Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Download 4.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/112
Sana31.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1736077
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   112
Bog'liq
boglovchi-moddalar

Ohakning xususiyatlari 
Ohak qurilishga bo‘lak-bo‘lak, kukun, xamir yoki so‘ndirilmagankukun holda 
keltiriladi. Bo‘larning zichligi 2300.2400 kg/m


Og‘ak so‘nish tezligiga ko‘ra tez so‘nuvchi (ko‘pi bilan 8 minut), o‘rtacha 
so‘nuvchi (ko‘pi bilan 20 minut) va sekin so‘nuvchan (kamida 25 minut) turlarga 
bo‘linadi. 
 
Ohakning qotishi 
Oddiy ohak ximiri bilan tayyorlangan qurilish qorishmasining qotishi bir necha 
kun davom etsa, so‘nmagan ohak kukuni qorishmasi 30...60 minutda qotadi. Bundan 
tashqari, so‘ndirilmagan ohak kukuni kam suv talab etadi. 
SHuning uchun so‘ndirilmay tuyilgan ohak qotishmasining siqilishdagi 
mustahkamlik chegarasi, zichlik va chidamliligi so‘ngdirilgan ohaknikidan 
Ohak (gips kabi) - qadimiy bog‘lovchi moddalar. Uning bizning eramizga 
qadar bir necha ming yillar ilgari qo‘llaganlar. Havoda qotuvchi ohak kalsiyli - 
magniyli karbonat tog‘ jinslarini mo‘tadil kuydirish natijasida hosil bo‘lgan mahsulot. 
Xom ashyo sifatida: bo‘r, ohaktosh, dolomitlashgan ohaktosh, tarkibida 6% dan ortiq 
tuproq bo‘lmagan tog‘ jinslari xizmat qiladi. Agar 6% dan ortiq tuproq bo‘lsa 
kuydirilgan mahsulot suvda qotishi xususiyatiga ega bo‘lib, suvda qotuvchi gidravlik 


62 
ohak deb ataladi. Aktiv mineral qo‘shilmalar sifatida tabiiy yoki sun’iy hosil bo‘lgan 
nordon (kislotali) qo‘shilmalar: trepel, opoka, tuf, pemza, shlak, kul va boshqalar 
kiritiladi. 
Havoda qotuvchi ohak keyingi kuydirilgan mahsulot xususiyatiga bog‘liq 
holda so‘ndirilmagan (bo‘lakli va tuyilgan) va so‘ndirilgan gidratli (kukun ohak va 
ohakli hamiri)ga bo‘linadi. So‘ndirilmagan ohak ayrim hollarda qaynama ohak ham 
deb yuritiladi. U kalsiy oksidi SaO, so‘ndirilgan ohak Sa(ON)
2
dan iborat. Ohak 
hamiri Sa(ON)
2
bilan bir qator tarkibida birmuncha miqdorda mexaniq aralashgan 
suv ham bo‘ladi. So‘ndirilmagan bo‘lakli ohak — kuydirilgan bo‘lakli ohakni ifoda 
etadi. U asosan tarkibida ohak bo‘laklari va yongan yonilg‘i kullari aralashmalaridan 
iborat bo‘ladi. So‘ndirilmagan to‘yingan ohak - bo‘lakli ohakni tuyish bilan olingan 
kukunsimon mahsuloti. Gidratli ohak - yuqori dispersli kukunsimon mahsulot uni 
bo‘lakli yoki maydalangan ohakni so‘ndirib, quritish yo‘li bilan olinadi. Ohak hamiri 
- tuyilgan yoki bo‘lakli ohakni so‘ndirilgan hamirsimon mahsuloti. Tarkibi Mg(OH)
2

Ca(OH)
2
– 50-55% dan ortiq mexaniq bog‘langan suv 50-45% dan iborat. So‘ndirish 
paytida ajralib chiqayotgan ohak haroratga qarab quyi termik (harorati 70
0
S past) va 
yuqori termik (harorati 70
0
S dan yuqori) bo‘ladi. So‘ndirish tezligiga qarab esa ohak 
tez so‘nuvchan (8 minutgacha) sekin so‘nuvchi (25 minutdan ko‘p) o‘rtacha 
so‘nuvchi — 25 minutdan ko‘p bo‘lmaganlariga bo‘linadi. Ohakning eng muhim sifat 
belgilari: aktivlik -so‘ndirilishiga moyil bo‘lgan SaO, Mg oksidlarning foiz miqdori; 
so‘ndirilmagan zarrachalar miqdori, (o‘ta kuygan, chala kuygan) so‘nish vaqti. 
Havoda qotuvchi ohak asosidagi qurilish qorishmalarining mustahkamligi past. 
Havoda qotgan ohakli qorishmalar 25 sutkada havoda qotgandan keyin siqilishga 
bo‘lgan mustahkamligi: so‘ndirilgan ohakniki 0,5-1 MPa, tuyilgan so‘ndirilmagan 
ohakniki 5MPa. Shuning uchun havoda qotuvchi ohakning navi mustaxkamligiga 
qarab emas, balki uning tarkibiy xususiyati bo‘yicha aniqlanadi. 
Ohaktosh tarkibida gil va boshqa qo‘shimchalar qanchalik kam bo‘lsa, 
ohakning aktivligi shuncha yuqori, so‘nish tez boradi, hamda ohak hamiri ko‘p hosil 
bo‘ladi. Quruq moddaga hisoblanganda aktiv (SaO∙MgO) ning miqdori foiz hisobida:


63 
I - nav II - nav III - nav 
90 80 70 
Bo‘lakli ohakda so‘ndirilmagan zarrachalar miqdori % miqdorda: 
7% 11% 14% 

Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling