Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Download 4.47 Mb. Pdf ko'rish
|
boglovchi-moddalar
Kengayuvchan sementlar
Kengayuvchan sement maxsus tarkibli gidravlik bog‘lovchi modda boʻlib, suvda kotayotganida xajman kengayadi, havoda kotayotganida esa kirishmaydi-chukmaydi yoki suvda kotayotgan vaqtidagadan kamrok kengayadi. Yuqorida aytib utilganidek, tishlashaytgani va kotayotganida ruy beradigan fizik- ximiyaviy jarayonlar tufayli kirishish-chukish barcha gidravlik bog‘lovchi moddalarning eng katta nuksonidir. Ana shu nuksoni sababli konstruksilarning tutash erlari bog‘lovchi moddalar bilan toʻldirilganida xam mutlako suv utmaydigan boʻlmaydi. Kengayuvchan sement esa kotayotganida kirishmaydi-chukmaydi, aksincha xajman bir oz kengayadi, lekin darz ketmaydi, yorilmaydi, yana zich va monolit boʻlib qoladi. Kengayuvchan sementlar giltuproq yoki portlandsement asosida tayyorlangan kengayuvchan sementlar tarkibiga qarab quyidagi turlarga boʻlinadi: giltuproq, gips- ohak va giltuproq-gips kengayuvchan sementlar. Kengayuvchan sementlar kiska 153 muddatda tishlashadi. Qancha vaqtda tishlashishiga qarab tez tishlashadigan sementlarga va sekin tishlashadigan sementlarga boʻlinadi. Tez tishlashadigan sementlar kamida 5 minutdan keyin tishlasha boshlab, kechi bilan 10 minutda batamom tishlashib bo‘ladi. Sekin tishlashadigan sementlar esa kamida 20 minutdan keyin tishlasha boshlab, kechi bilan 4 soatdan sung batamom tishlashib bo‘ladi. Maxsus tayyorlangan yuqori asosli alyuminatlardan foydalanib kengayuvchan sement ishlab chiqarishning texnologik sxemasi keltiriladi. Qaynama ohak ombori Giltuproq sement ombori Gips ombori Ta’minlagichli bunker Ta’minlagichli bunker Maydalagich Maydalagich Ta’minlagichli bunker Soʻndirgich Ohak sut Dozalovchi idish Ta’minlagichli bunker Isitadigan aralashtirgich begun (yanchgich) lar Ta’minlagichli bunker Ta’minlagichli Ta’minlagichli bunker bunker Yuqori asosli SHar tegirmoni alyuminatlar ombori Kengayuvchan snment ombori Bu sxema bo‘yicha kengayuvchan sement ishlab chiqarish ikki mustakil jarayonga boʻlinadi: yuqori asosli alyuminat tayyorlanadi va yuqori asosli alyuminat, giltuproq sement xamda gipsni birga maydalash yuli bilan kengayuvchan sement ishlanadi. 154 Yuqori asosli alyuminatlar sut xoligacha soʻndirilgan ohak (SaO hisoblaganda vaznan 0,43 – 0,5 kism) bilan giltuproq sement (vaznan tegishlicha 0,57 – 0,5 kism) ni qaynatib tayyorlanadi. Qaynatish uchun maxsus jihozlangan va isitadigan begun – yanchgichlar kullaniladi. Begunlarda kaymoksimon aralashma avvaliga 2 soat isitmasdan, sungra batamom kurigunicha 130 - 150 o temperaturada isitib aralashtiriladi. Begunlarda ishlashni yanada davom ittirganda kurigan aralashma maydalanadi va dagal poroshok xolida yuqori asosli alyuminatlar omboriga yoki shar tegirmonning sarflash bunkeriga uzatiladi. Bunkerlarda giltuproq sement va gips bilan birga maydalanadi; I – II sort yarim molekula suvli yoki nixoyatda mustaxkam gips ishlatiladi, giltuproq sementning kamida 400 markalisidan foydalaniladi. Yuqori asosli alyuminatlar kengayuvchan sement tayyorlash uchun tovar mahsulot sifatida bevosita qurilish maydonining uzida berilishi mumkin. Buning uchun ular gips qoʻshib, shar tegirmonda maydalanadi. SHunda «kengayuvchan komponent» deb ataladigan komponent olinadi, sungra giltuproq sement bilan ma’lum nisbatda aralashtiriladi. Tarkibi. Maxsus tayyorlangan yuqori asosli alyuminat va gipsdan tayyorlangan giltuproq sement asosida ishlangan kengayuvchan sementda bu uchchala asosiy komponent taxminan quyidagi nisbatda bo‘ladi: giltuproq sement – 70%; gips – 20%; yuqori asosli alyuminat – 10%. Kengayuvchan sement giltuproq sementdan ohak va gips qoʻshib tayyorlanganidan komponentlarning miqdor nisbati taxminan shunday bo‘ladi (tarkibiy kismlarining optimal dozasi tajriba yuli bilan belgilanadi va ohak aktivligiga bog‘liq): giltuproq sementdan 85%; gipsdan 10%; ohak (SaO) dan 5%. Giltuproq sement qoʻshilgan ohak va gips aralashmasidan yaxshi sifatli kengayuvchan sement tayyorlash kiyin. Bu usulda kupincha suv utkazmaydigan, chukmaydigan sement (SUCHS) olish mumkin. Suv utkazmaydigan kengayuvchan sement (SUKS) esa maxsus tayyorlangan yuqori asosli alyuminatlardan foydalanib ishlanadi. Kengayuvchan sementlarning yuqorida keltirilgan tarkibi gips – ohakli giltuproq sementlar asosida olingan. Gipsli kengayuvchan giltuproq sementlar tarkibiga esa taxminan 30% gips va 70% giltuproq sement kiradi. Bunday sement 155 aslida kirishmaydi – chukmaydi, chunki odatda salgina (3 sutka kotganida 0,15% gacha) kengayadi. Download 4.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling