Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Download 4.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/112
Sana31.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1736077
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   112
Bog'liq
boglovchi-moddalar

CaSO
4
 * 0,5H
2
O + 1,5H
2
O = CaSO
4
 + 2H
2

Natijada hosil bo‘lgan ikki suvli gipsni kristallari o‘zaro bir-biri bilan 
chirmashib ketadi, shuni hisobiga uning zichligi ortib boradi. 
Akademik A.A.Baykovning nazariyasi byicha, gipsning kotishida asosan 
kuyidagi fizik-kimyoviy jarayonlar ruy beradi. Qotish jarayoni uch davrdan iboratdir: 
kalsiy sulfatni erishi, yangi kristallarni hosil bo‘lishi, kristallarni yiriklanishi. Gips 
zarrachalari gel deb ataluvchi yelimsimon holatga aylanadi.
Natijada kolloid xolatdagi juda mayda zarrachalardan tashkil topgan gips xamiri 
hosil bo‘ladi va tez sur’atda kristallana boshlaydi.
Ikki suvli gips zarrachalaridan usayotgan ignasimon kristallar o‘zaro zichlashadi 
va mustaxkam tutashgan kristallga aylanadi. Kolloid eritma hosil bo‘lishi va uning 
kristallanish jarayoni yarim molekula suvli gipsning ikki molekula suvli gipsga to‘la 
aylanishiga qadar davom etadi. 
Gips bog‘lovchi moddani ishlatilishi uni kristallanish tezligiga juda katta 
bog‘liq. Gips bog‘lovchi moddani suv birikishi – bu ekzotermik (issiqlik ajralib 
chqish) jarayondir. 


194 
Gips bog‘lovchi moddani suv bilan aralashtirilganda (gips suvga aralashtirish 
davomida sepiladi) oquvchan suyuq xamir hosil bo‘ladi, u tez quyuqlasha boshlaydi, 
lekin xali plastik xolatda bo‘ladi – bu gipsni quyuqlanishini boshlanganligini 
bildiradi; qotishini boshlanishi – bu gips bilan suvni aralashtirgan vaqtdan boshlab 
Vika asbobining halqa idishiga solingan gips xamiriga botirilgan Vikani ignasi 
ostigacha 1 mm yetmay qolgan vaqtgacha davrdir; kotini tugashi esa Vika asbobining 
ignasi bor –yugi 1 mm botgandagi davrdir. 
Gips bog‘lovchi moddalar parda devorlar, qurilishda juda ko‘p ishlatiladigan 
girs plitalari (gips va yogoch qipig‘idan ishlangan), «quruq suvoq» deb ataladigan 
taxtalar (ikki qog‘oz orasiga qo‘yilgan gips taxta), devorbop bloklar, toqi-ravoq 
buyumlari ishlashda katta ahamiyatga ega. Bundan tashkari gips bog‘lovchi moddalar 
bino devorlarining ichki tomonini suvashda, naqqoshlikda va bezak buyumlar 
tayyorlashda ko‘p ishlatiladi. Gips o‘tga chidamli bo‘lganligi uchun, bundan binoni 
shamollatuvchi qurilmalar, lift kataklari va boshqalar tayyorlanadi. 


195 

Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling