Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Download 4.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/112
Sana31.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1736077
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   112
Bog'liq
boglovchi-moddalar

Nazorat uchun savollar 
1. Havoda qotgan ohakli qorishmalarni sanab o‘tin.
2. Havoda qotgan ohakni qo‘llanilishini tushuntirib bering. 
3. Havoda qotgan ohakni kudirish jarayoni qanday? 
4. Havoi qurilish ohagini ishlab chiqarish texnologiyasi qanday? 
5. Hozirgi vaqtda havoi qurilish ohagining qo‘llanilishi. 


78 
IV BOB. MAGNEZIAL BOG‘LOVCHI MODDALAR 
4.1 Kaustik magnezit va dolomit ishlab chiqarish jarayoni, xom-ashyosi 
1. Magnezial bog‘lovchilar. 
 CHukindi tog jinslari magnezit (bog‘lovchi modda – kaustik magnezit) va dolomit 
(bog‘lovchi modda – kaustik dolomit) ni shaxtali yoki aylanma xumdonlarda 
700...900
o
S haroratda pishirib magnezial bog‘lovchilar olinadi. 
Kaustik magnezit MgCO
3
ni pishirish jarayonida undan karbonat angidrit gazi (SO
2

ajralib chikadi, qolgan magniy oksidi MgO esa bog‘lovchi xususiyatga ega. Olingan 
mahsulot tuyiladi va qurilishga yuboriladi. 
Kaustik dolomit xam asosan magniy oksididan iborat bo‘ladi, u olingan modda 
bog‘lovchi xususiyatga ega. 
Bog‘lovchi moddaning kimyoviy tarkibi, ogirligiga nisbatan % hisobida: SaO = 2,4; 
MgO = 86,2; SiO
2
= 1,5; Fe
2
O

= 1,5. 
Fizik-mexaniq xossalari: oʻrtacha tukma zichligi – 0,7 kg/l; qotishini boshlanishi – 
40 daqiqadan sung; qotishini tugashi – 8 soatdan sung. Siqilishga bo‘lgan 
mustaxkamlik chegarasi 40...60 MPa – kaustik magnezit asosidagi bog‘lovchi uchun 
va 10...30 MPa – kaustik dolomit asosidagi bog‘lovchi uchun. 
Qotishi: Kaustik magnezit ochik havoda saklansa, u tezda uz aktivligini yoʻqotadi. 
Kaustik magnezit oddiy suvda kotmaydi. Uni xlorli magniy MgCl
2

6H
2
O eritmasi 
bilan korishtiriladi. Magnezial bog‘lovchi moddaning qotishi va mustaxkamligini 
oshib borishi quyidagi reaksiya koʻrinishida boradi: 
5MgO+Mg(OH)
2
+KH
2
O

MgCl
2

5Mg(OH)
2

7H
2

Magniy xlor va kalsiy xlor eritmalari magniy oksidini erish xususiyatini oshiradi va 
qotish jaryonini keskin tezlashtiradi. 
Ishlatilishi. Kaustik magnezit va kaustik dolomit yog‘och kirindisi xamda kipigi 
bilan mustaxkam boglanish xususiyatiga ega. SHuning uchun ksilolit va fibrolit kabi 
materiallarni tayyorlashda, asosan magnezial bog‘lovchilar ishlatiladi. Bundan 
tashkari ular maxsus suvokbop qorishmalar, me’mor kismlari, kupik betonlar 


79 
tayyorlashda xam kup ishlatiladi. 
Uzbekistonda magnezial bog‘lovchi moddani xom ashyo manbai serob boʻlishiga 
karamay, uni ishlab chiqarish yulga kuyilmagan. Lekin, maxsus xossalarini hisobga 
olsak, magnezial bog‘lovchi moddalar keng kulamda ishlatilishi mumkin edi. 

Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling