Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Yo‘l va aerodrom beton qoplamlari uchun portlandsement


Download 4.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/112
Sana31.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1736077
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   112
Bog'liq
boglovchi-moddalar

 
Yo‘l va aerodrom beton qoplamlari uchun portlandsement 
Yo‘l qoplamlari uchun foydalaniladigan beton doimiy ravishda fizik, mexaniq 
ta’sirlarga uchrab turishi tufayli uni tayyorlash uchun maxsus sementlar qo‘llaniladi. 
Ular oddiy portlandsementdan sovuqqa bardoshligi, yoyiltiruvchi va zarbali 
ta’sirlarga chidamliligi, eguvchi zarbalarga nisbatan oshirilgan mustahkamligi hamda 
kam kichrayuvchanligi bilan ajralib turadi. 
O‘z hususiyatlariga ko‘ra portlandsementning bu turi quyidagi talablarga javob 
berishi lozim, xususan: klinkerdagi C
3
A miqdori 8% dan oshmasligi lozim; - faqat 
granulalangan domna shlakini 15% dan ortiq bo‘lmagan miqdorda kiritish mumkin; - 


163 
mexaniq markasi 400, 500ga mos kelishi lozim. Beton qorishmalarini suvga 
talabchanligini kamaytirish va sovuqqa chidamliligini oshirishi uchun plastifirlovchi, 
gidrofoblovchi, havoni tortib oluvchi moddalar kiritish maqsadga muvofiqdir. 
 
Asbestotsement mahsulotlari ishlab chiqarish uchun portlandsement 
Bu sement uchun ishlatiladigan klinkerning tarkibi bo‘lmagan 52% dan ortiq 
bo‘lmagan S
Z
S, dan ortiq bo‘lmagan, 3% dan ortiq bo‘lmagan SaO, 5% gacha MgO 
bo‘lishi lozim. Sementning solishtirma yuzasi 2200 sm
2
/g dan kam va 3200 sm
2
/g 
dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Sementning bu turiga qo‘yiladigan talablar quyidagilar 
bilan izohlanadi: asbestotsement mahsulotlarini tayyorlashda sementning 
boshlang‘ich gidrolizlanishi juda yuqori suv sement nisbatida o‘tadi; ko‘p suvni 
asbestotsement massadagi suvning katta miqdori filtrab, so‘rib siqib olinadi. Asbest 
tolalarida ushlanib qolish uchun sement zarrachalari juda mayda bo‘lishi lozim, 
ammo ularning ortiqcha dispersionligi bog‘lovchi moddaning suvga talabganligini 
oshirish mumkin. Asbestotsement mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan 
portlandsement amaliy jihatdan odatdagi qurilish portlandsementi bilan bir xil 
bo‘ladi, ammo boshlang‘ich muddatlarda intensivroq qotishi va mustahkamlikning 
tezroq o‘sishi bilan farqlanadi.

Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling