Qurilish vazirligi xorazm arxitektura va qurilish texnikumi qurilish sohasi bo


-MAVZU. Qurilishbop gipsning qotishi.Gipsning xossalari


Download 0.72 Mb.
bet10/27
Sana15.11.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1777191
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Bog'liq
gipsakarton 1

4-MAVZU. Qurilishbop gipsning qotishi.Gipsning xossalari.


REJA:

1.Umumiy ma’lumot


2. Gipsakarton listlar.
3. Gipsakarton listlarning xususiyatlari.

Gips bog‘lovchisining ishlatilishi. Qurilishbop gips iste’molchilarga qoplangan yoki to‘kilgan holda vagon va avtomashinalarda tashiladi. Maxsus qoplanmagan gipsni namlik va ifloslanishdan saqlash zarur. v ni uzoq muddat saqlash tavsiya etilmaydi. Qurilishbop gips asosida pardevor plitalar, kichik o‘lchamdagi panellar, paz va greben tipidagi qorishmasiz teriladigan yirik bloklar, gipskarton listlar, ventilatsiya va arxitektura qismlari va boshqa buyumlar ishlab chiqariladi; oddiy va murakkab suvoq qorishmalari, manzarali rangli va relyefli qorishmalar tayyorlanadi. Yuqori mustahkamlikdagi gipsning siqilishdagi mustahkamligi 15–25 MPa, undan devor elementlari, yig‘ma pardadevor plitalar, arxitektura qismlari tayyorlanadi. Qolipbop gips keramik va chinni-fayans buyumlar ishlab chiqarishda qolip tayyorlashda ishlatiladi


Gips bog‘lovchisi ishlab chiqarish xomashyo zaxirasining ko‘pligi va energiyani boshqa turdagi bog‘lovchi nisbatan kam talab qilishi, buyumlar tayyorlash siklining qisqaligi gips asosida yirik o‘lchamli yig‘ma elementlar olishga imkon beradi. Gips bog‘lovchisining oq rangda bo‘lishi, tarkibiga pigmentlar kiritib, istalgan rangdagi buyumlar olishga imkon yaratadi. Gips buyumlarni oson arralash, teshish, qoqish va boshqa mexanik ishlov berish mumkin. Gips buyumlarning eng afzal xususiyatidan biri uning ekologik tozaligidir. Gips asosidagi buyumlarning asosiy kamchiliklariga suv muhitida chidamsizligi, nam ta’sirida kuch ostida vaqt bo‘yicha plastik deformatsiyaning me’yordan oshib ketishidir. Gips buyumlar xossalarini yaxshilash uchun tarkibiga mineral va organik modifikatorlar, mayda va yirik to‘ldirgichlar qo‘shiladi. Gips va gipsbeton buyumlar ishlab chiqarishda yuqori markadagi gipslar va gips – shlakli, gipssementpussolanli murakkab bog‘lovchilar ishlatiladi
Poydevor uchun plitalar gips xamiridan tayyorlangan gipsli va to‘ldirgichlar qo‘shilgan gips qorishmasi va gipsbetondan tayyorlanadi. Gips plitalar o‘rtacha zichligi qorishma tarkibi va zichlashtirish usuliga bog‘liq bo‘ladi va o‘rtacha 1100–1300 kg/m3 ni tashkil qiladi. Gips plitalari 800x400 va 1500x400 mm (gipsqamishli) o‘lchamlarda, qalinligi 80–100 mm bo‘ladi. 175 Siqilishdagi mustahkamligi 3–4 MPa, namligi massasi bo‘yicha ko‘pi bilan 8% ni tashkil qiladi. Gips plitalar ishlab chiqarish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: gips, to‘ldirgichlar, suv, qotishni sekinlashtiruvchi (yoki tezlashtiruvchi) qo‘shimchalar va plastifikatorlarni dozirovkalash; gipsqorishmasi qorgichda qorishma tayyorlash; buyumni qoliplash va quritish.
Gips bogiovchisi asosida tayyorlanadigan buyumlar gigiyena
talablariga to‘lajavob berishi, zaxiralari ko‘p bo‘lganligi tufayli qurilishda
keng miqyosda ishlatiladi. Gips toshi zaxiralari 0 ‘zbekistonda ko‘p
bo‘lib, tarkibiy qismi jihatidan farq qiladi. Gips bog‘lovchisi asosida
kompozitsion qurilish materiallari, xususan gipskarton plitalami ishlab
chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi, bunday bog‘lovchilarni ko‘plab ishlab
chiqarishni taqozo etadi.
Gips bog‘lovchilari ishlab chiqarish usuliga ko‘ra past va yuqori
haroratda pishirilgan turlariga bo‘linadi.
Past haroratda pishirilgan gips CaS04 2H2O ni 110-180°S qisman
suvini yo‘qotish hisobiga olinadi:

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling