Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Download 4.47 Mb. Pdf ko'rish
|
boglovchi-moddalar
Oq va rangli sementlar Bu sementlar eng avvalo oqligi yoki boshqa tiniq ranglari bilan farqlanadilar. Ular tarkibiga oshirilgan miqdordagi SiO 2 (23,5-25,5%) Al 2 O 3 (5.5-7%) va oz miqdorda G‘ye 2 O 3 (0,4- 0,5%) qo‘shilgan kam temirli klinkerdan tayyorlanadi. Ularni ishlab chiqarish uchun karbonatli va qum - gilli xom ashyolarning eng soflaridan, xususan kaolin va uning sanoat chiqindilaridan foydalaniladi. Ular 1600-1650 0 S da aylanma pechlarda kuydiriladi. Kuydirish haroratini pasaytirish uchun minerallovchi - uyuvchi (plavikov) shpat yoki xom ashyoviy massaning 1% gacha miqdorda kremney — ftorli natriy qo‘shiladi. Klinkerga oq rang kiritish uchun uni «oqlaydilar», ya’ni G‘ye 2 O 3 ni G‘yeO gacha tiklaydilar. Oqlashning ikki usuli - suvli va gazlisi qo‘llaniladi. Klinkerni suvli usulda 1300 0 S dan 300 0 gacha va gazli 1100 - 1200 0 S dan 200 0 gacha birdan keskin sovutgichda sovutiladi. Faol mineral qo‘shimcha — diatomit gips va kam temirli klinker tuyiladi va oq sement tayyorlanadi. Rangli portlandsement oq yoki rangli 162 klinkerni faol qo‘shimcha - diatomit, pigment va gips bilan birgalikda maydalab tuyib tayyorlanadi. Bunda faol qo‘shimcha 6% dan, gips 3,5% dan oshmasligi lozim. Rangli portlandsementlarda mineral sintetik yoki tabiiy bo‘yovchi pigmentlarning miqdori 15% dan, organiq moddalarning miqdori 0,3%dan ortmasligi lozim. Bo‘yovchi moddalar yoki pigmentlar yuksak bo‘yash hususiyatiga, ishqorlariga (ayniqsa, Sa(ON) 2 ga), quyosh nuriga atmosfera ta’siriga nisbatan yuksak bardoshlikka ega bo‘lishi lozim. Bu talablarni sariq rang beruvchi — oxra, kizil rang — so‘riq, yashil rang beruvchi — xrom oksid zangori rang beruvchi — kobalt oksidi qondiradi. Ularning tutib qolishning boshlanish vaqti 45 min. oldin emas, oxiri esa 10 soatdan kech emas, mustahkamlik bo‘yicha markasi esa — 300,400,500. Oq rang va rangli portlandsementlarning sifati eng avvalo oqligi, yorqinligi va rangining bir tekisligi bilan aniqlanadi. Ok sementlar yorug‘lik darajasiga ko‘ra, uch navga bo‘linadi: oliy, BS-1, BS-2. Yorug‘lik koeffitsiyenti oliy nav uchun: 80 %, BS-1 uchun 76%, BS – 2 uchun 72%. Oq va rangli portlandsementlar qotishda yuqori darajada kichrayishi, yemirilishiga bardoshligi va chidamliligining o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. Kichrayishda yuzaga keluvchi va boshqa deformatsiyalar ularning tarkibida belit, uch kalsiyli alyuminat va turli mineral qo‘shimchalar bilan ortadi. Download 4.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling