Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Download 4.47 Mb. Pdf ko'rish
|
boglovchi-moddalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Portlandsementning ishlatilishi.
Xom ashyo. Portlandsement olish uchun tarkibida kalsiy karbonat va alyumosilikati
kup bo‘lgan xom ashyo ishlatiladi. Bo‘larga ohaktosh yoki bur va giltuproq jinslari va tarkibida karbonat va alyumosilikati kup bo‘lgan ohakli mergellar kiradi. Uzbekistondagi sement zavodlarida xom ashyo sifatida asosan ohaktosh va giltuproq ishlatiladi. Klinkerning kimyoviy tarkibi, massa bo‘yicha % hisobida quyidagichadir: SiO 2 – 20...24; Al 2 O 3 – 4...7; Fe 2 O 4 – 2...6; CaO – 62...68. Ularni umumiy miqdori 95 – 97% boʻlishi kerak.Ilgari aytilganida gidravlik bog‘lovchi moddalar xam havoda, xam suvda qotish xususiyatiga egadir. Bo‘larga portlandsement va uning turlari, xamda gidravlik ohak kiradi. Bo‘lardan tashkari shlaklar kullar, tabiiy tog jins va moddalari asosida olingan bir qancha gidravlik bog‘lovchi moddalar xam kiradi. Bu bog‘lovchi moddalar tarkibida kalsiy silikat, kalsiy alyuminat va kalsiy ferritlarni borligi, ularga gidravlik xossalarini beradi. 2. Portlandsementning ishlatilishi. 158 Portlandsement qurilishda juda keng kullaniladi. Yer usti va ostida, suv ostida beton va temir-beton yigma konstruksiyalar, shuningdek turli maqsadlarda va sharoitlarda ishlatiladigan monolit konstruksiyalar kurishda portlandsementdan foydalaniladi. Portlandsementning shu qadar koʻp sohalarda ishlatilishiga sabab shuki, u juda kimmatli qurilishbop xossalarga ega, ya’ni nixoyatda mustaxkam va nisbatan tez oʻsadi, shuningdek turli agressiv muxitlar ta’siriga chidamli. Uni ishlash uchun, nisbatan oz mablagʻ sarflanadi. Bu esa portlandsement ishlab chiqarishni yuksak darajada mexanizatsiyalashga imkon berdi. Industrial qurilishning yigʻma beton va temir-beton konstruksiyalari tobora koʻp ishlatilayotgani bilan xarakterlanadigan hozirgi ravnakida portlandsementdan qimmatli bog‘lovchini har tomonlama tejash birinchi darajadagi vazifa hisoblanadi. Beton ishlayotganda portlandsementdan foydalanish qanchalik maqsadga muvofik ekanligi talab qilinayotgan mustaxkamlikka, qotish sharoitlari va betonning ishlatilish xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Qurilishbop qorishmalarda portlandsement ishlatish uchun (eng koʻp ishlatiladigan markalarida) odatda ohak, gidravlik yoki inert qoʻshilma xamda organiq plastiklashtirgichlar solinadi. Yigʻma beton xamda temir-beton konstruksiyalar ishlab chiqarish uchun qanday portlandsement tanlash talab qilinsa, prinsipial shunday talablar kuyiladi. Issik-nam bilan ishlov beriladigan beton ishlab chiqarish uchun portlandsement tanlanayotganda ishlov sharoitlari klinkerning mineralogik tartibiga qarab belgilanadi. Download 4.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling