Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Download 4.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/112
Sana31.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1736077
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   112
Bog'liq
boglovchi-moddalar

Shaklini yo‘qotish (deformativnost) yarim molekula suvli gips tutib qolish va 
qotishini birinchi davrda hajmi 0,5-1% ko‘payishi mumkin. Gips buyumlarini 
oquvchanligini va shaklini yo‘qotish kamaytirish uchun gidravlik qo‘shimchalar 
ishlatilish tavsiya etiladi, masalan portlandsement qo‘shimchalar. 
Turli hil qurilish buyumlari ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Masalan, 
devorni qoplash uchun yoki yopish uchun varaqlar, plitalar, to‘ldiruvchi sifatida 
yog‘och qipiqlari, qozon va domna shlagi hamda kvars qumi ishlatiladi. Qurilish 
gipsidan har hil mahsulot tayyorlash mumkin. U issiqlikni o‘tkazmaydigan modda 
hisoblanadi. Qolipbob gips asosan turli qoliplar tayyorlashda foydalaniladi. Texnik 
gips esa mashinasozlikda modellar va shakllarni tayyorlash uchun ishlatiladi. 
Tibbiyotda qo‘llaniladigan gips bog‘lamlar, ortopediya buyumlar va boshqalarda 
ishlatiladi. 
 
2.4 Gips va angdirtni ishlab chiqarish usullari 
Ishlab chiqarish jarayoni asosan gipsni un holiga keltirish va gipstoshni 
suvsizlashtirishdan iborat. Gips toshni suvsizlantirish pishirish qozonlarida, aylanma, 
shaxta pechlarida, bug‘latgich asboblarida va boshqa uskunalarda amalga oshiriladi. 
Shaxta pechlarga gipstoshi 70-300mm o‘lchamda uzatiladi, aylanma pechlarga 10-35 
mm o‘lchamda, 
bug‘latuvchi 
asboblarga gipstosh 400 mm bo‘lgan bo‘laklarda 
beriladi. Gipstosh lunjli, konusli, bolg‘ali maydalag‘ichlarda maydalanadi va shaxta, 
aerobil sharli tegirmonida un holatiga keltiriladi. Kuydirilgan moddani asosan sharli 


28 
va zarbali tegirmonda maydalanadi. Kuritilgan gips oson maydalanadi va kam elektr 
quvvat sarflanadi. Qurilish gipsni ishlab chiqarish asosiy usullari uch guruhga 
bo‘linadi: 
1. Xom-ashyo oldindan quritiladi, maydalanadi, kukun holatigacha, so‘ng gips 
pishirish qozonlarida suvsizlantiriladi. 
2. Quritish, maydalash, kuydirish jarayonlarini birlashtirib ishlab chiqarish. 
3. Gipstoshini har hil o‘lchamdagi zarrachalarini shaxta, aylanma va boshqa 
pecharda kuydirish. 
Gips toshni keragicha quritib olib, gips olish texnologik sxemasida gips tosh 
odatda bitta aparatninig o‘zida ham quritiladi, ham tuyiladi
2- rasm. Xom ashyoni quritib gips olish sxemasi 
1- plastinkali taminlagich; 2- jag‘li maydalagich; 3- bolg‘achali maydalagich; 4- elevator; 
5- issiq gazlar teg‘irmonga kiradigan naycha; 6- bunker; 7- siklondan filterga boradigan gaz trubasi; 8-
reykali zatvor; 9- tovoqsimon taminlagich; 10- shaxta tegirmon; 11- siklon;
12- havo trubasi; 13- siklonlar batareyasi; 14- to‘yilgan gips bunkeri; 15- elevator; 16- engli filtr; 17- shnek; 
18- elevator; 19- bunker; 20- shnek; 21- shnek; 22- gips qaynatish qozoni;
23- etiltirish bunkeri; 24- bufer ombori; 25- qozon o‘txonasi; 26- shnek; 27- ko‘mir bunkeri; 28- elevator; 
29- transportyor; 30- shnek. 


29 
3-rasm. Shaxta tegirmon 
Bir yo‘la to‘yib kuydirish usulida tuyuvchi agrikatga maydalangan gips tosh 
solib bir yo‘la o‘txonaning aralashtirish kamerasidan 750-800
0
gacha 
temperaturadagi gaz-havo aralashmasi yuboriladi. Tegirmonda material quriydi, 
maydalanadi va suvsizlanadi. 
4-rasm. Shaxta tegirmondan foydalanib va bir yo‘la tuyib- kuydurib gips tayyorlash 
sxemasi
Aylanma pechlardan foydalanganda gips toshi dastlab maydalanadi, kuydiriladi 
va tegirmonda tuyiladi.
5- rasm Quritkich baraban 
Bu usulda ombordan uzatilayotgan gips tosh jag‘li maydalagichda
40-50 mm o‘lchamda parchalanadi. Tosh bo‘laklarining yirikligi 15 mm keladigan 
qilib tuyiladi va elevator orqali bunkerga va taminlagich orqali pechga uzatiladi.
Shaxta pechlarda ko‘pincha juda katta temperaturada kuydiradigan gipsli 
bog‘lovchilar ( angidrid, estrix-gips) ishlab chiqariladi. Temperatura 800-900 ga 
etadi.
Bosim ostidagi bug‘ yordamida gips ishlab chiqarishda gipsning alfa- 
modifikatsiyasi ikki molekula suvli gipsdan suyuq xolda suv ajralib chiqqandagina 


30 
hosil bo‘ladi. Bunga gipsni juda katta temperaturadagi to‘yingan bug‘ bilan ishlash 
orqali erishiladi. 
6- rasm Bug‘lagich apparat 
25-30 mm o‘lchamlarida maydalangan gips tosh bo‘laklarini bug‘lagichga 
solinadi va avval 60-70 temperaturada 30 daqiqa kuydiriladi. Mayda gips toshlar 
to‘yingan bug‘ bilan ishlanadi va 1 soat davomida bosim 1,2 -1,3 atm( temperaturasi 
123-124
0
) ga etkaziladi. Har 15 daqiqada hosil bo‘lgan kondensat chiqarib 
yuboriladi. Shu bosimda 5-7 soat ishlaniladi. So‘ng gips quritiladi. Buning uchun 
bug‘lagichdan bug‘ o‘rniga temperaturasi 150-165
0
li o‘txona gazlari 4-5 soatgacha 
yuborib turiladi. Dimlash sikl davri 12 soatni tashkil qiladi. 

Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling