Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish


Download 187.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana18.06.2023
Hajmi187.49 Kb.
#1591242
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
zamonaviy qurilish materiallarini ishlatish texnologiyasi knauf - butlovchi tizimlari jamlanmasi (2)

Sifat va 
samaradorlik 
nazorati, 
bajarilgan ishni 
qabul qilish: 
a) KNAUF BTJ texnologiyasida dastlabki 
nazorat; 
b) Devorlar sathini pardozlashda operatsion 
nazorat; 
v) Amaliy qabul nazorati. 
[5, 201...202 bet,
3 bo„lim] 
II.1. QO„LLANILISH SOHALARI: 
1. Ushbu texnologik xarita gips asosli KNAUF-Rotband quruq qurilish 
qorishmasi asosida qo„lda suvoq ishlarini bajarish amallariga muljallangan. 
2. Texnologik xarita qurilshda texnologik xaritalar tuzish yo„riqnomalariga 
asosan, KNAUF kompaniyasi individual me‟yoriy talablari asosida[4,5], suvoq 
ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish tartibini belgilaydi. 
3. Gips asosli KNAUF-Rotband quruq qorishmasi turarjoy, jamoat va sanoat 
bino va inshootlari devor, eshik va deraza ravoqlari otkosi sathini qo„lda yuqori 
siftli suvoq qilishga, СП 50.13330.2011(СП-свод правил), “СНиП 23-02-2003 
(СНиП-Строительные нормы и правила), Binolar haroratini saqlash” me‟yoriy 
talablarga mos keluvchi quruq, mo„tadil va nam shart-sharoitli, noagressiv muhitli 
bino va inshootlarni pardozlashga mo„ljallangan. 
4. Gips asosli KNAUF-Rotband quruq qorishmasi silliq quyma temirbeton, 
g„ishtin va boshqa tosh devor asosli yuzalarni suvashga mo„ljallangan. 
Bu quruq qorishma va undan tayyorlangan suvoq qorishmasining fizik va 
kimiyoviy ko„rsatkichlari quyidagi 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval 
Quruq 
qorishma 
nomlanishi 
Quruq 
qorishma 
uyurma 
zichligi, 
kg/m
3
Suv quruq 
qorishma 
nisbati, S/Q 
(В/T) 
Suvoq 
qorishma 
chiqishi, 
kg/l 
Yuzaga 
chaplangan 
suvoq 
qorishmasiga 
ishlov berish 
davri, min. 
Suvoq 
qorishmasining 
zichligi, kg/m
3
Qorishma 
tosh qotgan 
holat, 
zichligi, 
kg/m
3
KNAUF-
Rotband 
730 
0.67 
100/125 
60-90 
1300 
950 
5. Yuqori sifatli suvoq ishlarini amalga oshirish va pardozlangan ichki va 
tashqi burchak qirralar tekisligini, vertikalligini, mustakamligini taminlash 
maqsadida suvoqdan oldin yuzalar va qirralarga mayoqcha va burchak profillari 
ishlatiladi, ular zanglamaydigan jezlangan po„latdan ishlangan bo„ladi va 
o„lchamlari 3 jadvalda keltirilgan: 


12 
3-jadval 
Profil 
Kengligi, mm 
Balandligi, mm Uzunligi, mm 
Vazni, kg/m 
Mayoqchali 
20 
10 
2500 
0.165 
20 

2500 
0.125 
To„rsimon 
burchakli 
35 
35 
3000 
0.23 
6. Gips asosli KNAUF-Rotband quruq qorishmasidan tayyorlanuvchi suvoq 
qorishmasi vositasida tayyor quyma beton, temirbeton, tosh blokli, gishtin devor 
sathlari yoki har qanday tobkor suvoq tortilgan asos yuzalar pardozlanishi 
mumkin. 
7. Texnologik xarita 100 m
2
yuzani pardozlashni bir olchov birligi sifatida tuzilgan, 
barcha sarf-xarajatlar shu yuza birligi uchun hisoblangan. 
8. Texnologik xarita o„quv maqsadlarida, diplom loyihasi, real loyihalarni 
tuzishda ishlarni amalga oshirish loyihasi (ППР-проект производства работ, 
рус.) yoki ishlarni tashkil qilish loyihasi (ПОС-проект организации 
строительства, рус.) tuzishda qurilish tashkilotlari va ustalarga gips asosli 
KNAUF-Rotband quruq qorishmasidan foydalanishda dasturul-amal hisoblanadi. 
9. Ushbu texnologik xaritani aynan biror bir boshqa qurilish obъektiga qo„llash 
uchun, bajariladigan ishlar hajmi, mehnattalablik kalkulyasiyasi, mashina-
mexanizmlar va asbob-uskunalar moslab olinadli. 
III. 
ISHNI TASHKIL QILISH VA AMALGA OSHIRISH TEXNOLOGIYASI 
1. KNAUF-Rotband quruq qorishmasidan suvoq qorishmasi tayyorlab 
yuzalarni pardozlashdan oldin barpo etilayotgan bino yoki inshootdagi 
umumqurilish va maxsus qurilish ishlari tugatilgan, eshik, deraza bloklari 
ravoqlarga o„rnatilgan, faqat pol to„shamasi, shift pardozi bajarilmagan bo„lib, 
bunda oynakorlik ishlari bajarilib, binoga suv, isitish tizimi va elektr ta‟minot 
tizimi montaj qilinib, qabul qilingan bo„lishi lozim. 
2. Pardoz suvoq qilinishi rejalashtirilayotgan yuzaga ishlov berish va suvash 
ishlarini boshlash chog„ida pardozlanayotgan yuza va tashqi muhit harorat darajasi 
+10°C dan past bulmasligi va havodagi namlik 60 % dan yuqori bo„lmasligi talab 
qilinadi. 
3. Yuqori sifatli pardoz suvoq injener texnik xodimlar ITX nazorati ostida 
bajariladi. KNAUF-Rotband quruq qorishmasida pardoz ishlarini bajaruvchi


13 
ustalar “KNAUF” o„quv markazlarida o„qib, malakaviy guvohnomalarga ega 
bo„lishlari va yuqorida (1-jadval) keltirilgan talablarga to„liq rioya qilishlari lozim. 
4. KNAUF-Rotband quruq qorishmasida yuqori sifatli pardoz suvog„ini amalga 
oshirish uchun mehnat me‟yornomasi (ETKC, вып. 3) asosan 3 kishilik zveno 
tashkil qilinadi va ular 3, 4, 5 razryadli suvoqchi ustalar bo„lishi lozim. 
5. Pardoz suvoq ishlari “KNAUF” firmasi tavsiya etgan asbob-uskunalar va 
moslamalar vositasida bajariladi. Asboblar zanglamaydigan po„latdan ishlangan 
bo„lishi [5, 204 bet, 3-jadval] tavsiya etiladi. 
6. Suvoq qilinishi rejalashtirilayotgan devor sathini tayyorlashda yuza notaxigi 
gorizontal va vertikal tekislikliklarda ip tortish usulida tekshiriladi. СНиП 3.03.01-
87 me‟yoriy talablaridan oshgan o„lchamlar bartaraf etiladi. G„ishtin devorlarda 
burchaklar notaxligi bir etaj buyiga 10 mm gacha, vertikallik g„ishtin va tosh blok 
devorlar uchun 10 mm gacha chegaralanadi. G„ishtin va tosh blok devorlarda 
gorizontal qatorlardagi chekinish 10 m bo„ylama uzunlikda 20 mm gacha, quyma 
beton devorlar uchun 1 m buylama uzunlikda 5 mm, butun devor bo„yiga 10 mm 
gacha chekinish ruxsat etiladi. 
7. Barcha notekslik va defektlar bartaraf etilgandan so„ng gips asosli suoq 
qorishmasi vositasida pardozlash ishlarigai kirishiladi. Pardoz suvoq ishlarini 
devorlardan boshlanadi v so„ngra deraza va eshik ravoq otkoslari suvab taxanadi. 
8. Devor va ravoq otkoslarini suvashda texnologik amallar ketma-ketligi: 
- Devor sathini tayyorlash: yuzani tozalash, gruntovka eritmasida ishlov berish
vertikal yuzalarga mayoqcha profillarini o„rnatish, ichki va tashqi burchaklarga, 
deraza va eshik ravoq otkoslariga burchak profillarini o„rnatish, suvoq 
qorishmasini tayyorlash; 
- Yuzani suvash: suvoq qorishmasini chaplash, chaplangan qorishmani taxlash, 
notaxliklarni qirqish; 
- Pardozlash amallari: kerak bo„lganda yuzaga struktura berish, yuzani ishqalqsh 
(zatirka), silliqlash, ikkinchi marotiba yuqori sifatli pardozlab moybo„yoq asosini 
silliqlash. 
III.1. AMALLAR
YUZANI TAYYORLASH: 
8.1. Pardozlanuvchi yuzadan chang va qoldiq tozalanib, yuzadagi notaxlik chopiladi, 
eski suvoq qatlamlari ham shu jumladan qo„porilib tashlanadi, beton yuzalardan qolip 
surkama moylari va boshqa qoldiqlardan tozalanadi. Metall, po„lat predmetlar, ilgaklar, 


14 
qoziqlar, detallar olib tashlanadi, olib tashlashning iloji bo„lmagan predmetlar 
antikorroziya surkamasi bilan qoplab chiqiladi. YUzalar changsizlantiriladi. 
8.2. 
Gipsli suvoq qorishmasi va suoq yuza orasidagi adgeziya (elimlanishni) 
oshirish maqsadida yuzaga gruntovka eritmasi bilan ishlov briladi. Zichligi yuqori bo„lib, 
namlikni kam shimiruvchi quyma beton devor yuzalari “Betokontakt” deb nomlanuvchi 
gruntovka tarkibi bilan, suyuqlikni tez shimiruvchi (pishiq gisht, keramzit blok, 
ko„pikbeton, gazbeton bloklardan ishlangan devorlar, eski sement-ohak suvoq bilan 
ishlangan) yuzalar “Grundirmittel” deb nomlanuvchi gruntovka tarkibi bilan ishlanadi. 
Grundirmittel eritmasini purkagich vositasida, Betokontakt eritmasini bo„yoqchi valiklar 
vositasida surkaladi. Ishlov berilgan yuza kamida 2...3 soat qurishi lozim bo„ladi. 
8.3. 
Mayoqcha profillarini o„rtatishdan oldin, yuzalarga shovul osilib uning 
notaxligi aniqlab olinadi: buning uchun, devorning yuqori qismi, har ikkala burchakdan 
30-40 sm masofada dyubel mix qoqiladi, mix kallagi suvoq qatlami qalinligigacha 
botiriladi. Mix kallagidan shovul tushirilib, poldan 30-40 sm balandlikda yana xuddi 
shunday ikki dyubel mix qoqiladi. Gorizontal va diogonal yo„nalishlarda rajja ip tortib, 
devor notaxligi va suvoq qatlam qalinligi aniqlab olinadi. SHunda obtarozi yordamida 
dyubel mixlar kallaklari birbiriga rostlanib, minimal suvoq qatlami qalinligiga moslab 
olinadi. Agar devor balandligi 2.5...3.0 m gacha bo„lsa ikki mix oasida rajja ip tortish 
kifoya, agar balandlik 3 m dan oshiq bo„lsa, oraga uana bir dona o„rtaliq dyubel mix 
o„rnatilib, rajja uchchala mix kallagiga moslanadi. Dyubel mixlar zanglamaydigan 
materialdan tayyorlanishi lozim bo„ladi. 
8.4. 
Mayoqcha profillarini o„rnatishda ular oasidagi masofa suvoq ishlarida 
chaplangan loyni taxlagich gaz cho„p (pravila) uzunligiga moslanadi: 
- Gaz cho„p (pravila) uzunligi 2 m bo„lsa, mayoqchalar oasidagi masofa 1700...1800 
mm; 
- Bir yarim metrli gaz cho„p uchun mayoqchalavr orasidagi masofa 1200...1300 mm 
qilib devorga elimlanadi (3-rasm); 


15 
3-rasm. Devor sathi notaxlik darajasini tekshirish. 
Mayoqcha profillar o„rni belgilab olingandan so„ng, bor bo„yiga har 300 mm ga suvoq 
qorishmasidan bir bo„lak chaplanib, unga mayoqcha profili botiriladi, pravila 
yordamida ularning tekisligi tekshirilib, ularning to„g„ri o„rnatilganligi shovul yoki 
metrostat moslamasi yordamida aniqlanadi. 
8.5. 
To„rli burchak prfillarini quyidagicha o„rnatiladi: burchak profilining ichki 
betiga har 300mm masofaga suvoq qorishmasidan surkalib, qirrali burchakka botirib, 
oldin o„rnatilgan mayoqcha profillar tekisligiga moslanadi. Burchak profilining 
uzunligini qirra balandligidan 23-30 mm kichikroq qirqilib, har ikkala uchlarini 45° 
burchak ostida kesiladi va o„tkir uchli qilib olinadi. 
8.6. 
Deraza va eshik ravoqlariga o„rnatiluvchi to„rsimon burchak profillari ham 
shu tartibda o„rnatiladi, biroq bu profillfar devor suvog„i bajarilgandan so„ng o„rnatilib, 
vertikalligi va gorizontalligi obtarozi vositasida taxlanadi. Bunda avval ravoq tepa 
qirrasiga, so„ngra ikki yon qirralariga o„rnatiladi. Profillar qirra o„lchamiga moslab qirqib 
olinadi. 
III.2. SUVOQ QORISHMASINI TAYYORLASH: 
8.7. 
Gipsli suvoq qorishmasini tayyorlash uchun, sig„imi 90 yoki 200 litrli toza 
platmassa idish tanlanadi. Idishga avval toza sovuq suv quyiladi, suv miqdori bir qopiga 
(30kg) quruq qorishmaga 18 l hisobidan solinadi. Idishdagi suvga oldin 8...10 kelma 
quruq gips qorishmasidan solinib, 2 min davomida juda moslab aralashtiriladi, so„ngra 
quruq qorishmaning qolgan qismi idishga tushirilib bir meъyorli qorishma hosil 
bo„lganicha aralashtirilib, qorishma 5-7 min saqlanadi. 


16 
Maъlum vaqt saqlangan gipsli suvoq qorishmasidan bir meъyorli suvoq 
qorishmasini hosil qilish uchun uni mikser yoki qorishtiruvchi nasadkali elektrodrel 
vositasida qoriladi. Etarli darajadagi harakatchan, yoyiluvchi suvoq qorishmasi hosil 
bo„lishligi uchun qorishmaga oz-ozdan suv qo„shish mumkin. Qorishma tayyor 
bo„lganda unga qo„shimcha sifatida yana quruq gips tarkibidan qo„shish mumkin emas. 
Suvoq qorishmasining harakatchanligi va oquvchanligi odatiy usulda GOST 5802-86 da 
bayon etilgandek, standart konus asbobida aniqlanadi. Bunda konusdagi qorishmaning 
cho„kish o„lchami 8-12 sm bo„lishi talab qilinadi. Tayyor suvoq qorishmasini 20-25 min 
ichida pardozlanayotgan yuzaga chaplab ulgurish lozim bo„ladi. 
III.3. SUVOQ ISHLARI: 
Suvoq-bu pardozlash qatlami bo„lib, bino va inshootlarning turi qurilmalari (devor, 
pardevor, tomyopma, orayopma, ustunlar) yuzasini tekislash, belgilangan shakl berish, 
hamda bu qurilmalarni nam, shamol, issiq, sovuq va olov, alanga taъsiridan 
himoyalovchi, issiqlik, tovush va havo o„tkazuvchanligini kamaytiruvchi sifatida 
ishlaydi. 
Belgilanishi va xossalariga ko„ra, suvoq qatlamlarini quyidagi turlarga bo„linadi: 
1. Oddiy suvq qatlami – normal, nam, haroratli sharoitlarda qurilmalarni himoya 
qatlami sifatida qo„llaniladi; 
2. Maxsus suvoq qatlami – asosga nisbatan himoyalash vazifasini bajaradi; 
3. Manzarali (dekorativ) suvoq qatlami – jamoat binolari va inshootlarining ayrim 
xonalari, zallar, vestibyullar, xollar, zinapoya maydonchalarini, fasad va 
peshtoqlariga mahobatli ko„rinish va pardozlashda qo„llaniluvchi qatlam. 
Bajarilish sifatiga ko„ra suvoq qatlamlari quyidagi turlarga bo„linadi: 
1-oddiy (odatiy) suvoq (4-rasm, I-tugun); 
2-tobkori (yaxshilangan) suvoq (4-rasm, II-tugun); 
3-yuqori sifatli suvoq (4-rasm, III-tugun): 


17 
4-rasm. Suvoq qatlpmlari va turlari: I- oddiy suvoq; II-tobkor suvoq; III- 
yuqori sifatli suvoq. 1-suvoq qilinuvchi devor; 2- suvoq qorishmasi chaplangan 
qatlam; 3-xomaki suvoq qatlami; 4-qoplpma suvoq qatlami. 

Download 187.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling