Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Qurilish gipsning xususiyatlari
Download 4.47 Mb. Pdf ko'rish
|
boglovchi-moddalar
2.5 Qurilish gipsning xususiyatlari Gipsli bog‘lovchi moddalar kuydirilgan gips toshni mayda qili tuyib hosil qilinadi (gips tosh asosan tarkibida ikki malekula suv bo‘lgan kalsiy sulfat SaSO 4 2H 2 O dan iborat). Gips-toshning kuydirish temperaturasi va sharoitiga qarab qurilish gipsi, juda mustahkam gips hamda angidrdli sement hosil bo‘ladi. Tarkibida ikki malukula suv bo‘lgan kalsiy sulfatli cho‘kindi tog‘ jinsi gipsni (SaSO 4 2H 2 O) suvsiz gips deb ataluvchi angidrid toshni (SaSO 4 ) va ayrim sanoat chiqindilarni pishirib gipsli bog‘lovchilar olinadi. GOST 125-57 da ko‘rsatilishicha, birinchi nav gips ishlab chiqarish uchun tarkibida SaSO 4 2H 2 O ning miqdori 90%, ikkinchi nav uchun esa 65% dan kam bo‘lmagan tabiiy gips-tosh kerak. 31 Tabiiy gips-tosh oq rangli, qattiqligi 2 (Moos shkalasi bo‘yicha), zichligi 2200...2400 kg/m 3 bo‘lgan jinsdir. Gips-tosh zapaslari SSSRda juda keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda Donbass, Ural, O‘rta Osiyo, O‘zbekistondagi Kogon gips koni va Kavkazdagi yirik gips konlari bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda. 150...170 0 S temperaturada kuydirilgan gips-toshni mayda qilib tuyib hosil qilingan mahsulot qurilish gipsi deb ataladi. Ikki malekula suvi bo‘lgan kalsiy sulfatni 65 0 S da qizdirganda u o‘z xususiyatini o‘zgartiradi va tarkibidagi suv asta-sekin yo‘qolib, degidratatsiyalana boshlaydi. Bunda gips-tosh 1,5 molekula suvni yo‘qotib, yarim molekula suvli gipsga sein aylanadi, bu quyidagi reaksiya bilan ifodalanadi: SaSO 4 2H 2 O = SaSO 4 5H 2 O + 1,5H 2 O. Gips-tosh zichligi undagi aralashmalarga bog‘liq bo‘lib, 2200...2400kg/m 3 ni tashkil qiladi. Gipsdan tayyorlangan shag‘alning hajmiy massasi 1300...1600kg/m 3 dan iborat bo‘lib, namligi keskin ravishda 3...5% va undan ko‘p chegarada o‘zgarib turadi. Moss shkalasi bo‘yicha gipsning qattiqligi 2. Gipsning suvda eruvchanligi (kalsiy sulfat hisobida) 18 0 S temperaturada -0,2; 40 0 S temperaturada - 0,21 va 100 0 S da 0,17%. SHuni aytish kerakki, temperaturaning 32 0 S dan 41 0 S gacha oralig‘ida gipsning eruvchanligi eng yuqori bo‘ladi. Turli tadqiqotlarning ma’lumotlariga ko‘ra, gipsning suvda eruvchanligi tulicha. Gipsning suvda eruvchanligi gipsni o‘ta tuyingan eritmalar hosil qilish qobiliyatiga shuningdek, uning kristallarining katta-kichikligiga bog‘liq. Yuqori mustahkam gips asosan α-SaSO 4 ∙2N 2 O dan iborat. Uni, SaSO 4 ∙2N 2 O ni germetik asboblarda bug‘ bosimi ostida yoki bir hil tuzlarni suvli eritmasida termik ishlovi berilib, so‘ng quritib kukun holatiga keltirib olinadi. Ishlab chiqarish shundan iborat xom-ashyoga avval issiq ishlovi beriladi va bunda gips toshidan kristallangan suv suyuq-tomchi holatda ajraladi va α- SaSO 4 ∙0,5N 2 O ga o‘tadi. So‘ng olingan mahsulot quritiladi va maydalanadi (tuyuladi). Ma’lum bo‘lgan usullar quyidagilarga bo‘linadi: 32 1. avtoklav usuli: bunda gipstoshi germetik asboblarda atmosfera bosimidan baland bosimda to‘yingan bug‘ muhitida suvsizlanadi. 2. atmosfera bosimida bir hil tuzlarni suvli eritmasida gipstosh qayta suvsizlanadi. Avtoklav usuli o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi: 1) suvsizlanishi avtoklavda o‘tqaziladi, quritish – maxsus apparatda amalga oshiriladi. 2) suvsizlanish va quritish birlashib bitta asbobda o‘tqaziladi. Avtoklav ishlovini o‘tqazish – 10-12 soat davom etadi. Quritilgan modda sharli tegirmonda maydalanadi. Bu usulni kamchiligi - issiqlik ishlovi uzoq davomiyligi va yonilg‘i ko‘p sarflanishidir. Download 4.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling