Domna pechida cho'yan olish.
Pechga ustki qismidan maxsus moslama vositasida ruda, yoqilg‘i va
fiyus shixta hosil qilish uchun navbat bilan tashlab turiladi. Koks yonishini
ta’minlash uchun pechning pastki qismidan (gorn) issiq havo bosim ostida
beriladi. Pechning pastki qismida 900 1100°S temirning tiklangan
bir qismi uglerod bilan birikib, temir karbidini hosil qiladi. Bu jarayon
uglerodlanish jarayoni deyiladi. 1150-1200°S haroratda hosil bo‘lgan
suyuq cho‘yan pech gorniga oqib tushadi. Suyuqlangan shlak esa zichligi
kamligi tufayli cho‘yan eritmasining ustki qismida bo‘ladi. Navbat bilan
avval shlak, keyin cho‘yan gorndan chiqarib turiladi. Pechning foydali
hajmi 5000м3 ni tashkil qilsa, bir sutka davomida 11 ming tonnagacha
cho‘yan olish mumkin. Cho‘yanni suyuqlantirib olish jarayoni 4-6 soat
davom etadi. Suyuqlangan cho‘yandan maxsus cho‘yanquyish mashinalari
yordamida qoliplanib, «chushkalar» tayyorlanadi yoki maxsus kovshlarda
po‘lat eritiladigan sexga yuboriladi.
Domna pechlarida suyuqlantirib olinadigan cho‘yan, ishlatish sohasiga
ko‘ra quyidagilarga boMinadi:
- qayta ishlanuvchi (oq cho‘yan) - po‘lat olish uchun moMjallangan.
Tarkibidagi uglerod miqdoriga ko‘ra markalarga ajraladi:
- Maxsus yoki ferro-qotishmalar, poMat olishda ishlatiladi.
Cho‘yan turlari va xossalari
Cho‘yanning kimyoviy tarkibi va mo‘rtligi tufayli undan faqat quyma
qotishmalarolinadi. Tarkibidagi uglerodningko‘rinishiga, aralashmalaming
miqdori va sovitish tezligiga qarab oq va kulrang cho‘yan olinadi. Uglerod
sementit ko‘rinishida boMsa oq, sementit va grafit ko‘rinishida boMsa,
kulrang cho‘yan hosil boMadi.
Oq cho‘yan o’ta qattiq va mustahkam, ammo juda mo‘rt boMadi. U
poMat va bolg‘alanuvchan cho‘yan olish uchun ishlatiladi. Oq cho‘yan
tarkibida taxminan C~2,8-3,6 foiz; Si =0,5-0,8 foiz; Mn=0,4-0,6 foiz
boMadi. Maxsus oqartirilgan cho‘yan ustki qismi oq cho‘yandan, ichki
qismi kulrang cho‘yandan iborat, undan tayyorlangan buyumlar mustahkam
va yedirilishga chidamli boMadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |