Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Ohakni ishlab chiqarishda mexnatni muxofaza qilish
Download 4.47 Mb. Pdf ko'rish
|
boglovchi-moddalar
75 Ohakni ishlab chiqarishda mexnatni muxofaza qilish Ohak ishlab chiqarish korxonalarida avvalo hamma sexlarda havo tozalovchi moslamalar doimiy ravishda ishlab turishi kerak. Sexlarda SO 2 konsentratsiyasi 0,03 m 2 -m 3 dan ohak changi 0,04 m 2 -m 3 dan oshmasligi lozim. Kuydirish asbob uskunalar olovdan issiqlikdan himoya qiluvchi moslama bilan ta’minlanishi kerak. 4.1-jadval Havoyi ohakni xossalari Ko‘rsatkichlar Kalsiyli ohak Magnezial ohak I nav II nav III nav I nav II nav III nav SaOQMgO miqdori, % kam emas: Qo‘shimchasiz ohakda 90 80 70 85 75 65 Qo‘shimchali ohakda 65 55 - 60 50 - MgO miqdori % ko‘p emas 5 5 5 20(40) 20(40) 20(40) SO2 miqdori % ko‘p emas 3 5 7 5 8 11 So‘ndirilmagan bo‘lakli ohakda so‘ndirilmagan zarrachalar miqdori % ko‘p emas 7 11 14 10 15 20 Ko‘rsatkichlar Gidratli ohak I nav II nav SaOQMgO miqdori, % kam emas: Qo‘shimchasiz ohakda 67 60 Qo‘shimchali ohakda 50 40 SO 2 miqdori % ko‘p emas 3 5 Ohakni namligi % ko‘p emas 5 5 Elakdagi zarrachalar miqdori % ko‘p emas: №02 7 7 №008 15 15 Zichligi: so‘ndirilmagan ohak uchun 3,1-3,3 g/sm 3 35 oraliqda tebranadi va kuydirish haroratiga, qo‘shimchalar miqdoriga kuydirmasligi va o‘ta kuydirilganiga bog‘liq. Gidratli ohakni zichligi kristall formasidagi 2,23, amorf 2,08 g/sm 3 ga teng. Hajmiy og‘irligi: bo‘lakli ohakni kuydirish haroratiga bog‘langan holda 1,6-2,9 g/sm 3 , maydalangan so‘ndirilmagan ohak uchun: sochiluvchan holatda 900-1100, zichlantirgan holatda 1100-1300 kg/m 3 gidratni ohak uchun sochiluvchan holatda 400-500, zichlantirgan holatda 600-700 kg/m 3 , ohak hamiri uchun 1300-1400 kg/m 3 . Plastikli-ohakni muhim xossalaridan biri va u ohakni ushlab turuvchi qobiliyati bilan bog‘liq. 76 Suvga talabchanligi va suv ushlab turuvchi qobiliyati ohakning turiga va zarrachalar maydaligiga bog‘liq. Ohak qorishmalari tayyorlaganda odatda 1m 3 ga 300-350 l suv sarflanadi. Maydalangan so‘ndirilmagan ohakni suv talabchanligi past, so‘ndirilgan ohakni (kukun, hamir ko‘rinishida) esa baland. Tutib qolish tezligi: so‘ndirilgan ohak asosidagi qorishmalar juda sekin tutib qoladi. Maydalangan so‘ndirilmagan ohakli qorishmalari 15-60 min keyin tutib qoladi. Ularning tutib qolish tezligi SaO gidratlanishiga va qotish sharoitiga bog‘liq. Hajmiy o‘zgarishlar: asosan 3 hil hajmiy o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin: hajmiy notekislik, cho‘kishi va shishishi, harorat ta’sirida shaklsizlanishi. Hajmiy notekislik o‘ta kuydirilgan SaO, MgO zarrachalar qotgan ohaktoshida hajmini oshirib gidratlanadi. Natijada ichki kuchlanish yuzaga keladi va buyumlar yoriladi. Shuning uchun SaO, MgO lar miqdori talab qilingan normada bo‘lishi kerak. Ohak qorishmalari havoda qotayotganda cho‘kishga duch keladilar, chunki suv bug‘langan sari qorishma zichlanadi, ularda g‘ovaklar va qisman suv bilan to‘ldirilgan ingichka kapillarlar hosil bo‘ladi va ularda kapillar bosim kuchlari yuzaga keladi. Bo‘lar esa bog‘lovchi modda zarrachalari va to‘ldirgichlarni birlashtiradi. Qorishmalarda bog‘lovchi va suv miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, shunda ularni quruq muhitda saqlanganda cho‘kishi yuqori bo‘ladi. Tutib qolishni boshlang‘ich davrida harorat shaklsizlanishlar maydalangan so‘ndirilmagan ohak asosida tayyorlangan qorishmalar uchun kuzatiladi. Uni suv bilan ta’sirlashuvida issiqlik intensiv ravishda ajraladi 60-70 0 S gacha va undan yuqori. Issiqlik ajralishini va harorat shaklsizlanishini intensivligi ohakni maydalab, oshishi ohak suv nisbati pasaytirish oshadi, va aksincha qo‘shimchalar qo‘shilganda (SaO ni gidratlanish tezligini pasaytiruvchilar) kamayadi. Mustahkamligi: qurilish oxagi asosida tayyorlangan qorishma va betonlarni mustahkamligi uning qotish shartlariga bog‘liq. Oddiy haroratda (10-20 0 S) so‘ndirilgan ohakli qorishmalar sekinqotadi va 1 oydan keyin 0,5-1,5 MPa mustahkamlikka ega bo‘ladi. 77 Maydalangan so‘ndirilmagan ohak gidratli qotishda 28 sutkadan keyin siqilishga bo‘lgan mustahkamligi 2-3 MPa teng. Ohak-qumli qorishmalarni avtoklav qotishida mustahkamligi 30-40 MPa ga teng bo‘ladi. Ohakli-qumli betonlar va avtoklav qurilish buyumlari suvga, sovuqqa chidamli bo‘ladilar. Qurilish oxagidan quyidagilar tayyorlanadi: quruq, havo muhitida va sharoitda ishlatiladigan qorishmalar, past markali betonlar tayyorlashda, avtoklav zich va g‘ovakli silikat buyumlar ishlab chiqarishda, issiqlik saqlovchi, yengil beton toshlar tayyorlashda, aralashtirilgan gidravli bog‘lovchilar (ohak-shlakli, ohak-putssolan, ohak-kulli). Download 4.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling