Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Aktiv mineral qo‘shimcha


Download 4.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/112
Sana31.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1736077
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   112
Bog'liq
boglovchi-moddalar

7.2 Aktiv mineral qo‘shimcha 
Bir qator olimlar va tadqiqotchilar portlandsementlarning ba’zi xossalarini,
agar ularga organiq sirt faol moddalar (SAM) kiritilsa, yaxshilash mumkin ekanligini 
aniqladilar. Bunda sementning uzoq saqlanishda faolligi yo‘qolishini kamaytirish, 
suv talabchanlikni pasaytirish, qorishmalar va beton aralashmalarining plastikligini 


159 
oshirish, suv ajralishini, qatlamlanishini kamaytirish, sementlarning chidamliligini 
yaxshilash mumkin bo‘ladi. 
SAMning barcha turlari ularning sementlarining xususiyatlariga qo‘rsatadigan 
ta’siriga qarab ikkita asosiy guruhga bo‘linadi: plastiklovchi deb ataluvchi hamda 
sement kukunining suv bilan xo‘llanilishini oshiruvchi gidrofil va uni pasaytiruvchi 
gidrofob guruxlar. 
Plastifirlovchi qo‘shimchalarni kiritishni birinchi bo‘lib S.V. Shestoperov taklif 
etgan. Ularni klinkerni gips bilan birgalikda tuyishda ham, qorishmali va beton 
aralashmaga ham kiritish mumkin. Bu qo‘shimchalarning portlandsementlardagi
chegaraviy miqdori bog‘lovchi moddalar massasining 0,3% iga tengdir. Bugunda 
asosan lignosulfonli kislotalarning kalsiyli tuzlaridan tashkil topuvchi SSB, SDB lar 
qo‘llaniladi. SAMning sementga ta’sir qilish mexanizmi shundan iboratki, 
portlandsement zarrachalari suv bilan aralashishda o‘z sirtiga plastifirlovchi 
qo‘shimchalarning 
molekulalarini 
absorbsiyalaydi. 
Bunda 
plastifirlovchi 
qo‘shimchalar gidrofillik hususiyati tufayli sement zarrachalari atrofida uning 
gidrolizlanuvchi qo‘shimchalari birikishiga to‘sqinlik qiluvchi suv qobiqlari yuzaga 
kelishiga sababchi bo‘ladi va bu tufayli sement aralashmasining xamda beton 
qorishmasining siljuvchanligi ortadi. Ammo, bu ayniqsa boshlang‘ich muddatlarda
sementning gidrolizlanish ketish tezligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Plastifirlagan 
sementlardan goh muzlab, goh erib turuvchi yoki goh kengayib, goh qurib turuvchi 
beton hamda temir - beton konstruksiyalar va qurilmalar yasashda foydalanish 
tavsiya etiladi. 
Gidrofoblovchi qo‘shimchalarga quyidagilar kiradi: 
Milonaft — natriy tuzlaridan va suvda erimaydigan organiq kislotalardan tarkib 
topgan yog‘simon modda. 
Asidol — neft kislotalaridan iborat bo‘lgan quyuq suyuqlik. 
Asidol — milonaft - neft kislotalari va natriy tuzlari aralashmasidan tashkil topgan 
yog‘simon modda. 


160 
Gidrofob moddalar qat’iy dozalangan holda sement massasining 0,06- 0,3% 
miqdorida kiritiladi. 
Gidrofob sementlar kukunining maydaligi hamda kapillar suruvchanligi bilan
ajralib turadi va ulardan gidrotexnik, yo‘l, aerodrom inshootlari uchun beton 
tayyorlashda foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling