Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Putssolan portlandsement. Xossalari va qo‘llanish sohalari


Download 4.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/112
Sana31.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1736077
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   112
Bog'liq
boglovchi-moddalar

7.3 Putssolan portlandsement. Xossalari va qo‘llanish sohalari 
Faol qo‘shimchalar (AMK) mayda tuyilgan tabiiy yoki sun’iy moddalar bo‘lib, 
ular bog‘lovchi moddalarning xossalarini yaxshilash uchun qo‘shiladi. Faol mineral 
qo‘shimchalarning tabiiy hamda sun’iy xillari mavjud. Tabiiy mineral qo‘shimchalar 
cho‘kindi jinslardan olinadilar va ularga diatomit, trepel, opoka va gilsimon moddalar 
kiradi. 
Diatomit va trepellar sirtqi ko‘rinishlaridan bir-birlaridan kam ajraladilar. Ular 
yengil, po‘kak, mustahkamligi kam oq – kulrang, yoki sariq – kulrang jinslar 
bo‘ladilar. Hajmiy og‘irligi – 700 – 1000 kg/m
3



165 
Opokalar – og‘ir va zich jinslar, xajmiy og‘irligi 1200 – 1600 kg/m
3
bu xildagi 
mineral qo‘shimchalar kimyoviy tarkibi bo‘yicha bir – birlariga yaqin va foiz 
hisobida quyidagi moddalardan iborat: 70 – 90% SiO
2
; 3 – 10: Al
2
O
3
; 1 – 3: 
Na
2
OK
2
O; 1 – 3% CaO.
Gilsimon jinslar – yer osti ko‘mirlari o‘z - o‘zidan yongandan ular orasidagi 
gillar kuyishi natijasida hosil bo‘luvchi kuyindi jinslar bo‘lib, ular o‘z hususiyatlariga 
ko‘ra 800 – 1000
0
S da kuydirilgan gillarga o‘xshash bo‘ladi.
Vulqon jinslari qo‘shimchalarga vulqon kuli, tuf, dengiz ko‘pigi va h.k. kiradi. 
Kimyoviy tarkibi asosan SiO
2
va Al
2
O
3
(70 – 90%) dan iborat va 2 – 4% CaO – 
MgO: Na
2
O – K
2
O (3 – 8%) va suv 5 – 10%. Fazoviy tarkibi bo‘yicha yumshoq 
shisha, (50 – 80%), silikat va alyumosilikat birikmasidan iborat. Toshko‘mir va 
antratsit kuydirilganda SiO
2
va kaolinit minerallari ko‘p bo‘lgan shlaklar va kullar 
olinadi. Bo‘lar tarkibida SiO
2
, Al
2
O
3
; FeO miqdori 60 – 65% tashkil etadi. Bo‘larni 
faolligi yoqilg‘ini kuydirish haroratiga bog‘liq. Torf (balchiq qatlam) kuydirilganda – 
karbonatli va sulfatli shlak va kullar olinadi.

Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling