Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Download 4.47 Mb. Pdf ko'rish
|
boglovchi-moddalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlatilishi.
2. Eruvchan shisha
Olinishi. Eruvchan shisha – natriy silikat yoki kaliy silikatdan K 2 O nSiO 2 tashkil topgan, havoda kotadigan bog‘lovchi eruvchan shisha xumdonlarda soda aralashgan toza kvars kumini natriy sulfat yoki potash (K 2 SO 3 ) bilan korishtirib, 1200...1400 o S haroratda pishirib olinadi. Yuqori haroratda erigan moddalar oʻzaro quyidagicha reaksiyaga kirishadi: Na 2 CO 3 + nSiO 2 Na 2 O nSiO + CO 2 K 2 CO 3 + nSiO 2 K 2 O nSiO + CO 2 Tezda sovutilgan shisha butkasi (Na 2 O nSiO 2 va K 2 O nSiO 2 ) yorilib maydalanadi, sung “silikat bo‘laklari” eritilgan xolatda ishlatilishi sababli uni “suyuk shisha” deb ataladi. Suyuk xolatga keltirish uchun “silikat bo‘laklarini” maydalab avtoklavga solinadi va bosimni 4-8 atm ga kutariladi. Natijada bog‘lovchi modda kolloid silikat eritma xosil bo‘ladi. Eruvchan shishaning xususiyati uning modluli bilan ifodalanadi. SHisha tarkibidagi qumtuproq miqdorini undagi natriy oksidiga (yoki kaliy oksidiga) bo‘lgan nisbati modul deb ataladi. Modulning miqdori katta boʻlsa, shishaning erish xususiyati va chidamliligi kamayadi. Eruvchan shisha uch modulga ega: katta modulli shisha M =3,5 – 3,9; oʻrtacha modulli M =3,0 – 3,5 va kichik modulli M =2,0 – 2,8. Uzbekistonda eruvchan shisha ishlab chiqariladi, lekin juda xam oz miqdorda. O Na SiO М 2 2 80 Hozirda unga bo‘lgan talab juda kattadir. Qurilishga keltiriladigan suyuk shisha aralashmasi tarkibida 50...70% suv bo‘ladi va zichligi 1,3...1,5 g/sm 3 ga teng. Qotishi. Eruvchan shishaning tarkibidagi asosiy modda natriy silikat yoki kaliy silikat suvda parchalanadi. SHuni hisobiga xosil bo‘lgan kremniy kislotasini geli bog‘lovchi xususiyatiga ega bo‘ladi. Havodagi SO 2 xam kotirish xususiyatiga egadir: NaO nSiO 2 + CO 2 + mH 2 O Na 2 CO 3 nSiO 2 mH 2 O Haroratning oshishi va parchalanishini tezlashtirib kremniy kislotasini gelini xosil boʻlishini oshirish hisobiga eruvchan shishaning qotish jarayoni juda tezlashadi. Na 2 SiF 6 + 4H 2 O = Si(OH) 2 + 2NaF + 4HF HF + NaOH = NaF + H 2 O Ftorli natriy suvda kam eriydi, shuning uchun kremniy kislotasini gelini xosil boʻlishi tezlashadi va bog‘lovchi juda tez kota boshlaydi. Ishlatilishi. Eruvchan shisha kislotaga chidamli qorishma va beton buyumlar tayyorlashda toshlarni suvdan va emirilishdan saklash uchun buyash maqsadida, betonning zichligini, utga chidamliligini oshirishda, silikat buyoklar, zamaskalar ishlab chiqarishda keng ishlatiladi. Bizning respublikamizda eruvchan shishaning bog‘lovchi modda sifatidagi axamiyati juda ortib borayapti. U asosida pishirmasdan olingan gisht va sun’iy toʻldirgichlar tayyorlash, sifatsiz shlaklar asosida olingan qorishma va beton uchun bog‘lovchi modda sifatida ishlatish mumkin. «Silikat bo‘lak»ni ochik havoda toza xolatda saklash mumkin. Erigan shisha chinni idishlarda, tunuka bochkalarda saklanadi. Uni yozda issikdan, kishda esa muzlashdan saklash kerak. Download 4.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling