Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish


Download 187.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi187.49 Kb.
#1591242
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
zamonaviy qurilish materiallarini ishlatish texnologiyasi knauf - butlovchi tizimlari jamlanmasi (2)

 
MUNDARIJA 
MAVZU 
BET 
So‟z boshi 
6
 
Kirish 

I. KNAUF butlovchi tizimlar jamlanmasi (BTJ) vositasida pardozlash
ishlari loyihasini tuzish amallari 

II. G„ishtin devorlar sathini “KNAUF-Rotband” quruq qorishmasi
vositasida suvash ishlari texnologik xaritasi
10 
1. Qo„llanilish sohalari 
12 
III. Ishni tashkil qilish va amalga oshirish texnologiyasi 
13 
III.1. Amallar. Yuzani tayyorlash 
15 
III.2. Suvoq qorishmasini tayyorlash 
16 
III.3. Suvoq ishlari 
17 
III.4. Qo„llanilishi 
19 
IV. KNAUF BTJ asosida C111 rusumli pardevor tuzish texnologik xaritasi 
19 
IV.1. Metall sinch tortish 
20 
IV.2. Xulosa 
22 
IV.3. Tavsiya va tavfsilotlar
22 
V. Qo„llanilgan adabiyotlar ro„yxati 
22 
VI. Ilovalar 
24 
 
 
 
 



SO’Z BOSHI 
 
Kapital qurilish samaradorligini oshirish uchun eng avvalo zamonaviy ilmiy-
texnika va yangi texnologik echimlar natijasini amalda qo‟llashni nazanda tutadi. Bunda 
qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarishda resurs va energiya tejamkor uslub 
va innovasion amallardan foydalanish demakdir. 
Material resurslar istemoli yuzasidan taqqoslansa, hozirgi kunda O‟zbekiston 
qurilish industriyasi istemolchilar ichida eng oldingi o‟rinlarda turadi. Zamonaviy 
qurilish hajmi va suratining jadallik bilan oshib borishi material va energiya resurslaridan 
qurilsh jarayonida ham va barpo etilgan bino va inshootlarni samarali ekspluatsiya 
qilishda ham oqilona, samarali saflash masalasini qo‟yadi. Shu o‟rinda, zamonaviy 
texnologiyalar, yangi konstruktiv yechimlar, kompleks butlovchi tizimlar jamlanmasi 
(BTJ) kabi innovasion ishlanmalar qurilish materiallari bilan birgalikda respublikamiz 
bozorlariga kirib kelmoqda, qurilish ishlab chiqarishini egallamoqda. 
Zamonaviy qurilish jarayonida va ayniqsa pardozlash ishlari texnologiyasida 
KNAUF BTJ elementlaridan foydalanish juda ommalashib, jadal sur‟atlar bilan tadbiq 
etilmoqda. Bino va inshootlarni pardozlashda quruvchi ustalarimiz bu kompaniya 
masulotlarini shubhasiz ikkilanmasdan qo„llamoqdalar va bunda sifat va samaradorlik 
ko„rsatkichlarida “Nemis standarti” deb nomlanuvchi shior darajasi sezilib turadi. Biroq
ushbu BTJ vositasida texnologik loyihalar tuzishda, ishchi loyihalar, texnologik 
xaritalarni rasmiylashtirishda quruvchi ustalar, qurilishni boshqarish va tashkil etish 
xodimlari va loyihachilar uchun qulay va oddiy loyihalash uslubi hozirda ishlab 
chiqilgan emas [1,2,3]. 
Ushbu uslubiy qo‟llanmani ishlab chiqishdan maqsad, SamDAQI qoshida tashkil 
etilgan “KNAUF o‟quv markazi”da olib borilgan o‟quv – amaliy izlanishlar natijalarini 
umumlashtiruvchi, KNAUF BTJ asosida barpo etiluvchi barcha texnologik jarayonlarni 
loyihalash, ishchi chizmalar va texnologik xaritalarini tuzishda mukammal vosita 
bo‟lishini ta‟minlash edi. Bunda loyihani tuzish tartibi, bajarilishi rejalashtirilayotgan 
ishlar, ishlar hajmini hisoblash, quruvchi-ustalar mehnattalablik ko‟rsatkichi, asbob-
uskunalar, materiallar va ularni sarflash me‟yorlari sifat va samaradorlik nazorati 
masalalari qamrab olindi.
Uslubiy qo‟llanma 5340200- “Bino va inshootlar qurilishi” ta‟lim yo‟nalishi 
talabalari diplom loyiha ishini tuzishda, mahalliy loyiha tashkilotlariga amaliy manbaa 
sfatida tavsiya etamiz. Shuningdek, 2016-17 o‟quv yilidan boshlab “KNAUF – Buxoro 
gips” qo‟shma korxonasi tomonidan tasis etilayotgan “KNAUF BTJ” yo‟nalishidagi eng 
yaxshi diplom loyihasi konkursida ishtirok etishni xoxlovchi bitiruvchi talabalarga 
dasturul-amal bo‟ladi degan umiddamiz. Muallif. 




Download 187.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling