Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Download 4.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/112
Sana31.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1736077
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112
Bog'liq
boglovchi-moddalar

Gilli cherepitsa - loydan qolipga qo‘yilgan, so‘ngra pishirilgan to‘g‘ri 
burchakli plitkalar yoki novlar ko‘rinishidagi qurilish materialidir. 
Gipskarton - pardozbob qoplama material bo‘lib, oson mantaj qilish ishlarida 
qiyinchilik bo‘lmaydi. Binoning faqat ichki joylarda ishlatiladi. Namlik ta’sir 
qilmagan sharoitda ishlatiladi. Gipskarton ikki tomonlama qog‘oz karton orasiga, 
gips bo‘tqasini joylab zichlanadi, keyin quritiladi. 
Donador domna shlaki - metallurgiya sanoatining chiqindisidir. Metall olishda 
domna qozoni sirtiga ko‘tarilgan eritmani tez sur’atda sovutib yirik qum singari 
g‘ovak donalardan tashkil topgan (5-10 mm) shlak olinadi.
Yonilgi shlaki va kuli - toshko‘mir, qo‘ng‘ir ko‘mirni yoqishdan hosil 
bo‘ladigan yengil betonbop g‘ovak to‘ldirgichlardir. Ko‘mir tarkibidagi anorganiq 
qo‘shimchalar (masalan loy) yuqori tempuraturada erib, bo‘lak-bo‘lak g‘ovak 
materialga aylanadi. 
Ishqorli sement - deb alyumosilikat bilan ishqoriy tashkil etuvchilar asosida 
olingan gidravlik bog‘lovchi moddaga aytiladi. 
Quruq qurilish qorishmalari - bu ko‘p komponentlardan tashkil topgan bo‘lib, 
ularning tarkiblarida mineral bog‘lovchi va to‘ldirgichdan tashqari, mineral 
bog‘lovchining qotishi va mustahkamligini boshqarish va qorishma qotgandan 
keyingi zarur fizik-mexaniq xossalarga erishishini ta’minlash maqsadida kimyoviy 
qo‘shimchalar kompleksi mavjuddir. 
Nanomateriallarga - o‘lchamlari 100 nmdan kichik bo‘lgan va ekspluatatsion 
xossalari tuzilish elementlariga bog‘liq bo‘lgan materiallarga aytiladi. 
Plastiklovchi qo‘shimchalar - juda oz miqdorda qo‘shilishiga qaramay 
pastalarning xarakatlanuvchanligi (oquvchanli, yaxshi joylashuvchanligi)ni 
oshiruvchi qo‘shimchalar. 
Polimerlar - yuqori molekular birikmalar (smolalar) dan iborat bo‘lib, 
molekulalari ko‘p karra takrorlanadigan strukturali zvenolardan iborat. Kelib chiqishi 
bo‘yicha polimerlar tabiiy va sun’iy (sintetik) polimerlarga bo‘linadi.


202 

Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling