Qurilish vazirligi xorazm arxitektura va qurilish texnikumi qurilish sohasi bo
Piastifikatsiyaiovchi qo‘shimchalar
Download 0.72 Mb.
|
gipsakarton 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-MAVZU.Qurilishda ishlatiladigan metall materiallar. Reja
Piastifikatsiyaiovchi qo‘shimchalar. Qorishmaning qulay joylanuvchanligini oshirish maqsadida tarkibiga mineral va polimer plastifikatorlar
kiritiladi. Sement va ohakli qorishmalar tarkibiga giltuproq kukuni yoki loy mineral plastifikatorlar sifatida qo‘shiladi. Ularga trepel, gliyej, diatomit, tuffit kabi kukun va ruller kiradi. Organik sirtaktiv moddalar qurilish qorishmasini plastifikatsiyalash, havo pufakchalari kiritish maqsadida qo‘shiladi. Plastifikatorlar sifatida lignosulfonat, milonaft, kanifol sovuni kabi moddalar bog'lovchi massasiga nisbatan 0,1 - 0,3 foiz qo‘shiladi. Shu kabi superplastifikatorlar (massaga nisbatan 1 foizgacha) qorishma qulay joylanuvchanligini keskin oshiradi. Hozirgi vaqtda qurilish qorishmasi tarkibida gelpolimer moddalar qo‘shiladi. Uning bir gramm moli 50 - 1000 g. mol suv molekulalarini vaqtinchalik (6-24 soat) bog‘lash xususiyatiga ega bo‘lib, bogMovchi massasiga nisbatan 0,1-0,3 foiz qo‘shinladi. Qorishma qishda ishlatilganda tarkibiga qotishini tezlashtirish va suvning muzlash haroratini pasaytirish maqsadida kalsiy xlorid, natriy xlorid, potash, natriy nitrat, Na, K, NH4, Ca va Li rodanidli (SCN) tuzlari kabi polifunksional qo‘shimchalar kiritilishi maqsadga muvofiq. 7-MAVZU.Qurilishda ishlatiladigan metall materiallar. Reja: 1. Umumiy ma’lumotlar 2. Qora metallar 3. Cho‘yan va po‘lat ishlab chiqarish asoslari Umumiy ma’lumotlar Zamonaviy qurilishni metall buyumlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Metallar bino va inshootlaming konstruktiv qismlarida, poydevor, devor, tom, karkas va shu kabilami kuchaytirishda, yuk ko‘taradigan konstruksiyalar va temirbeton, qoplama materiallar tayyorlashda, binolami ichki va tashqi tomondan bezashda ishlatiladi. Metallar boshqa materiallarga nisbatan yuqori mustahkamligi, plastikligi, termik va kimyoviy ishlov berish imkoniyati bilan ajralib turadi. Metallar boshqa metallar va nometallar bilan qotishma holda ishlatiladi. Qora va rangli metallarga bo‘linadi. Qora metallar po‘lat va cho‘yan temir va uglerodning qotishmasidir. Agar temir tarkibiga uglerod 2 foizgacha bo‘lsa po‘lat, 2 foizdan ko‘p kiritilsa, cho‘yan hosil bo‘ladi. Rangli metallarga mis, alyuminiy, magniy, titan, nikel, rux, qalay, qo‘rg‘oshin va shu kabilar kiradi. Rangli metallar yer yuzida kam uchraydi va metall ishlab chiqarishning 5 foizini tashkil etadi. Qurilishda rangli metall va qotishmalardan yengil va kimyoviy muhitlarga chidamli konstruksiyalar, bezak va arxitektura qismlari (asosan, alyuminiy va uning qotishmalaridan)tayyorlanadi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling