Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Download 4.47 Mb. Pdf ko'rish
|
boglovchi-moddalar
Klinkerni tuyish. Pechdan klinker suyuk xolida chuyan idishlarga kuyiladi va kristall struktura xosil kilish uchun sekin sovitiladi. Klinker tez sovitilsa, struktura shishasimon, amorf bo‘ladi. Bunday klinkerdan past sifatli sement xosil bo‘ladi, xolbuki kristalli tuzilgan klinker nixoyatda mustaxkam giltuproq sement ishlanishini ta’minlaydi. Sovitilgan klinker tuyishdan oldin maydalanadi. Klinker iloji boricha mayda tuyilgani yaxshi, shunda shar tegirmonlarda tuyish uchun kamrok energiya sarflanadi. Klinker nixoyatda qattiq bo‘lgani uchun uni xatto bir sidra maydalab olganda xam anchagina elektr energiya sarf bo‘ladi. Maydalash uchun jagli maydalagichlar kullaniladi. Maydaroq maydalash uchun konus maydalagichlardan foydalangan ma’kul. Konus maydalagich nixoyatda qattiq materiallarni maydalayotganda juda yaxshi ishlaydi. Klinkerdan ferrosilitsiyni ajratib olish uchun maydalangan mahsulotni magnit separatordan utkazish lozim. Klinker koʻp kamerali sharli truba tegirmonlarda tuyiladi. Giltuproq sement sifatini oshirish uchun iloji boricha mayda tuyish lozim; 009 nomerli elakda qoladigan qoldiq kupi bilan 10% boʻlishi kerak. Giltuproq angidrid sement yoki toʻldirgichlari bor giltuproq sement tayyorlayotganda angidrid yoki qoʻshilma-toʻldirgichlar (domna shlagi, kvars kumi) 150 klinker bilan birga maydalanadi. Angidrid va shlak bir sidra maydalab olinadi va iloji boricha namligi 1 – 2% dan oshmaydigan kilib kuritiladi. Kum faqat kuritiladi. Batamom tishlashib boʻlishiga yakin, taxminan 5 – 6 soatdan sung, giltuproq sement marka mustaxkamligining 30% va bundan ortigiga, bir sutka kotgandan keyin 90% dan ortigiga, uch sutkaligida esa marka mustaxkamligiga etib oladi. Keyinchalik sement amalda mustaxkamlanmaydi. Giltuproq sement tez kotuvchan boʻlsa-da, tez tishlanuvchan bog‘lovchi modda emas. Standart bo‘yicha tishlashish muddatlari quyidagicha: kamida 30 minutdan keyin tishlasha boshlaydi, kechi bilan 12 soatda batamom tishlashib bo‘ladi. Odatda tishlashish muddatlari tegishlicha bir soat va 5 – 6 soat atrofida bo‘ladi. Fizik-mexaniq xossalari.Giltuproq sement mustaxkamlik kursatkichlari bo‘yicha 300; 400 va 500 markalarga boʻlinadi. Gilputrok angidrid sement uchun xam giltuproq sementnikidek markalar, toʻldirgichlari bor giltuproq sementlar uchun esa faqat birinchi ikki marka, ya’ni 300 va 400 belgilangan. Giltuproq sementning qotishi uchun nam sharoit juda kulay. Bunday sharoitda, garchi sekin boʻlsa xam, mustaxkamligi osha boradi. Quruq havo sharoitida mustaxkamligi avvaliga biroz oshganidan keyin tuxtaydi. Namunalar vaqti-vaqti bilan dam nam, dam quruq sharoitlarda saklansa, yaxshi natija beradi. Normaldan past, xatto nolga yakin temperaturada xam giltuproq sement nixoyatda ekzotermik bo‘lgani uchun kanoatlanarli kotadi; qotishining dastlabki 1 – 3 sutkasida giltuproq sement, masalan, alit-alyuminat portlandsementga karaganda 1,5 – 2 barobar kup issiklik chiqaradi. Giltuproq sement shu kadar kup issiklik chiqarishi sababli uni yaxlit konstruksiyalarda ishlatib boʻlmaydi; yaxlit beton massiv tayyorlansa massa ichi kiziydi, sirti tez soviydi, natijada tashki katlamlarida chuzuvchi kuchlanishlar paydo bo‘ladi va beton darz ketadi. Kupga chidamliligi. Giltuproq sementlar asosida ishlangan betonlar, havo va sovuqka ancha chidamli bo‘ladi. 151 Qotayotganda sementtosh nihoyatda yaxshi zichlanishi tufayli giltuproq sementdan ishlangan betonlar sovuqka juda yaxshi chidaydigan bo‘ladi. Giltuproq sement portlandsementga karaganda suvni ancha kup talab etishiga karamasdan, giltuproq sement xam ancha zich bo‘ladi. Giltuproq sement suvda korilganida gidrotatsiya jarayoni jadal davom etishi tufayli suvga juda talabchan bo‘ladi, lekin portlandsementdagidek talay ortiqcha suv erkin xolda kolmaydi, sementtoshda govaklar xosil kilmaydi, gidratatsiyaga sarf bo‘ladi. Natijada sementtosh yanada zichlashadi. Giltuproq sement asosida ishlangan konstruksiyalarni isitish yoki buyumlarni (tezrok qotishi uchun) buglash mumkin emas. Klinker minerallarining digidratatsiyalanishiga sababchi bo‘ladigan yuqori temperaturada giltuproq sement boshqa sementlarga karaganda ancha yaxshi chidaydi. U xatto 1200 – 1400 o va bundan yuqori temperaturalar ta’siriga xam yaxshi karshilik kursata oladi. YUksak temperatura ta’siridan sung namikkani takdirda xam portlandsement singari buzilmaydi. Bundan tashkari, giltuproq sement qizdirganda nisbatan kup chukmaydi va kengaymaydi. Ana shu jixatlari tufayli u issikka nixoyatda chidamli bo‘ladi; unga mayda shamot qoʻshib, 1200 – 1400 o gacha temperaturaga chidaydigan, utga nixoyatda chidamli materiallar (xromit, karund va boshqalar) qoʻshib, 1600 - 1700 o gacha temperaturaga bardosh bera oladigan utga chidamli betonlar ishlanadi. Ishlatilishi. Giltuproq sement temir-beton konstruksiyalar ishlashda kullaniladi. Bunday konstruksiyalar uchun kiska muddatda kotadigan va nixoyatda mustaxkam betonlar kerak. Bundan tashkari sovuqka juda yaxshi chidaydigan konstruksiyalar uchun xam ishlanadi. Oltingugurt gazlar ta’sirida bo‘ladigan konstruksiyalar uchun xam giltuproq sement ishlatish tavsiya qilinadi. Lekin yer usti va ostida, shuningdek suv tagida kuriladigan konstruksiyalarga u yaramaydi, chunki bunday konstruksiyalarda tashki harorat va ajralib chikadigan issiklik ta’siridan beton temperaturasi 25 o dan oshib ketishi mumkin (jumladan, juda 152 kalin yoki katta xajmdagi konstruksiyada). Xatto salgina ishkorlar ta’sirida bo‘ladigan konstruksiyalarda xam giltuproq sement ishlatishga yul kuyilmaydi. Giltuproq angidrid sement gil tuproqli sement bilan bir katorda kotayotganida beton temperaturasi 25 o dan oshib ketishi mumkin bo‘lgan konstruksiyalar uchun xam ishlatiladi. Angidrid qoʻshilgan giltuproqli sementning angidrid qoʻshilmagan giltuproqli sementdan prinsipal fark xam shunda. Toʻldirgichlari bor bo‘lgan giltuproq sement xam bir xil temperatura sharoitlarida (qotish jarayonida 25 o dan oshmasa) giltuproqli sement katori ishlatiladi. Ammo toʻldirgichlari bor bo‘lgan sementning unchalik mustaxkam emasligini hisobga olib, qotish muddatining kiskaligi sababli undan oʻrtacha va past markali bo‘lgan beton va temir-beton konstruksiyalari yasashda foydalaniladi. Giltuproq sementlar juda (yuqori markali portlandsementga karaganda 2 – 3 barobar) kimmat bo‘lgani uchun hozircha yigma beton va temir-beton konstruksiyalarda ishlatilayotgani yuk. Birok yigma temir-beton texnologiyasida giltuproq sement ishlatish juda foydali bo‘ladi, chunki buyumlarni sun’iy kotirishga xojat kolmaydi. Download 4.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling