Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Download 4.47 Mb. Pdf ko'rish
|
boglovchi-moddalar
3.3 Qo‘llanish sohalari
Havoda qotuvchi ohakning so‘ndirishi kalsiy oksidini suv ta’sirida gidratlanishidan (ya’ni suv bilan birikishdan) iborat: SaOQN 2 O Sa(ON) 2 -g Ko‘p miqdorda issiqlik ajralishi natijasida harorat birdan ko‘tarilib suv qaynab ketadi. Agar ohak sifatli bo‘lsa, unda so‘nish boshlanib tez o‘tib ketadi. Xlorli tuzlar NaCl, SaSl va boshqalar SaO ning gidratlanishi 1% miqdorida tezlashtiradi. So‘nish haroratining ko‘tarilishi SaO ning gidratlanish jarayoni tezlashtiriladi, so‘nish tezligi kalsiy oksidi kristallarining kattaligiga bog‘liq. Hajmi 2 barobardan ko‘proq keskin ortishi bilan ham so‘nish reaksiyasi borishi mumkin. Hosil qilingan ohak kukun-ohak va ohak hamiriga bo‘linadi. Kukun ohak katta solishtirma yuzaga ega bo‘lgan 66 nihoyatda mayda kukun. U suvga o‘ta moyil birikma. Ohak hamiri asosan Sa(ON) 2 , qaymoqsimon massadan iborat. Kukun - ohak tayyorlashda suv ohakka nisbatan 2-3 marotaba ko‘p qo‘shiladi, chunki bunda suv tez bug‘lanib ketadi. Suvning miqdori juda ko‘p bo‘lganda ohak hamiri olinadi. Kukun-ohak Sa(ON) 2 , SaO ning gidratlanish jarayoni SaO ni eritish hamda uning nisbatan to‘yingan eritmasi hosil qilishdan iborat va quyidagi texnologik chizma bo‘yicha o‘tadi. SaO ning gidratlanishi qaytar reaksiya bo‘lib, uning yo‘nalishi haroratiga, shuningdek, suv bug‘ining bosimiga bog‘liq. Suv etishmasligi natijasida so‘ndirilgan ohakning kuyishi, ya’ni kuydirilgan zarrachalar yuzasida qalin Sa(ON) 2 parda hosil bo‘ladi. Bu shunday tushuntiriladi: suv qo‘shilgandan keyin dastlabki vaqtda ohakni gidratlash qaynovi juda tez boradi, suv keraklidan ko‘p bo‘lsa gidratning hamir holidagi qavat hosil bo‘ladi. Keyinchalik gidrat qavatdagi suvni o‘zlashtirish natijasida qurib qoladi, zichlashadi, ichki qavatlaridagi so‘nmagan ohak uchun kerakli suvni o‘tkazmaydi. Ohakdagi ortiqcha begona narsalar mahsulotning so‘nishini kechikishiga, sekinlashishiga, shuningdek natijada hajm kengayishi, ichki zo‘riqish, darzlar hosil bo‘lishi buzilishlariga sabab bo‘ladi. Kukun-ohakdagi namlikning miqdori 5% oshmasligi kerak. Sanoatda ohak uzlukli va uzluksiz moslamada so‘ndiriladi: uzlukli barabanli so‘ndirgich - so‘ndirish bug‘ bilan 0,3 - 0,65 MPa bosim ostida bajariladi. 3-5 sm kattalikdagi ohak bo‘laklari yuklovchi tuynuk orqali tepadan barabanga yuklanadi, bug‘ beriladi va baraban 15-20 min. davomida aylanishi natijasida ohak so‘ndiriladi. Umumiy sikl 30-40 minutga boradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling