Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Download 4.47 Mb. Pdf ko'rish
|
boglovchi-moddalar
Nazorat uchun savollar 1. Qanday tez qotuvchi portlandsement turlari bor? 2. Rangli portlandsementlar qaysilar? 169 3. Portlandsementga qanday aktiv mineral qo‘shimcha qo‘shiladi? 4. Putssolanportlandsementning xossalarini tushuntiring. 5. Putssolanportlandsementning qo‘llanilishi haqida gapirib bering. VIII BOB. SHLAK VA SHLAKLI SEMENTLAR 8.1 Domna shlaki va uning tarkibi, xossalari va qo‘llanilishi Shlaklar bu ikkilamchi mahsulotlar va ular qora rangli metallarni yoki qattiq yoqilg‘i quritilganda hosil bo‘ladi. Kimyoviy, mineralogik tarkibi katta chegarada o‘zgaradi va jinslar tarkibiga, yoqilg‘i, metall turiga bog‘liq. Ko‘p metallurgiya shlaki kimyoviy tarkibi bo‘yicha portlandsement va giltuproq tarkibiga yaqinlashadi. Oxirgi vaqtgacha bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarish uchun faqat dumaloq shakldagi domna shlaklari ishlatilgan. Hozirgi davrda olimlar tomonidan elektrotermofosfor shlaklar va h.k. ishlatilishi mumkinligi isbot qilingan. Temir xom ashyo kuydiryotgan vaqtida karbonatlar yoqilg‘ini mineral qismi va komponentlari bilan reaksiya kirishadi va oson eriydigan kalsiy Mg silikatlari va alyumosilikatlarini hosil qiladi. Bu birikmalar 1400 0 – 1500 0 S eriydilar va shlakli eritma holida pechdan chiqadilar. 1tonna cho‘yandan o‘rtacha hisobda 0,5 – 07 shlak hosil bo‘ladi. Kimyoviy tarkibi: domna shlaklarni kimyoviy tarkibi jinslarni tarkibiga bog‘liq va odatda: CaO, SiO 2 , Al 2 O 3 , MgO, FeO oltingugurt birikmalar CaS, MnS tashkil etadi CaO, SiO 2 , Al 2 O 3 , MgO miqdori 90 – 95% tashkil etadi. Kimyoviy tarkibi bo‘yicha domna shlaklari portlandsement klinkeridan faqat bir xil komponentlarni nisbatani bilan ajralib turadi. Shlaklarni gidravlik faollik darajasi ikkita modul bilan ifodalanadi: asosli modul – asosiy oksidlarni nordon oksidlarga foiz hisobidagi nisbat: SaO+MgO As = --------------------- SiO 2 + Al 2 O 3 Bu modulni sonli qiymati bo‘yicha shlaklar quyidagilarga farq qiladilar; asosli uning moduli ≥ 1 dan ko‘p yoki teng, nordon AS < 1 birdan kam. 170 Faollik moduli va shlakdagi giltuproqni kremnezemga foiz hisobidagi nisbati quyidagi formula orqali aniqlanadi: Al 2 O 3 Akmq ------------------- SiO 3 Domna shlaklarni gidravlik faolligi asosiy va ayniqsa faollik moduli oshgan sari oshadi. Granullargan shlaklarni gidravlik faollik sifat koeffitsiyenti bilan baholanishi kerak va u shlakdagi CaO, Al 2 O 3 , MgO, SiO 2 , TiO 2 , foiz miqdoriga bog‘liq va quyidagi formula aniqlanadi: CaOQAl 2 O 3 +MgO S.K = ---------------------------- SiO 2 +TiO 2 Bu formulaga, agar MgO miqdori shlakda 10% gacha bo‘lsa ishlatiladi. Ko‘p bo‘lgan holda quyidagi formuladan foydalanadi: CaOQAl 2 O 3 + 10 S.K = ---------------------------------- SiO 2 QTiO 2 + (Mg O -10) Sifat koeffitsiyenti qancha baland bo‘lsa, domna shlakini gidravlik faolligi shuncha baland bo‘ladi. Sekin sovutilgan shlaklarda CaO, SiO 2 , Al 2 O 3 bilan to‘liq bog‘langan bo‘lib - 2CaO, SiO 2 , rankinit 3CaO, 2SiO 2 , melilit – 2CaO, Al 2 O 3 , SiO 2 , okermanit 2CaO, MgO 2 , SiO 2 kabi birikmalar hosil qiladi. Agar CaO > 44 – 46% oshsa unda shlaklarni zarrachalari o‘z–o‘zidan kukun holatga o‘tadi. Shlakdagi MgO uning gidravlik faolligi yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, ammo miqdori – 15 – 20% dan oshmasligi kerak. Shlakdagi Al 2 O 3 faolligini oshiradigan birikmalar hosil qiladilar. Kremniy oksidi SiO 2 shlakdagi miqdori portlandsementga nisbatan ko‘proq, ular sovutilganda kristallanmaydi va shisha ko‘rinishida qotib qoladi. Fe 2 O 3 – shlakda kam bo‘ladi va gidravlik xossasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. MnO ning miqdori 2 – 4% dan oshishi mumkin emas, chunki u shlakni (faolligini) pasaytiradi. 171 Oddiy sharoitlarda suv bilan birikishida deyarli domna shlaklari faolligini ko‘rsatmaydilar va qotmaydilar. Ammo tadqiqotlar shuni qo‘rsatdki shlaklardagi kristal yoki shishasimon fazalaridagi moddalarga mexaniq, kimyoviy va issiqlik omillar ta’sir ettirsa ular suv bilan ta’sirlashadi va gidravlik qotishga qobiliyati oshadi. Natijada yangi, suvda eriymadigan moddalar hosil qilinadi. Xususan, gelenit - 2aO, Al 2 O 3 , SiO 2 – oddiiy haroratda inert bo‘lib Sa(ON) ta’sirida suv bilan oddiy sharoitlarda qotuvchi mahsulotlar hosil qiladi. Okermanit - 2CaO, MgO, 2SiO 2 oddiy sharoitda va neytral muhitda gidratatsiyaga qodir emas, ammo Sa(ON) 2 ta’sirida u S–S–N(II) hosil qilib gidratlanadi. Odatda, ishqoriy faollashtiruvchilar sifatida ohak va portlandsement qo‘llashadi, ular suv bilan ta’sirlashuvida Sa(ON) 2 ni ajratadi. Sulfat faollashtiruvchilar sifatida – gips yoki angidrid qo‘llanadi. Asosiy domna shlaklari 44 – 48% SaO, 35 – 38% SiO 2 5 – 10% Al 2 O 3 lardan iborat. Bo‘lar 5 – 10% ohak yoki portlandsement ta’sirida ishqorli faollashishga duch keladilar va past asosli gidrosilikatlar hosil qilishga olib keladi. Har xil tarkibli shlakli shishalarni gidravlik faolligi issiqlik ishlovida keskin oshadi. Granullangan elektrotermofosfor shlaklari fosfatli mineral xom ashyolar – fosforitlar va apatitlarni – oddiy fosfor ajratib olish uchun ularga elektrotermik ishlov berishda hosil bo‘ladigan qo‘shimcha mahsulotlardir. 1t fosfordan – 10 – 12t shlaklar hosil bo‘ladi va ular quyidagilardan iborat SaO – MgO yig‘indisi 80 – 85%. Elektrotermofosfor shlaklar shlakoportlandsement ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bu shlaklarda quyidagilar bo‘lishi kerak: SiO 2 – 38% dan kam emas SaO Q MgO – 43% dan kam emas R 2 05 – 2,5% dan ko‘i emas Ular kukunsimon toshko‘mirni 1500 – 1700 0 S da yoqishda hosil bo‘ladi. Ularning mineralli qismini o‘txonadan erigan shlak ko‘rinishida chiqarib olinadi va suvda granullanadi. Ular asosan shaffof kislotali ferroalyuminosilikat shishadan 172 iborat bo‘ladi. Tarkibida 85 – 92% gacha SiO 2 , Al 2 O 3 , F 2 O mavjud. Bo‘lar bir xil kimyoviy va fazoviy tarkibga egadir. Yonilg‘i granullargan shlaklardan tayyorlangan bog‘lovchilar avtoklavdi qotishda gidrogranat, murakkab tarkibli birikmalar hosil qilib qotadi. Bog‘lovchi moddalar uchun mo‘ljalangan shlaklar keskin suv; bug‘, havo bilan sovutilsa ularni faolligi oshadi. Zamonaviy metallurgiya zavodlarida granullashni ikkita usulini qo‘llashadi – xo‘l va quruq. Xo‘l usulda qaynoq suyuq shlaklar suvli basseynga quyiladi. Basseynlar domna pechlarning yonida joylashgan bo‘lib, ularning sig‘imi 450 – 800m 3 va to‘rt burchakli beton rezervuar ko‘rinishda bo‘ladi va xo‘l granullashda 1t shlakni sovutishga 2 – 2,5m 3 suv sarflanadi. Ammo bu usulni kamchiliklari bor: olingan shlaklar yuqori namlikka 20 – 30% ega bo‘ladilar, quruq usulda granullash barabanli, eng ko‘p qo‘llaniladigan suv bilan zarb beruvchi asboblarda o‘tqaziladi. Bu holda suv sarfi 1 tonna shlaka 2-2,5 m 3 sarflanadi, granullangan shlakning namligi 4-7% tashkil qiladi. Granullargan shlaklar bilan aralashtirilgan shlakli bog‘lovchi moddalar shlakoportlandsement ishlab chiqarishda ko‘llanadi. Download 4.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling