Bo‘yoq tarkiblarining komponentlari
Lok-bo‘yoqlar tayyorlashda asosiy komponentlar sifatida pigmentlar,
kukun to‘ldirgichlar, bog‘ lovchilar, erituvchilar, sikkativlar, suyultirgichlar,
plastifikatorlar, va boshqalar ishlatiladi.
Pigmentlar va to ‘ldirgichlar
Pigm entlar - bu m ayda tuyilgan, suvda, organik eritgichlar va
bog‘lovchi moddalarda erimaydigan rangli kukunlar.
Pigmentlar bo‘yoq tarkiblariga rang berish, fizik-mexanik xossalarini
yaxshilash, atm osfera va korroziya muhitiga bardoshliligini oshirish
maqsadida qo‘shiladi. Ular bo‘yoq tarkiblarga rang berishdan tashqari,
to‘ldirgich vazifasini ham o ‘taydi.
Pigm entlar kelib chiqishiga ko‘ra mineral va organik, olinishiga
nisbatan tabiiy va sun’iy klasslarga bo‘linadi.
Tabiiy m ineral pigm entlar tog‘ jinslarini, tuzlarni kukunlab, elab
olinadi. Sun’iy mineral pigmentlar mineral xomashyoga termik ishlov
berib tayyorlanadi (kuydirilgan oxra, umbra) yoki metal oksidlari asosida
olinadi (ruxli belila, titanli belila va boshq).
Oq pigmentlar
1) Bor - faqat suvli va yelimli bo‘yoqlar tayyorlanadi.
2) ohak - faqat suvli va yelimli bo‘yoqlar tayyorlanadi.
3) ruxli belila - ZnO, atmosfera bosimiga chidamli emas.
4) qo‘rg‘oshin!i belila - bu sun’iy mineral pigment. Berkituvchanligi
yuqori atmosferafoosimiga chidamli, korroziya bardoshligi yuqori.
5) Titanli bdftla - eng sifatli va zararsiz.
Sariq pigmentlar
Oxra - tabiiy pigment, arzon, yorug‘lik va ishqor ta’siriga chidamli.
Tarkibida oksidlar miqdori 10 foiz bo‘ladi.
Qo‘rg‘oshinli kron - zaharli pigment, lekin berkituvchanligi va zanga
bardoshlii.
Sariq kron - qo‘rg‘oshin va rux tuzlaridan ishlab chiqariladi. Zangga
bardoshli.
Kronlar asosan ochiq havoda joylashgan metall konstruksiyalarni
bo‘yashga m o‘ljallangan.
Ко ‘к pigmentlar
Vltramarin - kaolin, oltingugurt, glauber tuzi, ko‘mir va trepel
aralashmalarini kuydirish natijasida hosil bo‘lgan mahsulot, zaharsiz,
ishqorlar ta’siriga chidamli, undan suvli va moyli bo‘yoqlar tayyorlanadi.
Lazur - yorug'lik ta ’siriga chidamli, lekin ishqor ta ’sirida rangi
o ‘chadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |