Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Sun’iy kislotali faol mineral qo‘shimchalar, putssolon sementlar


Download 4.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/112
Sana31.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1736077
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   112
Bog'liq
boglovchi-moddalar

Sun’iy kislotali faol mineral qo‘shimchalar, putssolon sementlar 
Sun’iy nordon faol mineral qo‘shimchalarga quyidagilar kiradi:
1. 
Faol kremnozem chiqindilari: 
2. 
Kuydirilgan gillar: 
3. 
Yoqilg‘i kullar va shlaklari: 
Birinchi guruhdagi moddalar kimyoviy tarkibi bo‘yicha sezarli tebranadi. 
Kuydirilgan gillar – kulsimon moddalar tarkibida kaolinit miqdori (Al
2
O
3
; 2SiO
2

2H
2
O) bo‘lgan gillarni 600 – 800
0
S haroratda kuydirib olinadi. 
Yoqilg‘i gillari va shlaklari – bu toshko‘mir, quruq balchiqlarni har xillarini 
kuydirganda hosil bo‘luvchi chiqindilardir. Shlaklar zarrachalar 0,3 – 0,5 mkm 
bo‘lgan chiqindilardir. Ularning kimyoviy va mineralogik tarkibi yoqilgan jinslarning 
turiga bog‘liq G.N. Siversev shlak va kullarni tarkibiga ko‘ra ularni to‘rtta guruhga 
bo‘lgan 1 – Toshko‘mir va antratsit kuydirilganda hosil bo‘luvchi kullar va shlaklar. 


166 
2 – gilli shlaklar va kullar – tarkibida kam miqdorda Fe
2
O
3
, kaolinit minerallari. 3 – 
karbonatli shlaklar va kullar 4 – sulfatli quruq balchiqlar kuydirilishida hosil 
bo‘luvchi kullar.
Faol nordon minerallar qo‘shimchalarga birinchi ikki guruhga shlak va kullar 
kiradi. Bo‘larda kremnozyom SiO
2
, giltuproq Al
2
O
3
, temir oksidi Fe
2
O
3
miqdori 60 – 
90% tashkil qiladi. Mineral bog‘lovchi qo‘shimchalarni faolligi, ya’ni oddiy 
haroratda suv ta’sirida Ca(OH)
2
ning bog‘lash qiymatiga ega bo‘lishi ularning 
tarkibida kimyoviy faol holatda bo‘lgan moddalar bilan tushintiriladi va qancha 
mayda bo‘lsa, shuncha faolligi ortadi. Ko‘p tadqiqotchilar fikricha Si – OH Ca(OH)
2
ta’sirlashadi va CSH (B) hosil qiladi va yangi guruxlar hosil qilishadi. Si – O – H, 
gidrolizi Ca(OH)
2
ni suvda erib konsentratsiya ko‘payishi hisobiga tez o‘tib boradi, 
shuncha qo‘shimchani faolligi oshadi. Kullarni fazoviy tarkibi yonilg‘ilarni 
noorganiq qismini kimyoviy va mineralogik tarkibiga kuydirish haroratiga va 
sovutish shartlariga bog‘liq. Odatda ko‘llarda 60 – 80% gan kremnezem – 
alyuminatli shisha dumaloq zarrachalaridan, gil moddadan, beta kvarsdan, mullitdan, 
kuymagan yonilg‘idan iborat.
Nordon ko‘llar past gidravlik faolliga egadir, faqat avtoklav ishlovida faoligi 
oshadi va gidrogranatlar xar xil tarkibli kalsiy gidrosilikatlar hosil qiladi kullarni 
shlaklarni kuygan jinslarni agar tarkibida SO
3
< 2% kuymagan ko‘mirlarni 
zarrachalari >5% mavjud boʻlsa gidravlik faolligi kamayadi. 
Vulkon jinslardagi faol glinozem Ca(OH)
2
bilan reaksiya kirishib kalsiy 
gidroalyuminat, gelenit hosil qiladi. 300 – 400
0
S gan qizdirilganda ularni gidravlik 
faolligi oshadi. Sa(ON)
2
ning konsentratsiyasi suyuq fazada qancha past bo‘lsa 
shuncha qo‘shimcha faol bo‘ladi.
Putssolon portlandsementlar normalangan tarkibli klinkerni nordon faol mineral 
qo‘shimcha va gips bilan birgalikda maydalab tuyish yo‘li bilan olinadi. Ulardagi 
C
3
A miqdori 8% dan ortmasligi lozim. Cho‘kindi jinslardan olingan faol mineral 
qo‘shimchalar miqdori 20% dan kam vulqon jinslaridan olinganlari esa 30% dan ortiq 
bo‘lmasligi lozim. Kuydirilgan gil, yoki yoqilg‘i kuli 25% dan kam va 40% dan ortiq 


167 
tutib qolish vaqtini sozlash uchun qo‘shiladigan gips miqdori 3,5% dan ortiq 
bo‘lmasligi lozim. Qo‘shiladigan moddalar miqdori portlandsementning kimyoviy 
mineralogik tarkibiga va sovutilish sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi.
Ularda S
2
S C
2
AS lar asosiy birikmalarining miqdori boshqa moddalarnikidan 
ko‘proq bo‘ladi.
Putssolon sementning ishlab chiqariladigan sexda alohida qo‘shimchalarni 
maydalab va quritish uchun bo‘lim ajratiladi. Maydalangan va quritilgan 
qo‘shimchalar tegirmon oldidagi o‘lchami bunkerga kelib tushadi klinker va gips 
bilan birgalikda maydalanadi. Qo‘shimchalarni maydalash uchun bolg‘ali o‘zini – 
o‘zi tozalaydigan va bir vaqtda quritadigan va maydalaydigan qurilmalardan 
foydalanadilar. Putssolon sementni N008 elakdan 85% dan kam bo‘lmagan miqdori 
o‘tguncha maydalanadi. 
Putssolon sementni tutib qolish va qotishda klinkerni gidratlanish va hosil 
bo‘lgan gidro – mahsulotlarni faol mineral qo‘shimcha bilan reaksiyaga kirishish 
jarayonlari o‘tadi. Boshlang‘ich davrda klinker zarrachalarini gidrolizi va 
gidratlanishi o‘tadi. Natijada kalsiy gidrosilikatlari, gidroalyuminatlari, gidroferitlari 
hosil bo‘ladi. Alit va belitlarni gidrolizlari natijasida Sa(ON)
2
ajraladi. Faol putssolon 
qo‘shimcha gidroliz va gidratlanish tezligini oshiradi va undan tashqari Sa(ON)
2
ni 
erimaydigan birikmaga bog‘laydi, qotayotgan sementdagi suvli eritmada uning 
konsentratsiyasini kamaytiradi va klinkerdagi kalsiy silikatlarni gidrolizini 
tezlashtiradi. Klinkerning gidratlanish mahsulotlari va gidravlik qo‘shimchaning faol 
komponentlari orasidagi reaksiya – ikkilamchi jarayondir. Bunda Sa(ON)
2
qo‘shimchaning faol SiO
2
bilan ta’sirlashadi va CSH(B) turdagi gidrosilikatlar hosil 
qiladi. Putssolon portlandsementning qotishidagi mahsulotlarini yakuniy tarkibi 
gidravlik qo‘shimchaning turiga tarkibiga putssolon portlandsement miqdoriga va 
qotish sharoitiga bog‘liq. 

Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling