Qurilish vazirligi xorazm arxitektura va qurilish texnikumi qurilish sohasi bo
Download 0.72 Mb.
|
gipsakarton 1
Qora metallar
Qora metallar olishda xomashyo sifatida magnetit, gematit, pirokizit, xromit kabi temir rudasi ishlatiladi. Qora metallar tarkibida ugleroddan tashqari oz miqdorda kremniy, marganets, oitingugurt, fosfor va shu kabilar bo‘ladi. Ular tarkibiga xrom, nikel, molibden, alyuminiy, mis kabi legirlovchi moddalar qo‘shib, xossalari o‘zgartiriladi. C h o‘yan. Cho‘yan temir oksidlaridan temirni domna jarayonlari natijasida qaytarib olinadi. Uning tarkibida 93 foiz temir, uglerod 5 foiz gacha va oz miqdorda qo'shimchalar bo‘ladi. Cho‘yan oq, kulrang va maxsus cho‘yan turlariga boMinadi. Oq cho‘yan qattiq va mo‘rt bo‘Iib, ularni qayta ishlash va quyish qiyin. Cho‘yan po‘iat va maxsus cho‘yan ishlab chiqarishda ishlatiladi. Kulrang cho‘yanlar yumshoq, oquvchan, qayta ishlanuvchan, yedirilishga chidamli, quyma buyumlar tayyorlanadi. Cho‘yanning maxsus turlari kulrang cho‘yanlaming bir xili bo‘lib, uni uzoq muddat (80 soat) yuqori haroratda termik ishlov berib olinadi. Cho‘yanlar tarkibiga marganes, kremniy, fosfor va legirlovchi qo‘shimchalar qo‘shib mustahkamligini oshirish mumkin. Po‘lat - cho‘yan tarkibidan ortiqcha uglerod va qo‘shimchalami maxsus texnologiyalar yordamida chiqarilib, asosan, konvertor, marten va elektr toki bilan eritish usullarida olinadi. Po‘lat tarkibida uglerod 2 foiz gacha bo‘ladi. Po‘latlar kimyoviy tarkibiga ko‘ra uglerodli va legirlangan bo'ladi. Uglerodli poiatlar temir va uglerod hamda marganes, kremniy, oitingugurt va fosfor aralashmalari asosidagi qotishmadir. Ular qotishiga ko‘ra sokin, yarimsokin va qaynaydigan po‘lat turlariga bo‘linadi. Po‘lat tarkibiga nikel, xrom, volfram, mis, alyuminiy, molibden va boshqa rangli metallar kiritib legirlangan po‘latlar olinadi. PoMatlar kam legirlangan (2,5 foizgacha), o‘rtacha legirlangan (2,5-10 foiz) va ko‘p legiriangan (10 foizdan ortiq) bo‘ladi. PoMatlar ishlatilish sohasiga ko‘ra konstruksion, maxsus asbobsozlik po‘latlarga bo‘linadi. Konstruksion poMatlardan qurilish konstruksiyalari, armaturalar, maxsus po‘latlardan esa olovbardosh va korroziyaga chidamli konstruksiyalar tayyorlanadi. Sifatiga ko‘ra poiatlar oddiy, sifatli, yuqori sifatli va alohida yuqori sifatli turlarga bo‘linadi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling