Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Yo‘l va aerodrom beton qoplamlari uchun portlandsement
Download 4.47 Mb. Pdf ko'rish
|
boglovchi-moddalar
Yo‘l va aerodrom beton qoplamlari uchun portlandsement Yo‘l qoplamlari uchun foydalaniladigan beton doimiy ravishda fizik, mexaniq ta’sirlarga uchrab turishi tufayli uni tayyorlash uchun maxsus sementlar qo‘llaniladi. Ular oddiy portlandsementdan sovuqqa bardoshligi, yoyiltiruvchi va zarbali ta’sirlarga chidamliligi, eguvchi zarbalarga nisbatan oshirilgan mustahkamligi hamda kam kichrayuvchanligi bilan ajralib turadi. O‘z hususiyatlariga ko‘ra portlandsementning bu turi quyidagi talablarga javob berishi lozim, xususan: klinkerdagi C 3 A miqdori 8% dan oshmasligi lozim; - faqat granulalangan domna shlakini 15% dan ortiq bo‘lmagan miqdorda kiritish mumkin; - 163 mexaniq markasi 400, 500ga mos kelishi lozim. Beton qorishmalarini suvga talabchanligini kamaytirish va sovuqqa chidamliligini oshirishi uchun plastifirlovchi, gidrofoblovchi, havoni tortib oluvchi moddalar kiritish maqsadga muvofiqdir. Asbestotsement mahsulotlari ishlab chiqarish uchun portlandsement Bu sement uchun ishlatiladigan klinkerning tarkibi bo‘lmagan 52% dan ortiq bo‘lmagan S Z S, dan ortiq bo‘lmagan, 3% dan ortiq bo‘lmagan SaO, 5% gacha MgO bo‘lishi lozim. Sementning solishtirma yuzasi 2200 sm 2 /g dan kam va 3200 sm 2 /g dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Sementning bu turiga qo‘yiladigan talablar quyidagilar bilan izohlanadi: asbestotsement mahsulotlarini tayyorlashda sementning boshlang‘ich gidrolizlanishi juda yuqori suv sement nisbatida o‘tadi; ko‘p suvni asbestotsement massadagi suvning katta miqdori filtrab, so‘rib siqib olinadi. Asbest tolalarida ushlanib qolish uchun sement zarrachalari juda mayda bo‘lishi lozim, ammo ularning ortiqcha dispersionligi bog‘lovchi moddaning suvga talabganligini oshirish mumkin. Asbestotsement mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan portlandsement amaliy jihatdan odatdagi qurilish portlandsementi bilan bir xil bo‘ladi, ammo boshlang‘ich muddatlarda intensivroq qotishi va mustahkamlikning tezroq o‘sishi bilan farqlanadi. Download 4.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling