Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Havoi qurilish ohagini islab chiqarish texnologiyasi
Download 4.47 Mb. Pdf ko'rish
|
boglovchi-moddalar
3.2. Havoi qurilish ohagini islab chiqarish texnologiyasi
SHaxtali pechlar balandligi bo‘ylab quritish, qizdirish, pishirish va sovitish bo‘limlariga ajratilgan. Xumdonning balandligi 20 m, ichki diametri 4 m gacha. Xumdonga solingan 120 t. ohaktosh 24 soatdan so‘ng bo‘lak ko‘rinishidagi ohakka aylanadi. YOnilg‘i xarajati kuydirilgan ohakning 15...17 %ni tashkil etadi. 4.1-rasm. Xomashyo bilan yonilg‘i barabaniga solinadigan shaxta pech: 1-shaxta; 2-solish mexanizmi; 3-lyuklar; 4- olish mexanizmi; 5- havo uzatuvchi; 6 – tutun gazlarni chiqarib tashlash; 7- ohakni omborga uzatish Havoda qotuvchi ohak ishlab chiqarishda tarkibida asosan SaSO 3 bo‘lgan hamma tabiiy moddalardan foydalanish mumkin. Ohakni nazariy tarkibi 56% SaO va 44% SO 2 dan iborat. Ko‘pincha zich ohaktosh va bo‘r ishlatiladi. Ohaktoshlar ko‘pchilik hududlarda uchraganligi uchun bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Ohak ishlab chiqarish texnolik jarayonini quyidagi asosiy qayta ishlovlardan xom ashyo qazish va uni tayyorlash, maydalash yoki so‘ndirishdan iborat. Havoda qotuvchi ohak karbonatli tog‘ jinslarini 900-1200 0 S da kuydirish yo‘li bilan SO 2 ni mumkin qadar to‘liq ajralib chiqishi SaSO - SaO - SO 2 reaksiyasi asosida va keyinchalik bo‘lakli ohakni qayta ishlash bilan hosil qilinadi. Ohaktoshni 64 shaxta pechlarida (bo‘laklar o‘lchami 8-20 sm) va aylanma pechlarda (5-40 sm) shuningdek «qaynama» qatlamli qurilmalarda kuydiriladi. SaSO 3 ning termik parchalanish 900 0 S da boshlanadi, xom ashyo xossalari (zichligi - bo‘laklar o‘lchamlari) hamda pech konstruksiyasiga bog‘liq holda zavod korxonalarida kuydirish harorati 1100 - 120 0 S ga teng. Kuydirish natijasida hosil bo‘lgan ohak (qaynama) hajmi nazariy jihatdan olingan ohaktosh 2 marotaba kam. Haqiqatdan ham u hammasi bo‘lib 10-12% ga kamayadi, bu hosil bo‘lgan qaynama o‘ta g‘ovakligini ko‘rsatadi. Kuydirilayotgan moddaning kuydirish harorati va bo‘linish vaqti ohakning g‘ovakliligiga, hajm birligidagi og‘irligiga, katta ta’sir qiladi. Harorat oshishi bilan kuydirish tezligi va shuningdek ishlab chiqarish unumdorligi ortadi. Ko‘pincha ohaktosh shaxta pechlarida kuydiriladi, chunki ulardan foydalanish oson, yoqilgi kam sarflanadi. Ishlab chiqarishning muayyanligi, unumdorligining yuqoriligi bilan fazilatlanadi. Har qanday: qattiq, suyuq va gaz holatidagi yonilg‘ida ishlashi mumkin. Shaxta pechiga yuqoridan ohaktosh qavat-qavat qilib va qisqa alangali qattiq yoqilg‘i solinadi. Pech bo‘y baravariga shartli uch zonaga bo‘linadi: isitish, kuydirish, sovutish. Pechning pastki qismida sovutish zonasiga kuydirilgan ohak to‘qiladi. Pastdan berilgan havo ohak bo‘laklarining issig‘i hisobiga qiziydi va tepaga ko‘tarilib kuydirish zonasiga uchraydi. Ushbu zonaning harorati 1200 0 S ga boradi. Bu yerda yonilg‘i yonishi natijasida kalsiy karbonat parchalanib SaO va SO 2 hosil bo‘ladi. Issiq gazlar ventilator orqali yuqoriga surilib modda va yonilg‘ining yuqori qavatlari isitiladi. Isitish zonasida ohaktosh quritiladi va tarkibidagi organiq aralashmalar kuyadi. Tayyor bo‘lgan mahsulotlar saqlanadigan omborga jo‘natiladi. Aylanma pechlarda o‘ta yuqori navli kuydirilgan ohak olinadi, bunda mayda bo‘lakchalar hamda oqimga qarshi prinsipidan foydalaniladi, lekin yonilg‘i ko‘p sarf bo‘ladi. Shaxtali va aylanma pechlardan tashqari ohakni «qaynama» qavatdan kuydirish uchun unumdorligi yuqori bo‘lgan asboblar ishlatiladi. 65 4.2-rasm. Ohak kuydirish aylanma pechi «Qaynama» qavatda issiqlik rejimi bo‘yicha kuydirish shaxta pechlarida kuydirishga o‘xshaydi. Tuyilgan ohaktosh yuklaydigan moslama orqali pechning tepa qismi 5 zonaga bo‘lingan havo o‘tkazuvchi teshiklari bor. Ventilator bilan yuqori zona orqali surilgan havo ohaktosh qavatini havoga to‘yintiradi. To‘yingan ohaktosh to‘kuvchi quvurlar orqali bir zonadan boshqa, zonaga o‘tayotgan tezlik bilan issiqlik almashadi va parchalanadi. Bo‘lakli ohak ishlatilishidan oldin tuyilishi yoki so‘ndirilishi kerak. Ohakni quvurli tegirmonlarda yopiq siklda maydalanadi. Uni aktiv mineral qo‘shimchalar bilan birga (domna, yoqilgi shlaklari, kul va h.k.) solishtirma yuzasi 3500-5500sm 2 /g. gacha maydalanadi. Download 4.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling