Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Ohak bog‘lovchilarni qotishi


Download 4.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/112
Sana31.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1736077
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   112
Bog'liq
boglovchi-moddalar

 
Ohak bog‘lovchilarni qotishi 
Ohakni turiga va qotish sharoitlariga ko‘ra qotish uchta turga bo‘linadi: 
karbonatli, gidratli, gidrosilikatli. 
1. Karbonatli qotish - so‘ndirilgan ohak asosida tayyorlangan beton va 
qorishmalarni uglekislota ta’sirida asta-sekin qotishi. 
Sa(ON)
2
-SO
2
-
n
N
2
O-SaSO
3
-(nQ1)N
2
O karbonatli qotish havo quriq sharoitlarda 
sekin va yillar davomida o‘tadi. Karbonlashish yuzagi qatlamlardan boshlanadi, SO
2
dan iborat zich qatlam hosil bo‘lib qorishma va betonlarni ichki qatlamlariga suv va 
SO
2
o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Shu munosabat bilan karbonlashish jarayoni 
kristallanish markazlarni hosil qilib beradi, bu esa o‘z navbatida karbonatli ohakni tez 
qotishini va o‘ta mustahkamlikni ta’minlaydi.
Qorishmadan suv bog‘langan sari ohak hamirning gel massasi zichlanadi va 
mustahkamlanadi. Kalsiy gidrat oksidi karbonlashadi qattiq fazaning hajmi kengayadi 
va qotayotgan qorishmani zichlanishiga va mustahkamlanishiga qo‘shimcha yordam 
beradi. So‘ndirilgan ohak asosida tayyorlangan qorishma va betonlarni oddiy 
sharoitda siqilishga bo‘lgan mustahkamligi bir oyda 0,5-1 MPa ga boradi. Sun’iy 


72 
karbonlashish natijasida baland mustahkamlikka ega (30-40 MPa) beton tayyorlash 
mumkin. 
2. Gidratli qotish — maydalangan so‘ndirilmagan ohak asosida tayyorlangan 
qorishma va betonni suv bilan ta’sirlashib asta-sekin qattiq toshsimon moddaga 
aylanish jarayoni gidratli qotish deb ataladi. Bu holatda qotish va mustahkamlikni 
o‘sishi Sa(ON)ning kristallarni to‘planishiga, bir-biri bilan jipslashib qurishiga 
asoslangan. 
Gidratli qotish qorishma orqali (Le-Shatelye bo‘yicha) va qattiq fazaga suvni 
qo‘shilishi (A.A. Baykov, Mixaelis) bilan o‘tadi. Jarayonni qaysi yo‘nalish bo‘yicha 
o‘tishi ohakni xossasiga, muhit haroratiga, suv miqdoriga va boshqa omillarga 
bog‘liq. 
Maydalangan so‘ndirilmagan ohak asosida tayyorlangan qorishma va 
betonlarni quruq sharoitlarda uzoq vaqt saqlaganda suv bug‘lanishi hisobiga va 
Sa(ON)
2
ni mustahkam SaSO
3
ga o‘tishi mustahkamligi oshiradi. 
Maydalangan ohak suv bilan aralashtirilganda gidratli qotish o‘tadi, bunda SaO 
gidratlanadi va gidratatsiya mahsulotlari kristallanadi va kolloidlanadi. Oddiy 
sharoitda gidratli qotishga quyidagi sabablar to‘sqinlik qilish mumkin: SaO ning 
gidratlanish juda tez o‘tadi va issiqlik ajralishi bilan natijada suvni bir qismi bug‘ga 
o‘tishi mumkin, bu esa kristallanish jarayonida hosil bo‘lgan strukturani buzilishiga 
olib keladi. Bundan tashqari CaOni Sa(ON)

ga o‘tishida uning hajmi ko‘payishi 
kuzatiladi, bu esa salbiy holatga olib kelishi mumkin, ayniqsa xali plastik holatda 
bo‘lsa. Shuning uchun SaO ning kristallanishi jarayonida strukturani buzmaydigan 
sharoitlar tug‘dirib berilsa, unda ohakni gidratli qotishi natijasida zich mustahkam 
modda olish mumkin. 
3. Gidro-silikatli qotish - so‘ndirilgan ohak oddiy haroratlar juda sekin qotgani 
va katta mustahkamlikka ega bo‘lmagani uchun uzoq vaqt davomida ularni 
ishlatilishi sohasi rivojlanmadi. 1880 yilda Mixaelis tomonidan ohak-qum 
buyumlariga issiqlik ishlovi berish taklif qilindi. Ohak qorishmasida qum sinch rolini 
bajaradi va qorishmani qurishi vaqtida hajmi o‘zgarishga to‘sqinlik qiladi, shu bilan 


73 
birgalikda uni g‘ovaklarini ko‘paytiradi, bu esa suv chiqib ketishini yengillashtiradi 
hamda qum va ohak zarrachalari orasidagi bog‘liqlikni mustahkamlaydi. Bu holda 
ularni mustaxkamligini tez ravishda ko‘tariladi va bu usul silikatli g‘isht ishlab 
chiqarishda asos bo‘ldi. Bu usul bilan ishlab chiqarilgan moddalar baland bosimda 
(9-13at) avtoklavlarda olinadi va avtoklav moddalar deb ataladi. Zarur bo‘lgan 
mustahkamlikka xomashyoviy qorishmadagi asosiy moddalar qum va ohak orasida 
bo‘lib o‘tadigan kimyoviy reaksiya orqali erishadi. Avtoklav ishlovidagi yuqori 
harorat ortiqcha suv miqdori ishtirokida Sa(ON)
2
va qumni orasidagi kimyoviy 
reaksiyani tezlashtiradi. Ohak-qumli qorishmalar tayyorlashda ohak miqdori 8-12% 
va kvars qumi (88-92%) olinadi. 
Ilmiy izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, qotish jaryonida har hil gidrosilikatlar 
yuzaga keladi, masalan: S2SN - kalsiy gidrosilikat tobermorit S4S5N5 - va 
hokazolar. Bu gidrosilikatlarni (past asoslilar SSN(1)) mustahkamligi yuqori, ammo 
sovuqqa chidamligi past. Avtoklav qotishda ohak va SiO
2
ni suyuq fazada erishadi va 
keyin kimyoviy ta’sirlashadi. Hosil bo‘layotgan gidrosilikatlar eritmadan 
mikrokristall holatda tushadi, ya’ni eritma nihoyatda to‘yingan. Ohak va SiO
2
yangi 
qismlari erigan sari mayda va yirik kristallarni o‘sishi kuzatiladi. Ularni o‘sishi 
kristallarni umumiy sinch hosil qilishini tashkil qiladi. SiO zarrachalarni orasidagi 
bo‘shliqlar kristallar bilan to‘ladi. Kristallar soni ko‘paygan sari kristall markaz 
mustahkamlanadi komponentlarni reaksiyaga kirishmagan zarrachalari bog‘lanadi, 
mayda zarrachalar yiriklashadi va bo‘lar hammasi mustahkamlikni oshishiga olib 
keladi. Shunday qilib, qotish jarayoni 3 ta bosqichga bo‘linadi: 
1. Gidrosilikatlarni kristall o‘simtasi hosil bo‘lishi,
ularni o‘sishi. 
2. Kristall o‘simtani 
shakillanishi. 
3. Kristallararo kontaktlarni qayta 
kristallanish 
natijasida o‘simta 
mustaxkamligini kuchsizlanishi. 
Kalsiy gidrosilikat kristallari ilk bor kolloid holatida hosil bo‘ladi, ammo suvli 
sharoitda va yuqori haroratda vaqt o‘tishi bilan yirik kristallarga o‘tiladi. bug‘lanish 
jarayonining oxirida hosil bo‘lgan moddalar har hil strukturaga ega bo‘lishadi. 


74 
Ohak-kremnezemli 
avtoklav 
moddalar 
tayyorlashda 
maydalangan 
so‘ndirilmagan ohak qo‘llaniladi. Kremnezemli modda sifatida kvars qumi, shlaklar, 
kuydirilgan jinslar, kullar qo‘llaniladi. Ohak-qumli buyumlar havo muhitida uzoq 
vaqt turib qolsa, ular havodagi SO
2
ta’siriga duch keladi. Bu holda bog‘lanmagan 
Sa(ON)
2
karbonlashadi, so‘ng gidrosilikatlar tarkibidagi SaO ham karbonlashadi. Bir 
vaqtda gidrosilikatlar SiO
2
ni ajratgan holda bo‘linadi. Buyumlarni mustahkamligini 
yoki o‘zgarmaydi, yoki oshadi. 
Qotish jarayoniga ta’sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi: 
1. Ohak yoki qumni yoki ikkalasini maydalik darajasini ko‘paytirish masalan: 
Sa(ON)
2
-100
0
S haroratga so‘ndirib yoki SaO va qumni pishirsa, buyumlarni 
mustahkamligini 50% ko‘tarish mumkin. 
2. Haroratni ko‘tarish - ohak va SiO
2
ta’sirlashuvini tezlashtiradi. 
3. Bug‘ bosimini kuchaytirish. 
4. Qo‘shimchalar qo‘llanishi. 
A) gidrosilikatlar hosil bo‘lishini tezlashtiruvchilar (KON, NaON, NaSO
4

Na
2
SO
4
, NaSl-0,5%). 
B) aktiv o‘ta mayda qo‘shimchalar masalan: SiO
2
, Al
2
O
3
, Fl
2
O
3
yoki ularni 
birikmalari bo‘lar o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi: 
- mustahkam qotuvchi qo‘shimchalar, granullangan domna shakli, kullar, 
kuydirilgan mergellar. Bo‘lar qisman yoki butunlay ohakni o‘rniga ishlatish mumkin. 
- mustaqil qotishga egamas qo‘shimchalar nordon gidravlik qo‘shimchalar - 
diatomit, opoka, gliyaj, trepellar. Bu qo‘shimchalar oddiy va avtoklav qotish 
qobiliyatiga ega. 
- faqat avtoklavda qotuvchi qo‘shimchalar tuproq, maydalangan qum, 
qumtuproq, rudalar. 
- kristall ko‘rinishdagi qo‘zg‘atuvchi qo‘shimchalar silikat buyumlarni sinig‘i, 
sun’iy gidrosilikatlar ularni qo‘shish miqdori - 3% gacha. 

Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling