Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Plastmassalarning asosiy xossalari


Download 4.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/112
Sana31.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1736077
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   112
Bog'liq
boglovchi-moddalar

Plastmassalarning asosiy xossalari. Plastmassalar qator fizik-mexanik 
xossalarga ega bo‘lib, ular eng ko‘p tarqalgan qurilish materiallariga nisbatan ancha 
katta afzalliklar beradi. 
Plastmassalarning haqiqiy zichligi ko‘pincha 0,8-1,8 kg/m
3
chegaralarda 
o‘zgaradi, ya’ni ular alyuminiydan 2 marta va po‘latdan esa 5-6 marta yengil. 
Plastmassalarning o‘rtacha zichligi keng chegaralarda o‘zgaradi va g‘ovak 
plastmassalarning zichligi 15-30 va zich plastmassalarniki 1800-2200 kg/m
3
ni 
tashkil qiladi. 
Plastmassalarning mustahkamligi turlicha bo‘ladi. Kukunsimon to‘ldirgichli 
plastmassalarning siqilishdagi mustahkamligi 100-150 MPa ni tashkil qiladi, shisha 
tolali plastmassalarniki esa 400 MPa ga yetadi. Plastmassalarning issiqlik 
o‘tkazuvchanligi ularning g‘ovakliligiga bog‘liq bo‘ladi. Zich plastmassalarning 


189 
issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,2-0,7 Vt/ (m·
0
S)ga, g‘ovaklilarniki, masalan, ko‘pikplast 
va poroplastlarniki 0,03-0,04 Vt/(m·
0
S)ga teng. Plastmassalar suvga, kislotalarga 
tuzlarning eritmalariga, organik eritmalarga (benzin, benzol va boshqalar) nisbatan 
yuqori kimyoviy chidamlilikka ega.
Plastmassalar o‘z massasida istalgan rangga yaxshi bo‘yaladi. Ba’zi 
to‘ldirgichlarsiz tayyorlangan plastmassalar shaffof bo‘ladi va yuqori optik 
xossalarga ega. 
Plastmassalar oson ishlanadi, ya’ni uni oson arralash, randalash va parmalash 
mumkin. Plastmassalarning ijobiy xossalaridan biri ularni texnologik qayta ishlash-
ularni turli-tuman shaklga keltirishning osonligidir. Plastmassalar tayyor buyumlarga 
turli usullarda: bosim ostida quyib (polistirol plitkalar), uzluksiz profillab siqib 
chiqarish-ekstruziyalab (quvurlar va uzunasiga o‘lchanadigan buyumlar, tutqichlar va 
plintuslar), valeslarda, keyinchalik zichlovchi g‘o‘lachalar orasidan o‘tkazib (o‘rama 
materiallar, masalan, linoleum), zichlovchi-qoliplarda bosim ostida qoliplab (eshik 
UzRSTalari va boshqalar), issiqlayin presslab (qog‘oz qatlamli plastiklar) qayta 
ishlanadi.
Lekin afzalliklari bilan bir qatorda plastmassalarga ularning ishlatilish sohasini 
cheklaydigan ba’zi bir kamchiliklar ham xosdir. Ko‘pchilik plastmassalarning asosiy 
kamchiligi issiqqa chidamliligining pastligidir (70-200
0
S). Shisha, karamika va 
metalga nisbatan plastmassalarning sirtiy qattiqligi kichik bo‘ladi. Plastmassalarning 
vaqt o‘tishi bilan plastik deformatsiyasini ortishi ham yuqori bo‘ladi: vaqt o‘tishi 
bilan ularda hatto uncha katta bo‘lmagan yuk ta’sirida ham plastik oquvchanligi 
betonlar va metallarga nisbatan sezilarli darajada rivojlanishi mumkin. Ba’zi 
plastmassalarning muhim kamchiligi erta eskirishi hisoblanadi. Eskirish - buyum 
yuzasining qorayishi va o‘z-o‘zidan yemirilishi bilan ifodalanadi. 


190 

Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling