Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Gidratli ohak kukunini ishlab chiqarish texnologik chizmasi


Download 4.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/112
Sana31.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1736077
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   112
Bog'liq
boglovchi-moddalar

Gidratli ohak kukunini ishlab chiqarish texnologik chizmasi. 
Uzluksiz so‘ndirish - parrakli yetti barabanli gidratorlarda olib boriladi. Ohak 
oldindan 3-6 mm gacha kattalikda maydalanib yetti barabanli gidratorga suv bilan 
uzatiladi. Har qaysi barabanda parrakli val bo‘lib, massani siqib chiqaradi. 
Orada qorishtirib so‘ndirish - 10 kun ichida ushlab turiladi. Yuz tipidagi 
so‘ndirgich ichida ohak bo‘laklarini va so‘nmagan donalarini yaxshi maydalash 
uchun chopqichlar o‘rnatilgan, elektrodvigatellar yordamida harakatga keltiradi va 
prujina yordamida so‘ndirgich ostiga to‘qiladi. Mo‘l miqdorida suv qo‘shish bilan 
so‘ndiriladi. Ohak hamiri elak orqali tindirgichga quyiladi. Ohak hamiri qo‘shimcha 
saqlab turmasdan ham ishlatish mumkin. 
Bo’lakli ohak ombori 
Mayda maydalash 
Gidratorlarda 
so’ndirish 
Siloslarda so’ndirishni davom ettirish 
Yirik zarrachalarni ajratilishi 
Yirik zarrachalarni tegirmonda tuyish 
Gidratli ohakni ombori 
Mashina yordamida joylashtirish 
Ohakni qoplarda jo’natilishi 
Mahsus vagonlarda 
jhakni jo’natilishi 


68 
Issiq suv ishlatilganda so‘nish tezligi ortadi. Uzluksiz ishlovchi ohak 
so‘ndirgichning termomexaniq konstruksiyasi ana shunga asoslangan. Ohak 
so‘ndirilishida chiqqan issiqlik hisobiga suv isiydi. So‘ndirish barabani ikki 
silindrdan iborat bo‘lib, biri ikkinchisiga joylashtirilgan. Orasidagi bo‘shliq issiqlik 
almashtirgich vazifasini o‘taydi. Silindrning 1 kamerasi so‘nish ro‘y beradi, ikkinchi 
kamerada po‘lat sharlar yordamida so‘ndirilmagan zarrachalar maydalanadi. 
Chexiyada karbonat xom ashyolardan bo‘lakli va kukunsimon ohak ishlab 
chiqarish o‘zlashtirilgan. Kukunsimon so‘ndirilmagan ohak ishlab chiqarish shaxta 
pechlarida ishlab chiqarish bilan birgalikda amalga oshiriladi. Shaxta pechlarida 
maxalliy ochiq konlardagi 7-8 sm o‘lchamdagi maydalangan ohaktosh bo‘laklari 
ishlatiladi. 7 sm dan kichik bo‘laklar qayta bolg‘ali maydalag‘ichda maydalanib 
keyin havoli separotorlarda 2 fraksiyaga ajratiladi: ohakning (0,2-2,5) yuqori dag‘al 
qismi qayta ohakka ishlanadi. 
Ohak hamiri 
Ohak hamirini quyidagi texnologik chizma bo‘yicha olinadi. ishlab chiqarish 
uzlukli va uzluksiz ohak so‘ndiruvchi asboblarda o‘tkaziladi. Eng keng tarqalgan 
termomexaniq ohak so‘ndirish asbobi quyidagilardan iborat elektr ishga tushiruvchi 
8, aylanma baraban 2, baraban bir tomondan bunker 1, boshqa tomonidan ohak sutini 
tushirish uchun lotok 7, rama 9. Baraban ikkita bir-biriga orasiga 2 mmli masofada 
joylashgan silindrdan iborat. Ohakni so‘ndirganda ichki silindrda suv 45-50
0

isitiladi, va u ikki qismga diafragma bilan bo‘lingan so‘ndirish kamera 4 va 
maydalash kamerasi 5. Bu kameradan ohak suti patrubka 6 va 7 lotok orqali 
tindirgichga jo‘natiladi. Ohakni to‘liq so‘nish uchun bir qismi ohakka 2-3 qismi suv 
tavsiya etiladi. Ohak 16-24 soat tindirilganda qaymoqsimon 75% suvli massaga 
aylanadi. Yaxshi tindirilgan ohak hamiri tarkibida 50% suv va hajmiy og‘irligi 1400 
kg/m
3
oraliqda bo‘ladi.


69 

Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling