Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Polimerlar. Bitumlar va dyogtlar va ularning xossalari


Download 4.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/112
Sana31.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1736077
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   112
Bog'liq
boglovchi-moddalar

 
9.2 Polimerlar. Bitumlar va dyogtlar va ularning xossalari 
Bitumli bog‘lovchilar – uglevodorodlar va ularning nometall xosilalarining 
murakkab aralashmasidir (uglevodorodlarning oltingugurt, kislorod, azot bilan 
birikmalari). UzRSTlabki xom ashyoga qarab ular tabiiy va sun’iy neft bitumlariga 
bo‘linadi. 
Tabiiy bitumlar – qora yoki to‘q-jigar rang qattiq moddalar yoki qovushoq 
suyuqlik bo‘lib, tabiatda sof ko‘rinishda yoki cho‘kindi tog‘ jinslarini (ohaktoshlar, 
qumtoshlar) shimdirgan holatda uchraydi. Bundan ko‘p ming yillar muqaddam neft 
yer qobig‘ining ustki qatlamlariga oqib kirgan tog‘ jinslari unga to‘yingan, so‘ngra 
esa bug‘lanuvchi moddalar asta-sekin uchib ketishi natijasida tabiiy bitumga 
aylangan. Tarkibida 5 dan 20% gacha tabiiy bitumi bo‘lgan tog‘ jinslari asfalt 
bitumlar deb ataladi. Sof bitum olish uchun maydalangan asfalt-tog‘ jinsini qaynoq 
suv yoki organik eritgichlar bilan ishlab olinadi. 
Qizdirganda tabiiy bitum sekin-asta yumshaydi, sovitilganda esa qotadi. Suvda 
erimaydi, lekin uglerod sulfid, benzol, xloroform, skipidar va boshqa organik 
eritgichlarda oson eriydi. 
Mayda kukun ko‘rinishidagi asfalt jinslaridan asfalt mastikasi va asfalt 
betonlarini olish uchun foydalaniladi. 


183 
Neft bitumlari neft va uning smolali qoldiqlarini qayta ishlash mahsuloti 
hisoblanadi. Olinish usullariga qarab bitumlar qoldiq, oksidlangan va kreking neft 
bitumlari turkumiga kiradi. 
Qoldiq bitumlar (gudron) xaydash yo‘li bilan neftdan benzin, kerosin va 
moylarning bir qismini ajratib olish natijasida hosil bo‘ladi. 
Me’yoriy haroratda ular qattiq moddadan iborat. Oksidlangan bitumlar neft 
qoldiqlari orqali puflab o‘tkazib olinadi, ular bunda kislorod ta’siri ostida oksidlanadi 
va zichlanadi. Kreking bitumlar esa neft va neft moylarining yuqori haroratda
parchalanish mahsulotidir. 
Neft bitumlarining rangi qora yoki to‘q-qo‘ng‘ir bo‘ladi. Qovushoqligiga qarab 
ular qattiq, yarim qattiq va suyuq bitumlarga bo‘linadi. Qattiq va yarim qattiq neft 
bitumlari qurilish, tomga yopish va yo‘l bitumlariga bo‘linadi. 
Qattiq va yarim qattiq neft bitumlari yo‘llarga qoplash, o‘ramli namdan 
himoyalash va tom materiallarini bitum mastikalari, laklari va boshqalarni tayyorlash 
uchun ishlatiladi. Qurilishda neft bitumlaridan foydalanilganda bitum markasi hamda 
joyning iqlim sharoitlari va bitumning ishlatilish sohasiga qarab ikki xil bitum 
aralashmasini tanlash zarur. 
Bitumlarning xossalari. Neft bitumlarining sifatini va markalarga bo‘linishini 
aniqlaydigan asosiy xossalari – qovushoqligi, yumshash va chaqnash harorati, 
cho‘ziluvchanligidir. 
Qovushoqligi bitumga kuch ostida ignaning kirish chuqurligi bo‘yicha 
penetrometrda o‘lchanadi. Bitumga ignaning kirish chuqurligi qancha katta bo‘lsa, 
uning qovushoqligi binobarin shunchalik kichik buladi.
Bitumning yumshash harorati «Halqa i shar» asbobida aniqlanadi. Bitumning bu 
xossasi uni turli harorat sharoitlarida foydalanishga yaroqliligini ko‘rsatadi. 
O‘t olish harorati bitum bilan ishlaganda texnologik parametrlarni aniqlash 
uchun ahamiyatga ega bo‘lib, u maxsus asbobda o‘lchanadi. O‘t olish haroratiga 
bitum namunasining bir qismi yoki butun yuzasi ustida birinchi ko‘k alanga paydo 
bo‘lganida termometr ko‘rsatadigan harorat qabul qilinadi. 


184 
Bitumning cho‘ziluvchanligi namunani duktilometrda cho‘zish yo‘li bilan 
topiladi. Cho‘zilgan namunaning uzilish paytidagi uzunligi (sm hisobida) bitum 
cho‘ziluvchanligining ko‘rsatkichi hisoblanadi. 
Ko‘rib o‘tilgan xossalar bir-biriga bog‘liq. Masalan, qattiq bitumlarning 
yumshash harorati yuqori bo‘ladi, lekin cho‘ziluvchanligi kichik, ya’ni nisbatan mo‘rt 
bo‘ladi: aksincha, uncha yuqori bo‘lmagan haroratda yumshaydigan bitumlar juda 
cho‘ziluvchan bo‘lishi mumkin, ya’ni katta plastiklikka ega bo‘ladi. 

Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling