Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Suyuq muhitda qurilish gipsini olish
Download 4.47 Mb. Pdf ko'rish
|
boglovchi-moddalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gips bog‘lovchilarni tishlashish va qotishi, qotish nazariyalari
Suyuq muhitda qurilish gipsini olish Suyuq muhitda harorat teng tarqaladi, issiqlik uzatish tez boradi, kimyoviy reaksiyalar va moddalarning tuzilishini o‘zgarishi tez va to‘liq boradi. Suyuq muhit sifatida ba’zi tuz va kislotalarning eritmalaridan foydalaniladi (masalan 30-35% li magniy sulfat eritmasidan 45 daqiqa davomida) 130 0 S da soda va osh tuzi eritmasida P.V.Bajenov gipsni pishirishni tavsiya etgan. Yuqori mustahkam gips maydalangan gips toshni suvda 129-132 0 S atrofida ishtirokida 70-90 daqiqa pishirib olish mumkin. Suyuq muhitda α-modifikatsiyani pishirib bog‘lovchi gips olish bosim ostida ishlaydigan asboblardan voz kechish imkonini beradi. Suvsizlantirish jarayoni odatdagi sharoitda boradi. Kimyoviy reaksiya esa 100-110 0 S da boradi. Bu sharoitda issiq tuzli eritmadan gipstoshini mayda zarrachalariga intensiv ravishda issiqlik o‘tadi va SaSO 4 ∙0,5H 2 O ga kristallanadi, suv esa suyuq holatda ajraladi. Suyuq muhitda SaSO 4 ∙0,5H 2 O ni yirik va zich kristallari o‘sib boradi. Bu esa qisqa muddatda yuqori sifatli mahsulot olishni ta’minlaydi. Bu usulni kamchiligi shundaki, bog‘lovchi moddani yaxshilab yuvish kerak va uzoq muddat quritish zarur. Gips bog‘lovchilarni tishlashish va qotishi, qotish nazariyalari Bu jarayon quyidagi reaksiya bo‘yicha o‘tadi: SaSO 4 ∙0,5N 2 O 1,5N 2 O SaSO 4 ∙2N 2 O 33 Bog‘lovchi moddalarning tishlashib qolishi va qotishi u suv bilan aralashtirilganda hamir hosil qilishga asoslangan. Bu hamir ma’lum mustahkamlikka ega bo‘lgan qattiq toshsimon gipsga aylanadi. Tishlashib qolish jarayoni shunday sodir bo‘ladi: yuqori harakatchanlikka ega bo‘lgan plastik hamir zichlashadi va qotadi, so‘ngra qattiq jismga aylanadi. Va bu tishlashib qolish tugagan holatga to‘g‘ri keladi. Tishlashib qolishning fizik va kimyoviy hosil bo‘lishida mustahkamlikning ortishi kuzatiladi va o‘zidagi moddalarning bo‘lmaydi, chunki xali modda zarrachalari orasida bog‘lanish bo‘lmaydi. Uchinchi davr - kristallanish va qotish cho‘kmaning kristall o‘simtaga aylanishi bilan harakterlanadi. Bunda juda oz miqdorda issiqlik ajralib chiqadi, massaning mexaniq mustahkamligi ortadi. Yarim molekula suvli gipsning suv bilan bevosita zarracha yuzasida ta’sirlashuvini (qayta kristallanish yoki kristall o‘simtaga chek berib) hozirgi vaqtda ko‘pgina tadqiqotchilar tan olishmaydi. Hozirgi davrda ko‘pchilik olimlarning fikricha yarim suvli gipsni tishlashish boshlanishi va qotishi ikkita nazariya, ya’ni Le-Shatelye va Baykov A.A. nazariyalariga binoan o‘tadi. Download 4.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling