Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Shlak ishqorli bog‘lovchi moddalar


Download 4.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/112
Sana31.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1736077
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   112
Bog'liq
boglovchi-moddalar

Shlak ishqorli bog‘lovchi moddalar 
Granullangan domna shlaklarni ishqorlar, masalan NaOH, KOH shuningdek
kuchsiz kislotalarning ishqorli tuzlari (ishqor, soda, suyuq shisha) kiritish bilan ham 
faollashtirish mumkin. V.D.Gluxovskiy va boshqalarning tadqiqotlari asosiy va 
kislotali domna shlaklari asosida yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan shlak ishqorli 
betonlar olish mumkinligini ko‘rsatadi. Bu bog‘lovchi moddalarning asosiy 
komponentlari ishqorlarning suvli eritmasi bilan birgalikda maydalab tuyilgan 
granullangan domna shlakidir. Nordon shlaklarda suvda eruvchan kam moduli shisha 
1,2 – 1,25 ishlatishi tavsiya etiladi. Soda va soda – ishqorli moddalar zichligi 1,14 – 
1,16 kg/l bo‘lgan 15% suvli eritmalar ko‘rinishida qo‘shiladi. 
Bu bog‘lovchini qotishi shlakli shishani gidroksil ionlarni ta’sirida past asosli 
gidrosilikatlar (SSN(V) hosil qilishiga asoslangan. Normal sharoitda qotishida uning 
mustahkamligi 20 – 25 MPa teng. Bug‘latilishda 8 – 12s davomida 90 – 95
0

haroratda mustahkamligi 35 – 60MPa ni tashkil etadi. Bog‘lovchini mustahkamligi 
shlak, ishqorli komponent sarfi va xossasiga bog‘liq bo‘lib oshishi mumkin. Bu 
bog‘lovchi modda qurilishni har xil sohasida qo‘llanishi mumkin. 
 
Sulfat shlakli sement 
Bu gidravlik bog‘lovchi moda, uning tarkibi 80-85% shlakdan, 10-15% 
angidriddan yoki gips toshidan portlandsement klinkeri 5%gacha yoki 2%gacha 
ohakdan iborat. Uning ishlab chiqarish uchun tarkibidan 10-20%gacha Al
2
O
3
, MnO 
3% dan ko‘p bo‘lmagan asosiy shlaklar qo‘llaniladi. Shlaklarni faol sulfat 
qo‘zg‘atgichi bu – angidriddir. Ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagilardan iborat: 
-xom-ashyoviy moddalarni omborlarga joylashtirish
-shlakni maydalash, quritish, klinker yoki ohakni, angidritni maydalash; 
-tayyor komponentlarni o‘lchash; 


178 
-barcha komponentlarni tegirmonda tuyish; 
-tayyor mahsulotni omborga jo‘natish; 
Sementni №008 elakda qoldig‘i 1-3% qolguncha maydalanadi. Qotishida 
birinchi navbatda SaSO
4
bilane ta’sirlashadi va SaO konsentratsiyasi ortiq miqdorda 
bo‘lganda ettringit tuzi yuzaga keladi. Keyingi muddatlarda kalsiy 
gidrosulfoalyuminatni past sulfatli ko‘rinishi yuzaga keladi va mustahkamligini 
o‘sishi gidrosilikatlar, gidroalyuminosilikatlar hisobiga ortadi. 
Xossalari:
Zichligi 2,9-3,1 g/sm
3
;
Hajmiy og‘irligi: sochiluvchan holatda 900-1000 kg/m
3
, zichlantirganda 1500-
1650 kg/m
3
; suvga talabchanligi 50-65%; tutib qolish muddatlari: boshlanishi 30 
minutdan oldin emas, oxiri 12 soatdan kech emas; siqilishga bo‘lgan mustahkamligi 
300-400 kgs/sm
2

Bu sement yumshoq sulfat suvlari ta’siriga chidamli. 
Qo‘llanilishi: ulkan beton va yig‘ma temir beton konstruksiyalar, yer osti, suv osti, 
inshootlar.

Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling