Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Download 4.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/112
Sana31.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1736077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Bog'liq
boglovchi-moddalar

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



I BOB. BOG‘LOVCHI MODDALAR 
1.1 Bog‘lovchi moddalar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar 
Bog‘lovchi moddalarning bundan 4-5 ming yil avval sun’iy yo‘l bilan hosil 
qilinganligi tarixdan ma’lum. 
Misrdagi hashamatli yodgorliklardan fir’avn qabrlari, Xeops piramidasi, 
Karnakedagi Amona ibodatxonasi kabi ulkan noyob yodgorliklar eramizdan ikki-
to‘rt ming yil avval xarsang tosh elementlari vositasida qurilgan. 
Vatanimizda bog‘lovchi moddalar (asosan, ahak va gips) ishlab chiqarish 
sanoati tosh materiallarni inshootlarda o‘qlab kelinganligi asosida vujudga keldi. 
Masalan shahar devorlari, minoralar, masjid va qasrlar, Buxoro, Samarqand, Xiva 
yodgorliklari kabi inshootlarning qurilish materiallariga bo‘lgan extiyojini oshirgan. 
Xorazm chor atrofi qalin devorlar bilan o‘rab chiqilgan to‘rtta silindr minoradan 
iborat edi. Minoraning usti tep-tekis qilib ishlangan. Bunday inshootlarni qurishda 
qo‘shilmalar bilan ishlangan ganch qorishmasi va giltuproqdan pishirilgan yapaloq 
g‘ishtlar hamda tabiiy toshlar ishlatilgan. 
Markaziy Osiyoda bundan bir necha ming yil muqaddam sirlangan sopol 
buyumlar tayyorlash sopol san’atining muhim tarmoqlaridan biri edi. Kulollar gildan 
turli-tuman buyumlar yasab, ularni har xil chidamli ranglar bilan bezaganlar. X asrda 
Farg‘ona va Samarqandda yasalgan sopol buyumlardan bir necha nusxasi topilgan. 
Ularda gilli naqshlar va ranglar to‘la saqlangan. Bundan 6 ming yil muqaddam 
Turkistoning janubiy hududlarida o‘tkazilgan qazish ishlari natijasida sopol tosh va 
mis buyumlar topilgan. 
X-XV asrlarda va undan keyin o‘rta Osiyo xalqlari xashamatli inshootlar 
qurishda rangli g‘isht, xar xil rangda sirlangan sopol taxtachalarni dekorativ 
qoplamlar sifatida ishlatganlar. X asrda qurilgan Buxorodagi Ismoil Somoniyning 
maqbarasi, XI asrda Buxorodagi balandligi 50 metrli pishiq g‘ishtdan qurilgan 
minorai Kalon, Samarqanddagi Temur va Shohi-Zinda maqbaralari (XV-asr) va 
boshqalar o‘sha davrning mashhur me’morchilik yodgorliklaridir. 



XIX-asrning birinchi yarmiga qadar asosiy qurilish materiali sifatida yog‘och 
ishlatilar edi. Markaziy Osiyo sharoitida yog‘och materiallar sifatida, asosan, terak, 
qayrag‘och, tol, yong‘oq, tut va archa ishlatilgan. Zilzilabardosh yog‘och sinchli 
binolardan xozirga qadar buzilmay turganlari juda ko‘p. Yog‘ochga o‘yib ishlangan 
ajoyib naqshdor ustunlar eshik va raxlar hozirga qadar sharq san’atini boyitib turibdi. 
Qurilish qorishmalari tayyorlashda, asosan, mineral bog‘lovchi moddalardan 
gil, ohak, gips, ganch, tog‘ mumi (ozorokerit), tog‘ jinsi, trepel, opoka qo‘shilgan 
ohak (ohak-puts holat bog‘lovchi modda) kabi materiallar ishlatilgan. Qorishma 
tayyorlashda o‘zbek quruvchilari xilma-xil qo‘shilmalardan keng foydalanganlar. 
Jumladan, vulqon shishasi, oq gil (kaolin), hayvon qoni, tuxum sarig‘i, suyak yelimi 
va shirasi qorishma moddalar mustahkamligi va chidamliligini oshirish vazifasini 
o‘tagan. Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasini, Qo‘qondagi Xudoyorxon saroyini 
qurishga bunday qorishmalar bilan birga ganch-g‘isht va ohak-g‘isht qorishmasidan 
iborat betonlar ko‘p ishlatilgan. 
Keyingi yillarda qurilish materiallarini ishlab chiqarish bir necha marta ortdi. 
Mahsulotning sifati yaxshilandi, turlari ko‘paydi va yangi texnologik usullar ishga 
tushirildi. Hozirgi qurilish materiallari korxonalari yuqori unumli mashinalar bilan 
ta’minlangan. Ishlab chiqarishdagi deyarli hamma texnologik bosqichlar 
mexanizatsiyalashtirilgan. 
Qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatining eng muhim vazifalari 
mahalliy xom ashyodan keng foydalanish va buyumlar ishlab chiqarishni 
rivojlantirish, ularning sifatini oshirish va qurilishning tannarxini kamaytirishdir. 
Hozirgi kunda sintetik polimerlar ishlab chiqarishda qurilish materiallari 
sohasini tubdan o‘zgartirdi. Sintetik materiallarni qurilishda ishlatishning afzalligi 
shundaki, qurilish qurilmalari yengillashadi va uni tayyorlash uchun kam mehnat 
sarflanadi, yog‘och, sement, rangli metallar va boshqa ko‘plab qurilish materiallari 
tejaladi. 


10 
O‘zbekistondagi qurilish materiallarini o‘rganish va ularni ishlab chiqarish 
texnologiyasini takomillashtirishda ko‘pgina ilmiy tekshirish institutlarining xissasi 
juda katta. 
Qurilish materiallari texnologiyasini rivojlantirishda va ularni ishlab chiqarish 
nazariyasini o‘rganishda olimlarimiz M.O‘razboyev, K.Axmedov, A.Ashrabov, 
E.Q.Qosimov, F.Tojiyev va boshqa ko‘plab olimlar o‘z hissalarini qo‘shdilar. 
Mineral bog‘lovchi moddalar texnologiyasiga doir ishlar ustida ilmiy 
izlanishlar olib borgan prof.T.A.Otaquziev, bog‘lovchi moddalarning qotish 
nazariyasiga asos solgan olimlar P.A.Rebendir, A.R.Shulyachenko, bog‘lovchi 
moddalarning texnologiyasiga akademik prof. V.A.Kind, V.N.Yung, P.P.Budnikov, 
M.A.Ribyev, B.G.Skramtayev, va boshqalar salmoqli hissa qo‘shdilar. 
Sement ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston hozir Quvasoy, Ohangaron va 
Bekobod sement zavodlari portlandsementigina emas balki, gidrotexnika inshootlari 
uchun juda zarur va sulfatga chidamli yuqori markali portlandsement, temir-beton va 
yo‘l qurilishi uchun ishlatiladigan tez qotuvchi sementlar ham ishlab chiqarmoqda.
UzRST lari fan va texnika sohasida erishilayotgan eng yangi yutuqlarga 
asoslanib ishlab chiqiladiarti. Qurilish materiallari sifatiga bo‘lgan talablar, ularni 
tanlash va ishlatishga oid ko‘rsatmalar «Qurilish me’yorlari va qoidalari» (QMQ) da 
batafsil bayon qilinadi. 

Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling