Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Download 4.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/112
Sana31.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1736077
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   112
Bog'liq
boglovchi-moddalar

3.3 Qo‘llanish sohalari 
Havoda qotuvchi ohakning so‘ndirishi kalsiy oksidini suv ta’sirida 
gidratlanishidan (ya’ni suv bilan birikishdan) iborat: 
SaOQN
2
O

Sa(ON)
2
-g 
Ko‘p miqdorda issiqlik ajralishi natijasida harorat birdan ko‘tarilib suv qaynab 
ketadi. Agar ohak sifatli bo‘lsa, unda so‘nish boshlanib tez o‘tib ketadi. Xlorli tuzlar 
NaCl, SaSl va boshqalar SaO ning gidratlanishi 1% miqdorida tezlashtiradi. So‘nish 
haroratining ko‘tarilishi SaO ning gidratlanish jarayoni tezlashtiriladi, so‘nish tezligi
kalsiy oksidi kristallarining kattaligiga bog‘liq. Hajmi 2 barobardan ko‘proq keskin 
ortishi bilan ham so‘nish reaksiyasi borishi mumkin. Hosil qilingan ohak kukun-ohak 
va ohak hamiriga bo‘linadi. Kukun ohak katta solishtirma yuzaga ega bo‘lgan 


66 
nihoyatda mayda kukun. U suvga o‘ta moyil birikma. Ohak hamiri asosan Sa(ON)
2

qaymoqsimon massadan iborat. Kukun - ohak tayyorlashda suv ohakka nisbatan 2-3 
marotaba ko‘p qo‘shiladi, chunki bunda suv tez bug‘lanib ketadi. Suvning miqdori 
juda ko‘p bo‘lganda ohak hamiri olinadi. 
Kukun-ohak Sa(ON)
2
, SaO ning gidratlanish jarayoni SaO ni eritish hamda 
uning nisbatan to‘yingan eritmasi hosil qilishdan iborat va quyidagi texnologik 
chizma bo‘yicha o‘tadi. SaO ning gidratlanishi qaytar reaksiya bo‘lib, uning 
yo‘nalishi haroratiga, shuningdek, suv bug‘ining bosimiga bog‘liq. Suv etishmasligi 
natijasida so‘ndirilgan ohakning kuyishi, ya’ni kuydirilgan zarrachalar yuzasida qalin 
Sa(ON)
2
parda hosil bo‘ladi. Bu shunday tushuntiriladi: suv qo‘shilgandan keyin 
dastlabki vaqtda ohakni gidratlash qaynovi juda tez boradi, suv keraklidan ko‘p 
bo‘lsa gidratning hamir holidagi qavat hosil bo‘ladi. Keyinchalik gidrat qavatdagi 
suvni o‘zlashtirish natijasida qurib qoladi, zichlashadi, ichki qavatlaridagi 
so‘nmagan ohak uchun kerakli suvni o‘tkazmaydi. 
Ohakdagi ortiqcha begona narsalar mahsulotning so‘nishini kechikishiga, 
sekinlashishiga, shuningdek natijada hajm kengayishi, ichki zo‘riqish, darzlar hosil 
bo‘lishi buzilishlariga sabab bo‘ladi. Kukun-ohakdagi namlikning miqdori 5% 
oshmasligi kerak. 
Sanoatda ohak uzlukli va uzluksiz moslamada so‘ndiriladi: uzlukli barabanli 
so‘ndirgich - so‘ndirish bug‘ bilan 0,3 - 0,65 MPa bosim ostida bajariladi. 3-5 sm 
kattalikdagi ohak bo‘laklari yuklovchi tuynuk orqali tepadan barabanga yuklanadi, 
bug‘ beriladi va baraban 15-20 min. davomida aylanishi natijasida ohak so‘ndiriladi. 
Umumiy sikl 30-40 minutga boradi. 


67 

Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling