Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Gidratli ohak kukunini ishlab chiqarish texnologik chizmasi
Download 4.47 Mb. Pdf ko'rish
|
boglovchi-moddalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ohak hamiri
Gidratli ohak kukunini ishlab chiqarish texnologik chizmasi.
Uzluksiz so‘ndirish - parrakli yetti barabanli gidratorlarda olib boriladi. Ohak oldindan 3-6 mm gacha kattalikda maydalanib yetti barabanli gidratorga suv bilan uzatiladi. Har qaysi barabanda parrakli val bo‘lib, massani siqib chiqaradi. Orada qorishtirib so‘ndirish - 10 kun ichida ushlab turiladi. Yuz tipidagi so‘ndirgich ichida ohak bo‘laklarini va so‘nmagan donalarini yaxshi maydalash uchun chopqichlar o‘rnatilgan, elektrodvigatellar yordamida harakatga keltiradi va prujina yordamida so‘ndirgich ostiga to‘qiladi. Mo‘l miqdorida suv qo‘shish bilan so‘ndiriladi. Ohak hamiri elak orqali tindirgichga quyiladi. Ohak hamiri qo‘shimcha saqlab turmasdan ham ishlatish mumkin. Bo’lakli ohak ombori Mayda maydalash Gidratorlarda so’ndirish Siloslarda so’ndirishni davom ettirish Yirik zarrachalarni ajratilishi Yirik zarrachalarni tegirmonda tuyish Gidratli ohakni ombori Mashina yordamida joylashtirish Ohakni qoplarda jo’natilishi Mahsus vagonlarda jhakni jo’natilishi 68 Issiq suv ishlatilganda so‘nish tezligi ortadi. Uzluksiz ishlovchi ohak so‘ndirgichning termomexaniq konstruksiyasi ana shunga asoslangan. Ohak so‘ndirilishida chiqqan issiqlik hisobiga suv isiydi. So‘ndirish barabani ikki silindrdan iborat bo‘lib, biri ikkinchisiga joylashtirilgan. Orasidagi bo‘shliq issiqlik almashtirgich vazifasini o‘taydi. Silindrning 1 kamerasi so‘nish ro‘y beradi, ikkinchi kamerada po‘lat sharlar yordamida so‘ndirilmagan zarrachalar maydalanadi. Chexiyada karbonat xom ashyolardan bo‘lakli va kukunsimon ohak ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan. Kukunsimon so‘ndirilmagan ohak ishlab chiqarish shaxta pechlarida ishlab chiqarish bilan birgalikda amalga oshiriladi. Shaxta pechlarida maxalliy ochiq konlardagi 7-8 sm o‘lchamdagi maydalangan ohaktosh bo‘laklari ishlatiladi. 7 sm dan kichik bo‘laklar qayta bolg‘ali maydalag‘ichda maydalanib keyin havoli separotorlarda 2 fraksiyaga ajratiladi: ohakning (0,2-2,5) yuqori dag‘al qismi qayta ohakka ishlanadi. Ohak hamiri Ohak hamirini quyidagi texnologik chizma bo‘yicha olinadi. ishlab chiqarish uzlukli va uzluksiz ohak so‘ndiruvchi asboblarda o‘tkaziladi. Eng keng tarqalgan termomexaniq ohak so‘ndirish asbobi quyidagilardan iborat elektr ishga tushiruvchi 8, aylanma baraban 2, baraban bir tomondan bunker 1, boshqa tomonidan ohak sutini tushirish uchun lotok 7, rama 9. Baraban ikkita bir-biriga orasiga 2 mmli masofada joylashgan silindrdan iborat. Ohakni so‘ndirganda ichki silindrda suv 45-50 0 S isitiladi, va u ikki qismga diafragma bilan bo‘lingan so‘ndirish kamera 4 va maydalash kamerasi 5. Bu kameradan ohak suti patrubka 6 va 7 lotok orqali tindirgichga jo‘natiladi. Ohakni to‘liq so‘nish uchun bir qismi ohakka 2-3 qismi suv tavsiya etiladi. Ohak 16-24 soat tindirilganda qaymoqsimon 75% suvli massaga aylanadi. Yaxshi tindirilgan ohak hamiri tarkibida 50% suv va hajmiy og‘irligi 1400 kg/m 3 oraliqda bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling