Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Shlakoportlandsement tarkibi, islab chiqarish va qo‘llash sohalari
Download 4.47 Mb. Pdf ko'rish
|
boglovchi-moddalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.1-rasm. Gil komponenti o‘rniga granullangan shlakni ishlatib shlakoportlandsement ishlab chiqarish chizmasi
8.2. Shlakoportlandsement tarkibi, islab chiqarish va qo‘llash sohalari Bu portlandsement klinkerni domna yoki elektrotermofosforli shlak va ikki suvli gips bilan birgalikda tuyib olinadigan gidravlik bog‘lovchi moddadir. Shlakoportlandsementga shlak massa bo‘yicha 21% dan kam va 60% dan ortiq bo‘lmagan miqdorda qo‘shiladi. 300 markali shlakoportlandsementga shlak massa bo‘yicha 60% dan ortiq, ammo 80% dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qo‘shiladi. Gipsni bog‘lovchi moddalarning tutib qolishini tezlashtirish uchun kiritiladi. Uning narxi portlandsement narxidan 15 – 20% arzon bo‘ladi. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan sementning 25% ini shlakoportlandsement tashkil qiladi. Klinker olishda shlakldan gilli komponent sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunday klinker tayyorlashda shlak avval 600 – 700 0 S dan ortiq bo‘lmagan haroratda 173 quritiladi, 1 – 2% namlik qolguncha, qolgan ishlab chiqarish jarayonlari esa portlandsement zavodlarida qo‘llaniladigan jarayonlar kabi kechadi. Quritilgan shlak, portlandsement klinkeri va gips o‘lchab sharli tegirmonda tuyiladi. 9.1-rasm. Gil komponenti o‘rniga granullangan shlakni ishlatib shlakoportlandsement ishlab chiqarish chizmasi: 1-maydalanish; 2,12-quritish barabani; 3-tegirmon; 4-aralashtirish silosi; 5-vintli oziqlantiruvchi; 6-aylanma pech; 7-siklon; 8-separator; 9-ko‘mir maydalash uchun tegirmon; 10-ventilator; 11- maydalagich; 13-klinker ombori; 14-trubali tegirmon; 15-sement siloslari; 16-qadoqlash mashinasi. Tuyshni yengillashtirish uchun 1% gacha sifatiga ta’sir etmaydigan maxsus qo‘shimchalar qo‘shish tavsiya etiladi. Tez qotuvchi shlakoportlandsementni satxi yuzasi 4000 – 5000sm 3 /g bo‘lganga tuyuladi. Shlakoportlandsementni faolligini oshirish uchun sementda shlakni ulushini kamaytirish va maydalik darajasini oshirish kerak. Oddiy shlakoportlandsementda asosiy granullangan shlaklar miqdori 50 – 60% nordon qo‘shimchalar 30 – 40% bo‘lishi kerak. Ayni vaqtlarda shlakni 8 – 10% miqdorini nordon kremniyni qo‘shish bilan (trepel, opoka va h.k.) almashtirish mumkin. Shlakoportlandsementni qotish jarayonida ikkita komponent ishtirok etadi – klinker va granullangan domna yoki elektrotermofosfor shlaki. Suv bilan ta’sirlashuvida birinchi navbatda klinker zarrachalari reaksiyaga kirishadi. Natijada 174 Sa(ON) 2 ajralib chiqadi va kalsiy gidrosilikatlar, keyinchalik shlak Sa(ON) 2 ni yutganda, uning suyuq muhitda konsentratsiyasi kamayadi. Bir vaqtda gips alyuminat kalsiy bilan reaksiyaga kirishadi va 3SaO Al 2 O 3 3SaSO 4 (30 – 32) N 2 O hosil qiladi reaksiya davom etganda SSN (II) S 2 AN 8 larni hosil bo‘lishi kuzatiladi. Shlakoportlandsementni (80–100 0 S) qotishida yangi hosil bo‘lgan mahsulotlarni tarkibi oddiy haroratda hosil bo‘lgan mahsulotlardan farqi yo‘q. Faqat avtoklavlarda (174,5 – 200 0 S), to‘yingan bug‘ bosimi ostida (0,8 – 1,5MPa) gidrosilikat, gidrogranatlar hosil bo‘ladi. Zichligi 2,8 – 3g/sm 3 oraliqda tebranadi. Sochiluvchan (kukun) ko‘rinishidagi hajmiy massasi: 900 – 1200 kg/m 3 , zichlashganda esa 1400 – 1700 kg/m 3 mustahxamligi bo‘yicha 300, 400, 500 markalari mavjud. Suvga talabchanligi 27 – 30% teng, tutib qolishi muddatlari 45 min oldin emas, oxiri – 10 soatdan kech emas. Shlakoportlandsementning faolligi shlakni kimyoviy mineralogik tarkibi, shlak va klinkerni nisbati bilan belgilanadi. Olovga mustahkamlikni pasaytirimagan holda yuqori harorat (600 – 800 0 S) uzok vaqt ta’siriga bardosh beradi. Yumshoq, sulfat suvlar ta’siriga chidamli sovuqka chidamligi bo‘yicha mustahkamligi 50 – 100 siklarga teng. Qo‘llanishi: asosan ulkan inshootlar uchun, shuningdek issiq sexlar, gidrotexnik qurilishlar uchun beton tayyorlashda qo‘llaniladi. Sulfat – shlakli sement – gidravlik bog‘lovchi modda va uni granullangan domna shlakini, gips yoki ishqoriy qo‘zg‘atuvchili angidrid bilan birgalikda to‘yish yo‘li bilan tayyorlanadi. Tarkibida 80 – 85% shlak, 10 – 15% angidrid yoki ikki suvli gips, 5% cha portlandsement klinker va 2% gacha ohak bo‘ladi. Bunday sementni tayyorlashda tarkibida oshirilgan miqdorda 10 – 20% atrofida giltuproq va pasaytirilgan miqdorda 3% gacha marganes oksidi bo‘lgan asosiy domna shlaklaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Sulfatli – shlakli sement olish texnologiyasi quyidagicha: xom – ashyoviy moddalarni omborlarga joylash, tayyorlash, tozalash va barcha komponentlarni birgalikda tuyish tayyor sementni omborga joylash. Qotishda giltuproq va kalsiy 175 sulfati o‘zaro ta’sirlashib, kalsiy gidrosulfoalyuminat, past kalsiy gidrosilikatlar yuzaga keladi. Suv sement nisbati 0,5 – 0,6ga barobar, chunki gidratatsiya vaqtida sement suvni miqdorini bog‘lash hususiyatiga ega. Boshlang‘ich davrdarda hosil bo‘lgan ettringit tuzi keyingi muddatlarda qisman bo‘linadi va sulfat shlakli sementni mustahkamligini o‘sishi kalsiy gidrosilikatlarga va gidroalyuminosilikatlar hosil bo‘lishi hisobiga o‘sadi. Xossalari: bog‘lovchini zichligi 2,9 – 3,1g/sm 2 cha tebranadi. Hajmiy massasi sochiluvchan holatda 200 – 1000, zichlantirganda 1500 – 1650k/m 3 cha. Suvga talabchanligi 50 – 60% teng. Tutib qolish muddatlari boshlanishi 30min oldin emas, oxiri 10soatdan kech emas. Mustahkamligi 28 sut. so‘ng 30 – 40 MPa ni tashkil etadi. Agressiv muhitlarga (yumshoq sulfat suvlar) bardoshligi baland. Qo‘llanishi: yer, suvosti inshootlar tayyorlashda foydalaniladi. Download 4.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling