Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish


Download 187.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana18.06.2023
Hajmi187.49 Kb.
#1591242
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
zamonaviy qurilish materiallarini ishlatish texnologiyasi knauf - butlovchi tizimlari jamlanmasi (2)

 
KIRISH 
O‟zbekiston Respublikasining 2017-2021 yilarga mo‟ljallangan harakatlar 
strategiyasi aynan dolzarb, hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan 
muammolarni kompleks o‟rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilishga asoslandi va 
quyidagi asosiy prinsiplarni belgilaydi; 
- davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish; 
- qonun ustivorligini ta‟minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish; 
iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish; 
-ijtimoiy sohani rivojlantirish; 
-xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‟rikenglikni ta‟minlash, o‟zaro 
manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. 
Ozbekiston Respublikasida kapital qurilish sohasidagi islohotlar va jadal 
rivojlanish yuqoridagi tamoyillarga mos ravishda amalga oshirilmoqda. Bino, imorat va 
inshootlarni barpo etish bir qator qurilish-montaj ishlaridan tashkil topadi va ular alohida 
jarayonlarga, jarayonlar esa amallarga bo‟linadi. Bunda qurilish-mantaj ishlarini bajarish 
ma‟lum texnologik ketma-ketlikga ega: tayyorlov ishlari-er, tuproq ishlari, yoki “nol 
sathini tayyorlash” deb ham ataladi; er usti qurilmalarini barpo etish; bino,imorat va 
inshootlarni pardozlash ishlari; bino, imorat va inshootlar hududini obodonlashtirish 
ishlari. 
Qurilish-montaj ishlari davrini qisqartirish, tez va soz qurilishni yakunlash 
maqsadida yuqoridagi ketma-ketlikni birgalikda amalga oshirishga harakat qlinadi va bu 
amalga ishlarni “Oqimlar” kesimida bajarish deb ataladi, qaysikim mashina va 
mexanizmlardan oqilona foydalanib, ish unumdorligini oshirib, bino, imorat va inshootlar 
tan narxini arzonroq bo‟lishini ta‟minlaydi. 
Qurilmalarni montaj qilish ishlari yuqorida keltirilgan ketma-ketlikdagi eng 
yetakchi texnologik jarayon bo‟lib, barpo etishdagi asosiy oqimlarni, qurilish jadalligini, 
boshqa qurilish ishlari tartibi va uslublarini belgilab beradi. Bunda shuni nazarda tutmoq 
lozimki, barcha qurilish-montaj ishlari yagona texnologik jarayonga birlashtirilib, bu 
birlikka “oqim” deb ataladi. Bu barcha harakatlardan ko‟zlangan
asosiy maqsad 
pirovardida tez va soz, yuqori sifatli tayyor mahsulot bo‟lgan bino, imorat yoki inshootni 
barpo etish hisoblanadi. 
Dunyo qurilish industriyasi rivoji, zamonaviy texnologiyalar tahlili shuni korsatib 
turibdiki, mahalliy xom-ashyo, ishlanmalar va texnologiyalar asosida import o‟rnini bosa 
oladigan ishlab chiqarishni yo‟lga qo‟yish mamlakat iqtisodiy mustaqilligini belgilaydi. 
Shu jumladan pardozlash ishlari texnologiyasi va texnologik jarayonlarni loyihalash 
amallari ham bundan mustasno emas va bu boradagi uslubiy urunishlarimiz, bu ulkan 
jarayonga bir tomchi bo‟lib qo‟shilishga aminmiz. 



I. KNAUF BUTLOVCHI TIZIMLAR JAMLANMASI (BTJ) VOSITASIDA 
PARDOZLASH ISHLARI LOYIHASINI TUZISH AMALLARI 
Zamonaviy qurilish jarayonida va ayniqsa pardozlash ishlari texnologiyasida 
KNAUF BTJ elementlaridan foydalanish juda ommalashib, jadal sur‟atlar bilan tadbiq 
etilmoqda. Bino va inshootlarni pardozlashda quruvchi ustalarimiz bu kompaniya 
mahsulotlarini shubhasiz ikkilanmasdan qo„llamoqdalar va bunda sifat va samaradorlik 
ko„rsatkichlarida “Nemis standarti” deb nomlanuvchi shior darajasi sezilib turadi. Biroq
ushbu BTJ vositasida texnologik loyihalar tuzishda, ishchi loyihalar, texnologik 
xaritalarni rasmiylashtirishda quruvchi ustalar, qurilishni boshqarish va tashkil etish 
xodimlari va loyihachilar uchun qulay va oddiy loyihalash uslubi hozirda ishlab 
chiqilgan emas [1,2,3]. 
M.Ulug„bek nomidagi SamDAQI “Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish” 
kafedrasida bu masalada bir muncha harakatlar uslubi ishlab chiqildi. Masalan, 
pardozlash ishlari loyihasi tuzilayotgan bino qavat planida, xonalar ro‟yxatidagi 
(eksplikatsiya) tartib raqamiga asosan, barcha xona devorlari soat strelkasi harakat 
yo„nalishida tartib raqamlari bilan belgilab chiqiladi. Belgilangan qavat va xonalar 
devorlari tartib raqami ketma-ketligida texnologik xaritaga tushiriladi, bunda devornig 
eskizi, bo„yi eni, undagi eshik yoki deraza romlar ravog„i (proyomlar) tushirilib, 
devorning to„liq sathi va shu jumladan ravoqlar yuzasi ayrilgan sathi (absolyut yuza) 
keltirildi 1-rasm, ( a va b). 



a)
b) 
1-rasm. Qavat rejasi (a) va devorlari yoyilmasi (b) 



Keltirilgan eskiz bino ichki xona devorlari yoyilmasi vazifasini o„taydi va bunda 
barcha xona devorlari, uning elementlari bilan yoyiq planda namoyon bo„ladi va 
tartiblangan raqamlar bilan belgilanadi. Biz bunda, devor asosi qanday materialdan 
ishlanganligini ham (ya‟ni eskizda devor g„ishtdan, toshdan yoki betondan 
ishlanganligini ham, yoki pardevor (peregorodka) vazifasini bajarayotganligini ham 
ko„rsatishimiz mumkin bo„ladi. Bu forma keyingi texnologik jarayonlarda bino ichki 
xonalari devorlari xaqqida to„liq ma‟lumot va tasavvur manbai bo„lib xizmat qildi.
Texnologik xarita tuzishni davom ettirib, belgilangan devorlar forma va tuzilishiga 
ko„ra uch toifaga bo„lindi: yaxlit devorlar, bir ravoqli devorlar va ko‘p ravoqli 
devorlar. Devorlarni toifalashdan maqsad, pardozlash ishlari me‟yorlaridan kelib 
chiqilgan bo„lib, ushbu toifadagi devorlar uchun mos ravishdagi texnologik me‟yorlarni 
qo„llash imkoniyatini beradi [4,5]. 
Keyingi loyihalash amallar jarayonida pardozlanishi talab etilayotgan devorlar 
uchun KNAUF BTJ texnologiyasidan eng samarali variantlari tanlanib, tavsiya etildi. 
Ya‟ni bu amal ham texnologik xarita, jadval formasida bo„lib, bunda birinchi ustunda 
bino devorlarining tartib raqamlari keltiriladi. Shu tartib raqamiga asoslanib devor 
sathiga loyiha talablaridan kelib chiqqan holda pardozlash texnologiyasini tavsiya etish 
mumkin bo„ladi 2-rasm.
2-rasm. Pardozlashga doir texnologik xarita. 
Keyingi ustunlarda shu devor uchun tavsiya etilayotgan texnologiya, undan keyin 
bu texnologiyani amalga oshirish usullari, tartib va ketma-ketlikda, bu amallarni 
bajarishga doir me‟yoriy vaqt birligi (kishi-soat, mashina- soat), amaldagi ish hajmi, ishni 
bajarishga sarflanivchi smenalar miqdori va shu ishni bajarishga jalb qilinuvchi


10 
quruvchi ustalar soni va ularning malakasi, ularga ishni barishlari uchun qancha 
miqdorda hozirgi mehnat bozoridagi ish kuchiga haq to„lash me‟yorlaridan kelib chiqib 
ish haqqi to„lash, ishning necha kun davomida bajarish muddati, ketma ketligi va taqvim 
grafiklarini keltirildi va ishlab chiqildi.
Loyiha doirasida, namuna sifatida KNAUF BTJ texnologiyasini qo„llashda asosiy 
qoidalar ketma ketligi, jarayon xaritasi hamda bino devorlariga ishlov barish misolida, 
tavsiya etilatgan tadbir texnologiyasi ishlab chiqildi 1-jadval. 
II. G„ISHTIN DEVORLAR SATHINI “KNAUF-ROTBAND” QURUQ 
QORISHMASI VOSITASIDA SUVASH ISHLARI TEXNOLOGIK 
XARITASI 
1-jadval 
№ 
Vazifa 
Texnologik jarayon 
Manbaa, asos 


Download 187.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling