Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Download 4.47 Mb. Pdf ko'rish
|
boglovchi-moddalar
Polimerlar Sun’iy yoki yuqori molekulyar tabiiy birikmalar-polimerlardan plastmassalar tayyorlanadi. U qayta ishlash jarayonida turli shakl oladi va shu shaklini barqaror saqlab qolish xususiyatiga ega. Plastmassalar nisbatan yangi material hisoblanadi, ularning texnologiyasi keng rivojlanmoqda. Hozirgi vaqtda polimer qurilish materiallari va buyumlarning yetarli darajada keng turlari mavjud, ulardan foydalanish qurilish ishlarining industrialligini oshirish, mehnat sarflarini qisqartirish, qurilish narxini kamaytirish, shuningdek, rangli va qora metallar, yog‘och va boshqa tanqis materiallarni ancha tejashga erishish mumkin. Qurilishbop plastmassa materiallar va buyumlar turli usullarda tayyorlanadi, ularni tanlash polimer materialininng tarkibi, xossalariga va buyum turlariga bog‘liq. Plastmassalar tarkibi. Plastmassalarning asosiy qo‘shimchalari bog‘lovchi moddalar – polimer, to‘ldirgichlar, yumshatkichlar, qotirgichlar, bo‘yoqlar va barqarorlashtiruvchilardir. Polimerlar yuqori molekulyar birikmalar (smolalar)dan iborat bo‘lib, molekulalari ko‘p marta takrorlanadigan tuzilishli qismlardan iborat. Kelib chiqishi bo‘yicha polimerlar tabiiy va sun’iy (sintetik) polimerlarga bo‘linadi. Tabiiy polimerlar – oqsillar, nuklein kislotalar, tabiiy kauchuklardan iborat. Qurilish materiallari ishlab chiqarishda ishlatiladigan sun’iy (sintetik) polimerlar xomashyoning har xil turlaridan (toshko‘mir, neft mahsulotlari, tabiiy gaz va boshqalar) ximiya korxonalarida polimerizatsiya (past mlekulali organik birikmalardan yuqori molekulali organik birikmalarni hosil qilish) yoki polikondensatsiya usuli yordamida uni qayta ishlash yo‘li bilan olinadi. 187 Olish usuliga qarab polimerlar to‘rtta sinfga bo‘linadi: A- polimerizatsiyali, B- polikondensatsiyali, V-tabiiy polimerlarni modifi-katsiyalab olingan, G-tabiiy sharoitlarda hosil bo‘lgan va organik moddalarni haydab olinadigan. A va B sinf polimerlari plastmassalar ishlab chiqarishda asosiy polimerlar hisoblanadi. Polimerizatsiya reaksiyasida oddiy birikmalarning (monomerlarning) ko‘p miqdordagi bir xil molekulalari qo‘shimcha mahsulot chiqarmasdan bitta murakkab molekulaga (polimer) birikadi. Polimerizatsiyalab polietilen, polipropilen, poliizobutilen va boshqa sintetik polimerlar olinadi. Polikondensatsiya reaksiyasida bir nechta oddiy birikmalardan tarkibi dastlabki mahsulotlar tarkibidan farqlanadigan polimer hosil bo‘ladi. Polimer hosil bo‘ladigan jarayon qo‘shimcha moddalar (suv, ammiak va boshqalar) chiqishi bilan birga sodir bo‘ladi. Polikondensatsiyalab fenolformaldegid, karbamid, poliamid, poliefir va boshqa sintetik polimerlar olinadi. Qizdirganda va sovitganda polimerlar qanday bo‘lishiga qarab ular termoplastik va termoreaktiv polimerlarga bo‘linadi. Termoplastik polimerlar qizdirganda yumshash va sovitganda qotish hususiyati bilan harakterlanadi. Ularning elektr qarshiligi katta bo‘ladi, suvni kam shimadi va kimyoviy jihatdan yuqori darajada turg‘un bo‘ladi, lekin issiqqa chidamliligi va qattiqligi past bo‘ladi, oson shishadi va organik eritgichlarda eriydi. Bu guruhga polimerizatsion polimerlarning ko‘pchiligi kiradi. Termoreaktiv polimerlar issiqlik va bosim ta’sir qilganda qotadi va qayta qizdirilganda yumshamaydi. Ular termoplastik polimerlardan yuqori mustahkamligi, issiqqa chidamliligi va qattiqligi bilan farqlanadilar. Bu guruhga fenolformaldegid, karbamid, epoksid va ba’zi boshqa polimerlar kiradi. Plastmassalar ishlab chiqarishda kukunsimon (kvars uni, bo‘r, talk, yog‘och uni va boshqalar), tolali (asbest, yog‘och va shisha tolalari) va qatlam-qatlam (qog‘oz, ip- gazlama, shisha mato, yog‘och payraxa va boshqalar) to‘ldirgichlardan foydalaniladi. Ular plastmassalarni yuqori darajada mustahkam, issiqqa va kislotaga chidamli, puxta qiladi, zarbiy qovushoqligini oshiradi va boshqalar. To‘ldirgichlar polimerlarga 188 nisbatan ancha arzon, shu sababli ularni plastmassalar tarkibiga kiritilishi materiallar va buyumlarning narxini ancha arzonlashtiradi. Yumshatuvchilar plastmassalarning qoliplanish xossalarini yaxshilash uchun ishlatiladi. Yumshatuvchilar sifatida dibutilftalat, kamfora, olein kislotasi va boshqalar tavsiya qilinadi. Qotirgichlar plastmassalarning qotish vaqtini qisqartirish va buyumlar ishlab chiqarish texnologik jarayonini tezlashtirish uchun kiritiladi. Bo‘yoqlar plastmassalarga rang berish uchun xizmat qiladi. Nur ta’siriga turg‘un bo‘lgan organik (gigrozin, xrizoin) hamda mineral (oxra, surik, mo‘miyo, umbra va boshqalar) kukunlar bo‘yoq sifatida xizmat qiladi. Stabilizatorlar plastmassa buyumlarning ko‘pga chidamliligini oshiradi. Buyumlarni qoliplash jarayonida ularning qolip devorlariga yopishishini oldini olish uchun plastmassalar tarkibiga kiritiladigan kimyoviy qo‘shimchalar (stearin, olein kislotasi, yog‘ kislotasi tuzlar va boshqalar) moylovchi moddalar hisoblanadi. Plastmassalar tarkibida ularning xossalariga ta’sir qiladigan maxsus qo‘shimchalar bo‘lishi mumkin. Masalan, g‘ovak plastmassalar olish uchun polimerlarga poroforlar-plastmassani ko‘pirtiradigan qattiq, suyuq yoki gazsimon moddalar qo‘shiladi. Download 4.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling