Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


  Xossalari va hususiyatlari


Download 4.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/112
Sana31.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1736077
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   112
Bog'liq
boglovchi-moddalar

 


168 
Xossalari va hususiyatlari 
Odatda zichligi 2,7 – 2,9 g/sm
3
oralig‘ida tebranib turadi va gidravlik qo‘shimcha 
miqdori ko‘paygan sari, u kamayadi. Hajmiy og‘irligi sochiluvchan holatda 800 – 
1000, kg/m
3
zichlangan holatda 1200 – 1500 kg/m
3
va qo‘shimchalar turiga bog‘liq, 
masalan, diatomit, trepelli sement kam hajmiy og‘irlikka egadir.
Suvga talabchanligi portlandsementga nisbatan baland ayniqsa cho‘kindi 
ko‘rinishidagi qo‘shimchalarga ega bo‘lsa.
Tishlab qolish muddati. Tishlashish boshlanishi 45 minut oldin emas, oxiri esa 10 
soatdan kam emas. Hajmiy o‘zgarishlarga kam uchraydi, chunki faol qo‘shimchalar 
erkin harakatdagi SaO larni gidrosilikatlarga bog‘laydi. Mustahkamligi bo‘yicha 300 
va 400 markalarga bo‘linadi. Faolligi uzoq vaqt davomida saqlanganda pasayadi
chunki klinker zarrachalari namlik ta’sirida suv bilan birikadi.
Putssolon bog‘lovchilarda tayyorlangan betonlar cho‘kish va shishish 
deformatsiyasiga moyil. Putssolon sementlar 10 – 12
0
S atrofida tutib qolish va 
qaytish jarayonlari sekinlashadi, -5
0
S da esa umuman to‘xtaydi. Yuqori haroratda ular 
tez tutib qoladi va qotadi, shuning uchun ularni 85 - 95
0
S da bug‘ ostida issiqlik 
ishlovi berish maqsadga muvofiqdir .
Bu sementlarni suvga chidamligi ko‘rsatkichi portlandsementga nisbatan baland, 
chunki sement toshidagi gel holatdagi mahsulotlar va gidravlik qo‘shimcha Sa(ON)
2
ning suvli eritmasida shishadi. Putssolon portlandsement yumshoq sulfat suvlar 
tasiriga barqaror, nordon, uglekislotali suvlarda esa chidamsiz chunki erkin organiq 
va mineral kislotalar nafaqat Sa(ON)

bilan ta’sirlashadi balki kalsiy gidrosilikat
gidroalyuminatlar bilan kam reaksiyaga kirishib, sementtoshini tuzilishini buzadi. 
Sovuqqa chidamliligi bo‘yicha markasi 25 – 50 siklga teng. 
Putssolon portlandsement past nomli quruq iqlimda, navbatma-navbat namlanish 
va qurish, erish va muzlash sharoitlarda va muhitlarda ishlatilish man etiladi. 

Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling