Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Download 4.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/112
Sana31.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1736077
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   112
Bog'liq
boglovchi-moddalar

 
 Polimerlar 
Sun’iy yoki yuqori molekulyar tabiiy birikmalar-polimerlardan plastmassalar 
tayyorlanadi. U qayta ishlash jarayonida turli shakl oladi va shu shaklini barqaror 
saqlab qolish xususiyatiga ega. 
Plastmassalar nisbatan yangi material hisoblanadi, ularning texnologiyasi keng 
rivojlanmoqda. Hozirgi vaqtda polimer qurilish materiallari va buyumlarning yetarli 
darajada keng turlari mavjud, ulardan foydalanish qurilish ishlarining industrialligini 
oshirish, mehnat sarflarini qisqartirish, qurilish narxini kamaytirish, shuningdek, 
rangli va qora metallar, yog‘och va boshqa tanqis materiallarni ancha tejashga 
erishish mumkin. 
Qurilishbop plastmassa materiallar va buyumlar turli usullarda tayyorlanadi, 
ularni tanlash polimer materialininng tarkibi, xossalariga va buyum turlariga bog‘liq.
Plastmassalar tarkibi. Plastmassalarning asosiy qo‘shimchalari bog‘lovchi 
moddalar – polimer, to‘ldirgichlar, yumshatkichlar, qotirgichlar, bo‘yoqlar va 
barqarorlashtiruvchilardir. 
Polimerlar yuqori molekulyar birikmalar (smolalar)dan iborat bo‘lib, 
molekulalari ko‘p marta takrorlanadigan tuzilishli qismlardan iborat. Kelib chiqishi 
bo‘yicha polimerlar tabiiy va sun’iy (sintetik) polimerlarga bo‘linadi. Tabiiy 
polimerlar – oqsillar, nuklein kislotalar, tabiiy kauchuklardan iborat. Qurilish 
materiallari ishlab chiqarishda ishlatiladigan sun’iy (sintetik) polimerlar 
xomashyoning har xil turlaridan (toshko‘mir, neft mahsulotlari, tabiiy gaz va 
boshqalar) ximiya korxonalarida polimerizatsiya (past mlekulali organik 
birikmalardan yuqori molekulali organik birikmalarni hosil qilish) yoki 
polikondensatsiya usuli yordamida uni qayta ishlash yo‘li bilan olinadi.


187 
Olish usuliga qarab polimerlar to‘rtta sinfga bo‘linadi: A- polimerizatsiyali, B-
polikondensatsiyali, V-tabiiy polimerlarni modifi-katsiyalab olingan, G-tabiiy 
sharoitlarda hosil bo‘lgan va organik moddalarni haydab olinadigan. A va B sinf 
polimerlari plastmassalar ishlab chiqarishda asosiy polimerlar hisoblanadi. 
Polimerizatsiya reaksiyasida oddiy birikmalarning (monomerlarning) ko‘p 
miqdordagi bir xil molekulalari qo‘shimcha mahsulot chiqarmasdan bitta murakkab 
molekulaga (polimer) birikadi. Polimerizatsiyalab polietilen, polipropilen, 
poliizobutilen va boshqa sintetik polimerlar olinadi. 
 
Polikondensatsiya reaksiyasida bir nechta oddiy birikmalardan tarkibi dastlabki 
mahsulotlar tarkibidan farqlanadigan polimer hosil bo‘ladi. Polimer hosil bo‘ladigan 
jarayon qo‘shimcha moddalar (suv, ammiak va boshqalar) chiqishi bilan birga sodir 
bo‘ladi. Polikondensatsiyalab fenolformaldegid, karbamid, poliamid, poliefir va 
boshqa sintetik polimerlar olinadi.
Qizdirganda va sovitganda polimerlar qanday bo‘lishiga qarab ular 
termoplastik va termoreaktiv polimerlarga bo‘linadi. 
Termoplastik polimerlar qizdirganda yumshash va sovitganda qotish hususiyati 
bilan harakterlanadi. Ularning elektr qarshiligi katta bo‘ladi, suvni kam shimadi va 
kimyoviy jihatdan yuqori darajada turg‘un bo‘ladi, lekin issiqqa chidamliligi va 
qattiqligi past bo‘ladi, oson shishadi va organik eritgichlarda eriydi. Bu guruhga 
polimerizatsion polimerlarning ko‘pchiligi kiradi.
 
Termoreaktiv polimerlar issiqlik va bosim ta’sir qilganda qotadi va qayta 
qizdirilganda yumshamaydi. Ular termoplastik polimerlardan yuqori mustahkamligi, 
issiqqa chidamliligi va qattiqligi bilan farqlanadilar. Bu guruhga fenolformaldegid, 
karbamid, epoksid va ba’zi boshqa polimerlar kiradi. 
Plastmassalar ishlab chiqarishda kukunsimon (kvars uni, bo‘r, talk, yog‘och uni 
va boshqalar), tolali (asbest, yog‘och va shisha tolalari) va qatlam-qatlam (qog‘oz, ip-
gazlama, shisha mato, yog‘och payraxa va boshqalar) to‘ldirgichlardan foydalaniladi. 
Ular plastmassalarni yuqori darajada mustahkam, issiqqa va kislotaga chidamli, puxta 
qiladi, zarbiy qovushoqligini oshiradi va boshqalar. To‘ldirgichlar polimerlarga 


188 
nisbatan ancha arzon, shu sababli ularni plastmassalar tarkibiga kiritilishi materiallar 
va buyumlarning narxini ancha arzonlashtiradi.
Yumshatuvchilar plastmassalarning qoliplanish xossalarini yaxshilash uchun 
ishlatiladi. Yumshatuvchilar sifatida dibutilftalat, kamfora, olein kislotasi va 
boshqalar tavsiya qilinadi. Qotirgichlar plastmassalarning qotish vaqtini qisqartirish 
va buyumlar ishlab chiqarish texnologik jarayonini tezlashtirish uchun kiritiladi. 
Bo‘yoqlar plastmassalarga rang berish uchun xizmat qiladi. Nur ta’siriga 
turg‘un bo‘lgan organik (gigrozin, xrizoin) hamda mineral (oxra, surik, mo‘miyo, 
umbra va boshqalar) kukunlar bo‘yoq sifatida xizmat qiladi.
Stabilizatorlar plastmassa buyumlarning ko‘pga chidamliligini oshiradi. 
Buyumlarni qoliplash jarayonida ularning qolip devorlariga yopishishini oldini olish 
uchun plastmassalar tarkibiga kiritiladigan kimyoviy qo‘shimchalar (stearin, olein 
kislotasi, yog‘ kislotasi tuzlar va boshqalar) moylovchi moddalar hisoblanadi. 
Plastmassalar tarkibida ularning xossalariga ta’sir qiladigan maxsus 
qo‘shimchalar bo‘lishi mumkin. Masalan, g‘ovak plastmassalar olish uchun 
polimerlarga poroforlar-plastmassani ko‘pirtiradigan qattiq, suyuq yoki gazsimon 
moddalar qo‘shiladi. 

Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling