootlarni pardozlashga mo„ljallangan. 4. Gips asosli KNAUF-Rotband quruq qorishmasi silliq quyma temirbeton, g„ishtin va boshqa tosh devor asosli yuzalarni suvashga mo„ljallangan. Bu quruq qorishma va undan tayyorlangan suvoq qorishmasining fizik va kimiyoviy ko„rsatkichlari quyidagi 2-jadvalda keltirilgan. 2-jadval Quruq qorishma nomlanishi Quruq qorishma uyurma zichligi, kg/m 3 Suv quruq qorishma nisbati, S/Q (В/T) Suvoq qorishma chiqishi, kg/l Yuzaga chaplangan suvoq qorishmasiga ishlov berish davri, min. Suvoq qorishmasining zichligi, kg/m 3 Qorishma tosh qotgan holat, zichligi, kg/m 3 KNAUF- Rotband 730 0.67 100/125 60-90 1300 950 5. Yuqori sifatli suvoq ishlarini amalga oshirish va pardozlangan ichki va tashqi burchak qirralar tekisligini, vertikalligini, mustakamligini taminlash maqsadida suvoqdan oldin yuzalar va qirralarga mayoqcha va burchak profillari ishlatiladi, ular zanglamaydigan jezlangan po„latdan ishlangan bo„ladi va o„lchamlari 3 jadvalda keltirilgan: 12 3-jadval Profil Kengligi, mm Balandligi, mm Uzunligi, mm Vazni, kg/m Mayoqchali 20 10 2500 0.165 20 6 2500 0.125 To„rsimon burchakli 35 35 3000 0.23 6. Gips asosli KNAUF-Rotband quruq qorishmasidan tayyorlanuvchi suvoq qorishmasi vositasida tayyor quyma beton, temirbeton, tosh blokli, gishtin devor sathlari yoki har qanday tobkor suvoq tortilgan asos yuzalar pardozlanishi mumkin. 7. Texnologik xarita 100 m 2 yuzani pardozlashni bir olchov birligi sifatida tuzilgan, barcha sarf-xarajatlar shu yuza birligi uchun hisoblangan. 8. Texnologik xarita o„quv maqsadlarida, diplom loyihasi, real loyihalarni tuzishda ishlarni amalga oshirish loyihasi (ППР-проект производства работ, рус.) yoki ishlarni tashkil qilish loyihasi (ПОС-проект организации строительства, рус.) tuzishda qurilish tashkilotlari va ustalarga gips asosli KNAUF-Rotband quruq qorishmasidan foydalanishda dasturul-amal hisoblanadi. 9. Ushbu texnologik xaritani aynan biror bir boshqa qurilish obъektiga qo„llash uchun, bajariladigan ishlar hajmi, mehnattalablik kalkulyasiyasi, mashina- mexanizmlar va asbob-uskunalar moslab olinadli. III. ISHNI TASHKIL QILISH VA AMALGA OSHIRISH TEXNOLOGIYASI 1. KNAUF-Rotband quruq qorishmasidan suvoq qorishmasi tayyorlab yuzalarni pardozlashdan oldin barpo etilayotgan bino yoki inshootdagi umumqurilish va maxsus qurilish ishlari tugatilgan, eshik, deraza bloklari ravoqlarga o„rnatilgan, faqat pol to„shamasi, shift pardozi bajarilmagan bo„lib, bunda oynakorlik ishlari bajarilib, binoga suv, isitish tizimi va elektr ta‟minot tizimi montaj qilinib, qabul qilingan bo„lishi lozim. 2. Pardoz suvoq qilinishi rejalashtirilayotgan yuzaga ishlov berish va suvash ishlarini boshlash chog„ida pardozlanayotgan yuza va tashqi muhit harorat darajasi +10°C dan past bulmasligi va havodagi namlik 60 % dan yuqori bo„lmasligi talab qilinadi. 3. Yuqori sifatli pardoz suvoq injener texnik xodimlar ITX nazorati ostida bajariladi. KNAUF-Rotband quruq qorishmasida pardoz ishlarini bajaruvchi 13 ustalar “KNAUF” o„quv markazlarida o„qib, malakaviy guvohnomalarga ega bo„lishlari va yuqorida (1-jadval) keltirilgan talablarga to„liq rioya qilishlari lozim. 4. KNAUF-Rotband quruq qorishmasida yuqori sifatli pardoz suvog„ini amalga oshirish uchun mehnat me‟yornomasi (ETKC, вып. 3) asosan 3 kishilik zveno tashkil qilinadi va ular 3, 4, 5 razryadli suvoqchi ustalar bo„lishi lozim. 5. Pardoz suvoq ishlari “KNAUF” firmasi tavsiya etgan asbob-uskunalar va moslamalar vositasida bajariladi. Asboblar zanglamaydigan po„latdan ishlangan bo„lishi [5, 204 bet, 3-jadval] tavsiya etiladi. 6. Suvoq qilinishi rejalashtirilayotgan devor sathini tayyorlashda yuza notaxigi gorizontal va vertikal tekislikliklarda ip tortish usulida tekshiriladi. СНиП 3.03.01- 87 me‟yoriy talablaridan oshgan o„lchamlar bartaraf etiladi. G„ishtin devorlarda burchaklar notaxligi bir etaj buyiga 10 mm gacha, vertikallik g„ishtin va tosh blok devorlar uchun 10 mm gacha chegaralanadi. G„ishtin va tosh blok devorlarda gorizontal qatorlardagi chekinish 10 m bo„ylama uzunlikda 20 mm gacha, quyma beton devorlar uchun 1 m buylama uzunlikda 5 mm, butun devor bo„yiga 10 mm gacha chekinish ruxsat etiladi. 7. Barcha notekslik va defektlar bartaraf etilgandan so„ng gips asosli suoq qorishmasi vositasida pardozlash ishlarigai kirishiladi. Pardoz suvoq ishlarini devorlardan boshlanadi v so„ngra deraza va eshik ravoq otkoslari suvab taxanadi. 8. Devor va ravoq otkoslarini suvashda texnologik amallar ketma-ketligi: - Devor sathini tayyorlash: yuzani tozalash, gruntovka eritmasida ishlov berish, vertikal yuzalarga mayoqcha profillarini o„rnatish, ichki va tashqi burchaklarga, deraza va eshik ravoq otkoslariga burchak profillarini o„rnatish, suvoq qorishmasini tayyorlash; - Yuzani suvash: suvoq qorishmasini chaplash, chaplangan qorishmani taxlash, notaxliklarni qirqish; - Pardozlash amallari: kerak bo„lganda yuzaga struktura berish, yuzani ishqalqsh (zatirka), silliqlash, ikkinchi marotiba yuqori sifatli pardozlab moybo„yoq asosini silliqlash. III.1. AMALLAR YUZANI TAYYORLASH: 8.1. Pardozlanuvchi yuzadan chang va qoldiq tozalanib, yuzadagi notaxlik chopiladi, eski suvoq qatlamlari ham shu jumladan qo„porilib tashlanadi, beton yuzalardan qolip surkama moylari va boshqa qoldiqlardan tozalanadi. Metall, po„lat predmetlar, ilgaklar, 14 qoziqlar, detallar olib tashlanadi, olib tashlashning iloji bo„lmagan predmetlar antikorroziya surkamasi bilan qoplab chiqiladi. YUzalar changsizlantiriladi. 8.2. Gipsli suvoq qorishmasi va suoq yuza orasidagi adgeziya (elimlanishni) oshirish maqsadida yuzaga gruntovka eritmasi bilan ishlov briladi. Zichligi yuqori bo„lib, namlikni kam shimiruvchi quyma beton devor yuzalari “Betokontakt” deb nomlanuvchi gruntovka tarkibi bilan, suyuqlikni tez shimiruvchi (pishiq gisht, keramzit blok, ko„pikbeton, gazbeton bloklardan ishlangan devorlar, eski sement-ohak suvoq bilan ishlangan) yuzalar “Grundirmittel” deb nomlanuvchi gruntovka tarkibi bilan ishlanadi. Grundirmittel eritmasini purkagich vositasida, Betokontakt eritmasini bo„yoqchi valiklar vositasida surkaladi. Ishlov berilgan yuza kamida 2...3 soat qurishi lozim bo„ladi. 8.3. Mayoqcha profillarini o„rtatishdan oldin, yuzalarga shovul osilib uning notaxligi aniqlab olinadi: buning uchun, devorning yuqori qismi, har ikkala burchakdan 30-40 sm masofada dyubel mix qoqiladi, mix kallagi suvoq qatlami qalinligigacha botiriladi. Mix kallagidan shovul tushirilib, poldan 30-40 sm balandlikda yana xuddi shunday ikki dyubel mix qoqiladi. Gorizontal va diogonal yo„nalishlarda rajja ip tortib, devor notaxligi va suvoq qatlam qalinligi aniqlab olinadi. SHunda obtarozi yordamida dyubel mixlar kallaklari birbiriga rostlanib, minimal suvoq qatlami qalinligiga moslab olinadi. Agar devor balandligi 2.5...3.0 m gacha bo„lsa ikki mix oasida rajja ip tortish kifoya, agar balandlik 3 m dan oshiq bo„lsa, oraga uana bir dona o„rtaliq dyubel mix o„rnatilib, rajja uchchala mix kallagiga moslanadi. Dyubel mixlar zanglamaydigan materialdan tayyorlanishi lozim bo„ladi. 8.4. Mayoqcha profillarini o„rnatishda ular oasidagi masofa suvoq ishlarida chaplangan loyni taxlagich gaz cho„p (pravila) uzunligiga moslanadi: - Gaz cho„p (pravila) uzunligi 2 m bo„lsa, mayoqchalar oasidagi masofa 1700...1800 mm; - Bir yarim metrli gaz cho„p uchun mayoqchalavr orasidagi masofa 1200...1300 mm qilib devorga elimlanadi (3-rasm); 15 3-rasm. Devor sathi notaxlik darajasini tekshirish. Mayoqcha profillar o„rni belgilab olingandan so„ng, bor bo„yiga har 300 mm ga suvoq qorishmasidan bir bo„lak chaplanib, unga mayoqcha profili botiriladi, pravila yordamida ularning tekisligi tekshirilib, ularning to„g„ri o„rnatilganligi shovul yoki metrostat moslamasi yordamida aniqlanadi. 8.5. To„rli burchak prfillarini quyidagicha o„rnatiladi: burchak profilining ichki betiga har 300mm masofaga suvoq qorishmasidan surkalib, qirrali burchakka botirib, oldin o„rnatilgan mayoqcha profillar tekisligiga moslanadi. Burchak profilining uzunligini qirra balandligidan 23-30 mm kichikroq qirqilib, har ikkala uchlarini 45° burchak ostida kesiladi va o„tkir uchli qilib olinadi. 8.6. Deraza va eshik ravoqlariga o„rnatiluvchi to„rsimon burchak profillari ham shu tartibda o„rnatiladi, biroq bu profillfar devor suvog„i bajarilgandan so„ng o„rnatilib, vertikalligi va gorizontalligi obtarozi vositasida taxlanadi. Bunda avval ravoq tepa qirrasiga, so„ngra ikki yon qirralariga o„rnatiladi. Profillar qirra o„lchamiga moslab qirqib olinadi. III.2. SUVOQ QORISHMASINI TAYYORLASH: 8.7. Gipsli suvoq qorishmasini tayyorlash uchun, sig„imi 90 yoki 200 litrli toza platmassa idish tanlanadi. Idishga avval toza sovuq suv quyiladi, suv miqdori bir qopiga (30kg) quruq qorishmaga 18 l hisobidan solinadi. Idishdagi suvga oldin 8...10 kelma quruq gips qorishmasidan solinib, 2 min davomida juda moslab aralashtiriladi, so„ngra quruq qorishmaning qolgan qismi idishga tushirilib bir meъyorli qorishma hosil bo„lganicha aralashtirilib, qorishma 5-7 min saqlanadi. 16 Maъlum vaqt saqlangan gipsli suvoq qorishmasidan bir meъyorli suvoq qorishmasini hosil qilish uchun uni mikser yoki qorishtiruvchi nasadkali elektrodrel vositasida qoriladi. Etarli darajadagi harakatchan, yoyiluvchi suvoq qorishmasi hosil bo„lishligi uchun qorishmaga oz-ozdan suv qo„shish mumkin. Qorishma tayyor bo„lganda unga qo„shimcha sifatida yana quruq gips tarkibidan qo„shish mumkin emas. Suvoq qorishmasining harakatchanligi va oquvchanligi odatiy usulda GOST 5802-86 da bayon etilgandek, standart konus asbobida aniqlanadi. Bunda konusdagi qorishmaning cho„kish o„lchami 8-12 sm bo„lishi talab qilinadi. Tayyor suvoq qorishmasini 20-25 min ichida pardozlanayotgan yuzaga chaplab ulgurish lozim bo„ladi. III.3. SUVOQ ISHLARI: Suvoq-bu pardozlash qatlami bo„lib, bino va inshootlarning turi qurilmalari (devor, pardevor, tomyopma, orayopma, ustunlar) yuzasini tekislash, belgilangan shakl berish, hamda bu qurilmalarni nam, shamol, issiq, sovuq va olov, alanga taъsiridan himoyalovchi, issiqlik, tovush va havo o„tkazuvchanligini kamaytiruvchi sifatida ishlaydi. Belgilanishi va xossalariga ko„ra, suvoq qatlamlarini quyidagi turlarga bo„linadi: 1. Oddiy suvq qatlami – normal, nam, haroratli sharoitlarda qurilmalarni himoya qatlami sifatida qo„llaniladi; 2. Maxsus suvoq qatlami – asosga nisbatan himoyalash vazifasini bajaradi; 3. Manzarali (dekorativ) suvoq qatlami – jamoat binolari va inshootlarining ayrim xonalari, zallar, vestibyullar, xollar, zinapoya maydonchalarini, fasad va peshtoqlariga mahobatli ko„rinish va pardozlashda qo„llaniluvchi qatlam. Bajarilish sifatiga ko„ra suvoq qatlamlari quyidagi turlarga bo„linadi: 1-oddiy (odatiy) suvoq (4-rasm, I-tugun); 2-tobkori (yaxshilangan) suvoq (4-rasm, II-tugun); 3-yuqori sifatli suvoq (4-rasm, III-tugun): 17 4-rasm. Suvoq qatlpmlari va turlari: I- oddiy suvoq; II-tobkor suvoq; III- yuqori sifatli suvoq. 1-suvoq qilinuvchi devor; 2- suvoq qorishmasi chaplangan qatlam; 3-xomaki suvoq qatlami; 4-qoplpma suvoq qatlami. Download 187.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling